|
dvigatelining ta’minlash tizimi sxemasiBog'liq K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda isdvigatelining ta’minlash tizimi sxemasi:
1 – karburator; 2 – salt ishlash gaz nayi; 3 – gaz aralashtirgich; 4 –
bug‘lantirgichdan suvni chiqarib yuboradigan shlang; 5 – suv kelti-
radigan shlang; 6 – bug‘latkich; 7 – dvigatelning kiritish kollektorini
reduktor bilan birlashtiruvchi nay; 8 – benzin baki; 9 – reduktor bilan
gaz aralashtirgichni birlashtiruvchi past bosimli gaz nayi; 10 – dozalov-
chi ekonomayzer tuzilmasi; 11 – gaz reduktori; 12 – gaz filtri; 13 – gaz
reduktorining monometri; 14 – ballon monometri; 15 – magistral ventil;
16 – suyultirilgan gaz balloni.
4. 3. Siqilgan gaz
Siqilgan gaz suyultirilgan gazdan farqli ravishda normal harorat
va istalgan yuqori bosimda o‘zining gazsimon holatini saqlab qola-
93
di. Gaz faqat o‘ta sovitilganidan keyingina (–62°C dan past) suyuq-
likka aylanadi. Avtomobillarda yonilg‘i sifatida 20 MPa gacha siqil-
gan tabiiy gazdan foydalaniladi. Tabiiy gaz gaz konlaridan olinadi.
Uning asosiy komponenti – metan. Siqilgan gaz yonganida, katta
massa birligida – 49800 kJ/kg issiqlik ajralib chiqadi, biroq zichligi
juda kam (0°C va atmosfera bosimida 0,0007 g/sm
3
) bo‘lganligidan
hattoki 20 MPa gacha siqilgan tabiiy gaz yonganida hajmiy issiqli-
gi 7000 kJ/m
3
dan oshmaydi, ya’ni suyultirilgan gazning hajmiy
issiqligidan kamida 3 barobar kam. Yonganida chiqadigan hajmiy
issiqlik miqdorining kam bo‘lishi avtomobilda hattoki yuqori bo-
simda ham yetarli miqdorda gaz saqlanishiga imkon bermaydi. Shu
sababli siqilgan tabiiy gaz bilan ishlaydigan gaz ballonli avtomo-
billarda zaxira yo‘l benzin yoki suyultirilgan gaz bilan ishlaydigan
avtomobillarga nisbatan ikki barobar kichik. Metanning tadqiqot
yo‘li bilan aniqlangan oktan soni 110 atrofida. Siqilgan tabiiy gaz-
ning zaxira miqdori ko‘p va u arzon bo‘lganligidan benzin o‘rniga
bu gazdan foydalanish maqsadga muvofiqdir (ayniqsa, shahar ichi-
da va shahar atrofiga qaytnaydigan transportlarda).
|
| |