|
Dars ishlanmasi sana: Sinf: Mavzu
|
Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 17,98 Kb. | | #228266 |
Bog'liq DARS ISHLANMASI
DARS ISHLANMASI
Sana:________
Sinf: ________
Mavzu: Kerakmas buyumlardan uyni bezatish uchun kerakli buyum yasash usullari.
Darsning maqsadi:
A) Ta’limiy: Oʻquvchilarga kerakmas buyumlardan uyni bezatish uchun kerakli buyum yasash usullari tushuntirish.
B) Tarbiyaviy: O‘quvchilarni tejamkorlik va mehnatsevarlikka o‘rgatish. Kerakmas buyumlardan uyni bezatish uchun kerakli buyum yasashni tushuntirish. Kerakmas buyumlardan ijod namunasi yaratish orqali iqtisodiy tarbiya berish.
C) Rivojlantiruvchi: Turli ishlatilmaydigan buyumlarni ishlatiladigan buyum aylantirishni oʻrgatish orqali o’quvchilarda ijodkorlik qobiliyatini oshirish.
Dars turi: Yangi bilim beruvchi. Bilimlarni mustahkamlovchi. Kompetentlikni shakllantiruvchi.
Dars vaqti: 2 soat
Darsning jihozlanishi: Texnologiya fani o‘quv xonasi, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar, test materiallari, shablonlar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
O’tilgan mavzuni mustahkamlash:
a) Savol – javob o‘tkazish;
b) Topshiriqlarni tekshirish;
c) O‘quvchilarni baholash.
Yangi mavzu bayoni:
Iqtisodiy tarbiya ham shaxsning barkamol shakllanishining zarur shartidir. Yoshlarni iqtisodiy tarbiyalash pedagogikaning asosiy muammolaridan biri bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qolaveradi. Bozor iqtisodiga o‘tayotgan bir sharoitda va keyingi rivojlanishda ham yoshlarda iqtisodiy tafakkurni shakllantirish muhimdir. Bu sohada hukumatimiz g‘amho‘rlik ko‘rsatmoqda va pedagoglarimiz tadqiqotlar olib bormoqda.
Iqtisodiy tarbiya o‘quvchilarda tejamkorlik, ishbilarmonlik, iqtisodiy hisob-kitob qilish qobiliyatini shakllantiradi. Iqtisodiy tarbiya mazmuni Sharq mutafakkirlari tomonidan muntazam boyitilib, ilmiy asoslab kelingan. Bu borada Al-Xorazmiy matematika fani inson hayotida asosiy o‘rin tutishini alohida ta’kidlaydi. Uning fikricha, kishi hisob ilmini bilishi va o‘z ishiga puxta bo‘lishi kerak. Shunda u o‘z mehnatining (o‘zgalarning ham) natijalarini o‘lchovlar orqali aniqlay olishi mumkin.
A.N.Forobiy “Baxt-saodatga erishuv haqida” asarida shunday yozadi: “Inson o‘z mablag‘ini to‘g‘ri sarflashni bilishi kerak. Pul sarflashda qizg‘anchiqlik qilish xasislikka olib keladi. Pullarni rejasiz ishlatish esa insonni beboshlikka yetaklaydi”. A.Avloniy “Iqtisod deb, pul va mol kabi ne’matlarning qadrini bilmakka aytilur” yana “Hozirgi zamonda maqsadga yetmoq, xalqqa maqbul bo‘lmoq uchun ilm va mol lozimdur” kabi qimmatli g‘oyalarni olg‘a surgan. Masalan, uning quyidagi fikrlarini ko‘raylik: “Amerikaliklar bir dona bug‘doy ekib, yigirma qadoq bug‘doy olurlar, yevropaliklar o‘zimizdan olgan 5 tiyinlik paxtamizni o‘zimizga 25 tiyinga soturlar..Ahmad Yugnakiy “Hibbatul haqoyiq”da: “Mol-mulksiz kishi uchun bilim – bitmas-tuganmas mulkdir, kambag‘al uchun bilim hisob – xatosiz hisobdir”. Bu fikrdan shuni anglash zarurki, inson o‘zining ilmi bilan ijtimoiy hayotga tejamkorlik ko‘nikmalarini shakllantiradi va o‘z hayotini oqilona tashkil qiladi.
Kerakmas buyumlardan uyni bezatishda foydalanish vositasida ushbu buyumga qayta hayot berish ham iqtisodiy tarbiyani rivojlantirishga qaratilgan mashg’ulotlardan biri hisoblanadi.
Yangi mavzuni mustahkamlash:
Mustahkamlash uchun savollar va topshiriqlar:
1.Tejamkorlik deganda nimani tushunasiz?
2. Uy-ro’zg’orda uy bezashda foydalanish mumkin bo’lgan qanday keraksiz buyumlarni bilasiz?
3. Kerakmas buyumlardan qanday turdagi buyumlar yasash mumkin?
V. Darsni yakunlash:
Darsda faol qatnashgan o‘quvchilarni baholash, o‘quvchilarda shakllanishi mumkin bo‘lgan kompetensiyalarni tushuntirish, o‘quvchilarda shakllangan kompetentlikni to‘g‘ri yo‘naltirish, tejamkorlikga undash orqali iqtisodiy tarbiyani oshirish.
VI. Uyga vazifani e’lon qilish:
Yangi mavzuni to‘liq takrorlash;
Yangi mavzu yuzasidan savollar tayyorlash;
Uyda kerakmas buyumlardan biror foydali buyum yasab kelish.
|
| |