Jabborov A’zam 17-
variant
Reja:
1.
Eng so'nggi kompyuter modellarida ishlatiladigan RAM qurilmalari (ularning
tuzilishi,
Eng so'nggi kompyuter modellarida ishlatiladigan shinalar (ularning arxitekturasi,
ko'rsatkichlari va xususiyatlari).
2.
Kompyuterlarning so'nggi modellarida ishlatiladigan tashqi xotira qurilmalari (ularning
qurilishi, ko'rsatkichlari va xususiyatlari)
Kompyuter (
inglizcha
:
computer
— „hisoblayman“) — oldindan berilgan
dastur
boʻyicha
ishlaydigan avtomatik qurilma.
Elektron hisoblash mashinasi
(EHM) bilan bir xildagi atama.
Biroq, kompyuter hisoblash ishlarini bajarishdan tashqari uning funksiyasi ancha keng.
EHMlarning rivojlanishida kompyuter ning bir necha avlodlarini koʻrsatish mumkin. Bu avlodlar
element turlari, konstruktiv-texnologik
xususiyatlari, mantiqiy tuzilishi, dastur taʼminoti, texnik
tafsilotlari, texnikadan foydalanishning qulaylik darajasi bilan bir-biridan farq qiladi.
Kompyuterning dastlabki avlodida (Ural-1, Minsk-2, BSEM-2) asosiy element
elektron
lampa
boʻlgani uchun u juda katta joyni egallagan edi. Soʻngra bu lampa
oʻrnida
tranzistorlar
ishlatilgan kompyuter (Razdan-2, M-220, Minsk-22 va boshqalar),
integral
mikrosxemalar ishlatilgan kompyuter (IBM-360, 1BM-370, (
AQSh
), YESEVM (
Rossiya
) va
boshqalar, integratsiya darajasi katta boʻlgan integral sxemalar oʻrnatilgan
shaxsiy
kompyuterlar
paydo boʻldi. Shaxsiy kompyuter (mikro va mikro EHM) tushunchasi XX asr 70-
yillar oxiridan boshlab keng tarqala boshladi. Shaxsiy kompyuterning keyingi avlodlarida
mikroelektron va biosxemalardan foydalanildi; ularning hajmi kitob kattaligidek hajmga
kichraydi, massasi esa 3,5 kg gacha kamaydi. 1981-yil
IBM
shirkati
shaxsiy kompyuterning
yanada takomillashgan modellarini ishlab chiqara boshladi. Keyinchalik boshqa firmalar IBM
bilan PC biriktirilgan kompyuterni,
Apple
shirkati esa
Macintosh
(talaffuzi: „Makintosh“) yoki
oddiygina „maki“ deb ataladigan kompyuterni yaratishdi. XXI asr boshlarida dunyoda oʻnlab
million shaxsiy kompyuterlar, 1 millionga yaqin EHM (shu jumladan, bir necha oʻn superEVM)
boʻlgan. Kompyuterlar masalalarni yechishda foydalaniladigan komponentlar (tarkibiy qismlar)
tarkibi va tavsifi jihatdan bir-biridan farq qiladi. Murakkab masalalarni yechishda kuchli
qurilmalar oʻrnatilgan
kompyuterdan, hujjatlarni bosishda harf bosish qurilmasi boʻlgan
kompyuterdan foydalaniladi. Istalgan kompyuter tizimlar bloki,
monitor
va
klaviaturadan
iborat
boʻladi. Kerak boʻlganda boʻlardan tashqari boshqa qurilmalar ham ulanadi. Tizimlar blokida
kompyuterning ishlashi uchun zarur muhim qismlar (diskni yuritkich,
vinchester
— qattiq disk,
mantiqiy amallarni bajaruvchi mikrosxemalar) boʻlib, unga qolgan qurilmalar ulanadi.
Monitor
(displey) matn va turli tasvir koʻrinishidagi axborotlarni ekranda aks ettiradi. Klaviatura
kompyuterga buyruq va turli axborotlarni kiritadi. Koʻpincha, kompyuter
tarkibiga
„sichqoncha“
manipulyatori va
printer
kiritiladi. „Sichqoncha“ ikki yoki uchta
knopkasi (tugmasi) boʻlgan qurilma boʻlib, uning yordamida kompyuter ishi osonlashtiriladi.
Printer esa axborotlarni qogʻozga tushirish uchun xizmat qiladi.
Zamonaviy kompyuterlar,
asosan, toʻrt qurilma: boshqarish,
protsessor
, xotira va kiritish-chiqarish qurilmalaridan iborat.
Boshqarish qurilmasi kompyuterning barcha qurilmalari ishini muvofiqlashtiradi va boshqaradi.
Protsessor kompyuterning asosiy qurilmasi boʻlib, axborotlarga ishlov beradi, yaʼni hisoblash
amallari, solishtirish va uzatish kabi arifmetik-mantiqiy amallarni bajaradi. Bu
qurilma
bajaradigan amallar dasturlar orqali belgilanadi. Xotira qurilmasi axborotlarga ishlov berish
vaqtida uni saqlash uchun xizmat qiladi. Foydalanayotgan dasturlar ichki xotirada, uzoq, muddat
saqlanadigan axborotlar tashqi xotira (
disketalar
)da saqlanadi. Ichki va
tashqi xotiralarda axborot
almashinuvi kiritish-chiqarish qurilmalari yordamida amalga oshiriladi.