|
Elektr to‘kidan himoyalanish tadbirlari Yong‘in xavfsizligi. Yong‘inning sabablari va oldini olish chora-tadbirlar
|
bet | 1/32 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 2,34 Mb. | | #235033 |
Bog'liq konspekt
2-MAVZU: “Kirish. Ish joyida mexanizm va jixozlarning ishga tayyorgarligini tekshirish.
Reja:
Ishlab chiqarishda va o‘quv ustaxonalarida sanitariya holatlari. Sanitariya me’yorlari va qoidalari
Elektr to‘kidan himoyalanish tadbirlari
H
Ish o’rni.
1-stol oyog’I (rostlanuvchi); 2-rostlanuvchi o`rindiq; 3-pastki va ustki tortmalar; 4-ishlash joyi; 5-chizma (tеxnologik xarita); 6-to`rli to`siq; 7-yoritish lampasi.
ar qanday texnologik jarayonni to‘g‘ri va muvafaqqiyatli bajarish uchun ish o‘rnini ilmiy asosda to‘g‘ri tashkil etish katta ahamiyatga ega. Ish o‘rni-ishlab chiqarish sexi, avtokorxonasi yoki avtoservisning bir qismini tashkil qilib, bir yoki bir necha ishchilarga biriktiriladi. Kasb-hunar kollejlarida esa laboratoriya yoki o‘quv amaliyoti kollej ustaxonasida tashkil etilib guruh guruhchalarga bo‘lib o‘tiladi. Guruh va guruhchalarga sardor tayinlanib u ish o‘rniga javobgar bo‘ladi.
Ish o‘rni quyidagi talablarga javob berishi lozim:
ish o‘rniga o‘rnatilgan dastgohning balandligi o‘quvchi uchun qulay, ish bajarishni ta’minlash;
asbob-uskunalar joylashishi qo‘l yetadigan darajada qulay bo‘lishi;
ish qurollari ma’lum tartibda va bir joyda turishi, toza, soz holatda bo‘lishi;
ish o‘rnida ortiqcha narsalar bo‘lmasligi;
ishlayotgan predmet bilan ishchining ko‘zi orasidagi masofa taxminan 450-550 mm bo‘lishiga harakat qilish zarur.
asbob turadigan shkaf va dastgohlarda tortma qutilar bo‘lishi;
ish o‘rni bir me’yorda yoritilishi;
xona harorati me’yorda bo‘lishi;
ish o‘rni ozoda va tartibli bo‘lishiga rioya qilish.
Ishchi kiyim (jomakor) havo – bug‘ o‘tkazadigan, ishchini tashqi muhitning noqulay ta’siridan asrashi, xarakatga halaqit bermasligi kerak. Ish oldidan yengining tugmalari qadalgan, kiyimning etaklari yoyilib ketmasligi, sochni bosh kiyim ostiga joylash zarur. Oyoq kiyim oyoqdan chiqib ketmaydigan, sirpanmaydigan va oyoqni ifloslanish hamda jarohatlanishdan saqlay oladigan bo‘lish kerak.
|
| |