|
Qon ketishini suyakga qon tomirini siqish orqali to‘xtashi
|
bet | 8/32 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 2,34 Mb. | | #235033 |
Bog'liq konspektQon ketishini suyakga qon tomirini siqish orqali to‘xtashi
Burama bog‘lam usulida qon ketishini to‘xtatish
Burama bog‘lam usulida quyidagi ishlarni bajarish lozim;
teriga bir necha qatlam qilib taxlangan toza bint, gazlama parchasi yoki ro‘molcha qo‘yilib; jarohat bo‘sh boylanib, qon to‘xtaguncha tayoqcha yoki ruchka bilan buraladi;
bog‘lam ostiga jarohat qachon bog‘langan vaqti aniq yozilgan (masalan, 05 soat 35 min.) qog‘oz qo‘yilishi shart, chunki shifokorni yordam ko‘rsatishiga qayta yordam beradi.
Vena va kapilyar qon oqishni to‘xtatishda bosib turadigan bog‘lam qo‘yishning o‘zi kifoya. Jarohat atrofiga yod suriladi va ustidan sterillangan bint parchasi yoki toza ip – gazlama qo‘yilib bint bilan mahkam bog‘lanadi.
Zaharlanganda birinchi yordam
Zaharlanish odam organizmida uzoq vaqt mobaynida zaharli changlar, suyuqlik va gazlarning ta’siridan kelib chiqadi. Buning natijasida hid sezish va his etish organlarini ishdan chiqaradi. shuningdek, umumiy holsizlanish paydo bo‘ladi. Zaharlangandagi birinchi belgi bosh og‘rishi, ko‘ngil aynishi, quloqda shovqin paydo bo‘ladi, bosh aylanadi va yurak urishi tezlashadi. Zaharlangan odamning zaharlangan muhitda bo‘lishining davom etishi uni yanada holsizlantiradi, uyquga tortadi, hushidan ketkazadi va nafas olish markazining falajlanishidan o‘lim yuzaga keladi.
Zaharlanganda birinchi navbatda nafas olish yo‘li, teri, oshqozon – ichak traktidan zaharli moddalarning o‘tishi to‘xtatiladi. Zararli modda teriga tushishi bilan suvda yuvib tashlansin. Agar zahar oshqozon – ichak trakti orqali organizmga o‘tsa, bir necha stakan iliq suv yoki kuchsiz kaliy permanganat aralashmasi ichirilib, qayt qilishi bir necha marta qaytariladi, ya’ni ko‘ngil aynashi to‘xtatiladi. So‘ngra yarim stakan suvga ikki – uch qoshiq aktivlashtirilgan ko‘mir aralashmasini va ichni bo‘shashtiradigan dorilar ichiriladi.
|
| |