|
Raqobatlashgan bozor va uning shartlari
|
bet | 2/6 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 55,79 Kb. | | #126744 |
Bog'liq Raqobatlashgan bozor samaradorligiRaqobatlashgan bozor va uning shartlari
Bozor mukammal raqobatlashgan yoki raqobatlashgan bozor bo`ladi, agar unda quyidagi shartlar bajarilsa:
sotuvchi va xaridorlar bozorda mahsulot narxi qanday bo`lsa, shunday qabul qiladilar va ular narxga ta`sir qila olmaydilar;
bozorga yangi sotuvchilarni kirishi cheklanmagan;
sotuvchilar birgalikda harakat qilish strategiyasini ishlab chiqmaydi.
Bunday shartlar bajariladigan bozor mukammal raqobatlashgan bozor, sof raqobatlashgan yoki raqobatlashgan bozor deb qaraladi. Raqobatlashgan bozorda harakat qilayotgan firmaning raqobatlashuvchi firma deb qaraladi. Bundan keyin raqobatlashuvchi firma to`g`risida gapirilganda, biz raqobatlashgan bozorda harakat qilayotgan firmani nazarda tutamiz.
Demak, raqobatlashgan bozorda tovar narxi bozorda talab va taklif asosida shakllanadi va unga sotuvchi ham xaridor ham ta`sir qila olmaydi:
(1) Raqobatlashgan bozorda har bir alohida sotuvchi tomonidan sotiladigan tovarning bozorda sotiladigan umumiy tovar miqdoridagi ulushi juda oz bo`lgani uchun ham u tovar narxini o`zgartira olmaydi. Raqobatlashgan bozorni tahlil qilganimizda bozordagi tovarlarni bir xil deb, ya`ni ularning sifati bir xil deb qaraymiz. (Amalda tovarning sifatiga qarab, ularning narxi har xil bo`ladi, sifatli tovarning narxi sifati pastroq tovarning narxiga ko`ra yuqori bo`ladi).
Raqobatlashgan bozorda umumiy daromad firma tomonidan ma`lum miqdordagi ne`matni sotishdan olgan daromadiga teng, ya`ni umumiy daromad sotilgan mahsulot miqdorini uning narxiga ko`paytmasiga teng:
(2) bu erda yoki -umumiy daromad; -narx; -sotilgan ne`mat miqdori.
Umuman olganda, daromad sotilgan mahsulot miqdoriga bog`liq bo`lganligi uchun, u ko`rinishida yoziladi. O`rtacha daromad -sotilgan bir birlik mahsulotga to`g`ri keladigan daromaddir, ya`ni:
(3) CHekli daromad-bu qo`shimcha bir birlik ne`matni sotish natijasida umumiy daromadning o`sgan qismi , ya`ni:
(4) Agar abtsissa o`qi bo`yicha mahsulot miqdori ni va ordinat o`qi bo`yicha tovar narxini joylashtirsak, ular o`rtasidagi bog`liqlik gorizontal o`qga nisabatan parallel chiziq bilan ifodalanadi va bu chiziq raqobatlashgan bozordagi mahsulotga bo`lgan talab chizig`ini beradi.
Misol. Raqobatlashgan bozorda bir xil sifatli apelsin sotilmoqda. Sotuvchining umumiy, o`rtacha va chekli daromadlarini hisoblaymiz. Ushbu hisob-kitoblar quyidagi 1-jadvalda keltirilgan.
|
| |