88
– past kalloriyali, yonish issiqligi 10000 kJ/m
3
gacha bo‘lgan
gazlar (generator, domna, ruda gazlari va boshqalar);
– o‘rtacha kaloriyali, yonish issiqligi 10000–20000 kJ/m
3
gacha
bo‘lgan gazlar (koks, yoritish gazlari va boshqalar);
– yuqori kaloriyali, yonish issiqligi 20000 kJ/m
3
dan
ortiq
bo‘lgan gazlar (bu gazlarga gaz konlaridan olinadigan turli tabiiy
gazlar, neft quduqlaridan neft bilan birga olinadigan neft gazlari
yoki yo‘lakay gazlar, shuningdek, neftni qayta ishlashda
olinadigan
turli kreking gazlari va boshqa gazlar kiradi).
Gazsimon yonilg‘i tabiiy va sun’iy bo‘lishi mumkin. Tabiiy gaz-
simon yonilg‘ilarga neft qazib chiqarishda olinadigan yengil gaz-
simon uglevodorodlar hamda sof gaz konlaridan olinadigan tabiiy
gazlar kiradi. Turli konlardan olinadigan tabiiy gazlar tarkibi va is-
siqlik berishiga ko‘ra bir-biridan kam farq qiladi.
Sun’iy yonuvchi gazlar qattiq va suyuq yonilg‘ilarni qayta ish-
lash (quruq haydash, kokslash, yarim kokslash va hokazo) yo‘li bi-
lan olinadi. Issiqlik berishiga ko‘ra, sun’iy gazlar past yoki yuqori
kaloriyali bo‘ladi. Ular yonilg‘i sifatida ishlatiladi. Portlash xavfi-
ni kamaytirish uchun ularga tabiiy gazlar qo‘shiladi. Aralashtirish
maxsus
stansiyalarda bajariladi, iste’molchilarga esa tayyor gaz
yetkazib beriladi. Shunga qaramasdan, iste’molchiga keltiriladigan
gazning portlash xavfi borligini, ko‘pincha zaharli ekanligini esdan
chiqarmaslik va ulardan ehtiyot bo‘lib foydalanish zarur.
Gazsimon yonilg‘ida ishlaydigan avtomobillarda siqilgan va su-
yultirilgan gazlardan foydalaniladi. Kritik harorati havo haroratidan
yuqori bo‘lgan uglevodorodlar past bosimda gaz holatidan suyuq
holatga o‘tadi.
Bunday gazlar suyultirilgan gazlar deyiladi. Gazni
suyultirish uchun ma’lum harorat va ma’lum bosim talab etiladi.
Masalan, 20°C haroratda propanni suyuq holatga o‘tkazish uchun
0,85 MPa, butanni suyuq holatga o‘tkazish uchun esa 0,2 MPa bo-
sim talab qilinadi.
Kritik harorati ishchi haroratidan past gazlar siqilgan holda
ishlatiladi (20 MPa bosim ostida) va ular
siqilgan gazlar deyila-
di. Siqilgan gazning asosiy tarkibiy qismi bo‘lgan metanni suyuq
89
holatga o‘tkazish uchun minus 82°C harorat talab etiladi. Atmo-
sfera bosimida esa metan minus 161°С haroratda ham suyuq ho-
latga o‘tadi. Minus 82°C haroratdan yuqori bo‘lganida, metan har
qanday yuqori bosimda ham suyuq holatga o‘tmaydi.
4. 2. Suyultirilgan uglevodorod gazi
Atmosfera bosimi va harorat noldan yuqori bo‘lganida, suyul-
tirilgan uglevodorod gazi gaz holatida bo‘ladi. Bosim biroz osh-
ganida (1,6 MPa dan ko‘p emas), u oson bug‘lanadigan
suyuqlikka
aylanadi. Suyultirilgan gaz, asosan, propan (80 toiz atrofida) va
butan (20 foiz atrofida) gazlari aralashmasidan iborat bo‘ladi. Bun-
dan tashqari, unda, oz miqdorda bo‘lsa ham, etan, pentan, propilen,
butilen va etilen gazlari bo‘ladi. Suyultirilgan gazlarning yonish is-
siqligi 44800–47000 kJ/kg ni tashkil etadi. Zichligi taxminan 0,524
g/sm
3
(20°C haroratda) bo‘lgan suyultirilgan gaz
yonganida chiqa-
digan hajmiy issiqlik 24000 kJ/m
3
dan ortib ketadi. Bu ko‘rsatkich-
ni benzinga solishtirib ko‘rib, shuni aytish mumkinki, suyultirilgan
gaz yonilg‘i sifatida benzinning o‘rnini to‘liq bosa oladi. 1,6 MPa
ish bosimiga mo‘ljallangan nisbatan yengil, yupqa devorli po‘lat
ballonlarda avtomobilning foydali yuklanishini kamaytirmasdan
yetarli miqdorda gaz saqlash mumkin. Shuning uchun suyultirilgan
gazda ishlaydigan avtomobillar benzinda ishlaydigan avtomobil-
lar kabi zaxira yurish yo‘liga ega. Suyultirilgan gazlarning deto-
natsiyaga turg‘unligi yuqori bo‘lganligi uchun (tadqiqot usuli bi-
lan aniqlangandagi oktan soni 110 dan ortiq) benzinda ishlaydigan
dvigatellarni suyultirilgan gazda ishlatishga qayta jihozlaganda
ularning siqish darajasini oshirishga imkon beradi.
Chunonchi,
ЗИЛ–130 avtomobilining benzin bilan ishlovchi dvigatelida siqish
darajasi 6,5 bo‘lsa, ЗИЛ–138 avtomobilining gaz bilan ishlovchi
dvigatelida 8; benzin bilan ishlaydigan ЗMЗ–53 dvigatelida 6,7
bo‘lsa, gaz bilan ishlaydigan ЗMЗ–53–07 dvigatelida 8,5. Belgi
90
langan darajada siqish darajasining ortishi gaz bilan ishlovchi dvi-
gatellar quvvatining benzin bilan ishlovchi dvigatellarga nisbatan
biroz (5–7 foizga) kamayishini to‘la kompensatsiya qilish imkonini
beradi.
Davlat standarti talablariga muvofiq, suyultirilgan gazlar uch xil
markada chiqariladi: texnik propan, texnik
butan va ularning ara-
lashmalari. Texnik propanni qishda, texnik butanni yozda, ularning
aralashmalarini esa yil davomida ishlatish mumkin. Texnik pro-
panda propan fraksiyalari hajm bo‘yicha kamida 93 foizni, texnik
butanda butan fraksiyalari 93 foizni tashkil etadi, qolgan 7 foizini
esa yengil gazsimon uglevodorodlardan iborat aralashma tashkil
qiladi. Tabiiy suyultirilgan gazlarning hidi ham, rangi ham bo‘lma-
gani uchun ularga oz miqdorda o‘tkir hidli gazsimon moddalar
qo‘shiladi. Bu moddalar sizib chiqib to‘plangan gaz hidini sezishga
imkon beradi.
Gaz har qanday idishga hajmining ko‘pi bilan 90
foizigacha
miqdorda to‘ldiriladi, shunda idishning yuqori qismida gaz to‘pla-
nishi uchun bo‘shliq qoladi.