• Gazning komponent tarkibi.
  • To‘yingan gaz bosimi.
  • Suyuq qoldiq.
  • Suyultirilgan gazda ishlaydigan avtomobil
  • Me’yorlangan sifat ko‘rsatkichlari




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet45/156
    Sana16.11.2023
    Hajmi6,9 Mb.
    #99491
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   156
    Bog'liq
    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda is

    Me’yorlangan sifat ko‘rsatkichlari. Avtomobil yonilg‘isi si-
    fatida suyultirilgan gazning sifatini xarakterlovchi asosiy ko‘rsat-
    kichlarga komponent tarkibi, to‘yingan bug‘ bosimi, suyuq bug‘-
    lanmaydigan qoldiqning bo‘lmasligi, zararli aralashmalar miqdori 
    kiradi. 
    Gazning komponent tarkibi. Gaz ballonlari bilan ishlaydigan 
    avtomobillar uchun gaz to‘ldirish shoxobchalarida barcha mavsum-
    larda tarqatiladigan suyultirilgan gazning bu ko‘rsatkichi belgilan-
    gan chegarada o‘zgarishi lozim. Suyultirilgan gaz tarkibida (mas-
    sasi bo‘yicha) kamida 80 ± 5 foiz propan, ko‘pi bilan 20 ± 5 foiz 
    butan va ko‘pi bilan 6 foiz boshqa gazlar (propilen, butilen, etilen) 
    bo‘ladi. Propan bilan butanning nisbati o‘zgarsa, gaz yonganida 
    chiqadigan issiqligi va yonuvchi aralashmaning tarkibi o‘zgaradi. 
    Oqibatda dvigatelning silindrlaridagi yonish jarayoni yomonla-
    shadi va ishlatilgan gazning zaharlilik darajasi ortadi. 
    91
    To‘yingan gaz bosimi. Bu ko‘rsatkich yilning sovuq kunlari-
    da dvigatelning silindrlariga gazning ishonchli uzatilishiga ta’sir 
    qiladi. Masalan, –30°C haroratda bu bosim 0,07 MPa dan past 
    bo‘lmasligi lozim. Bundan pasayib ketsa, gazning ballondan uzluk-
    siz uzatilib turilishi buziladi. Bug‘ bosimi 45°C da 1,6 MPa dan 
    oshib ketmasligi kerak, chunki avtomobillarda ishlatiladigan gaz 
    ballonlari ko‘pi bilan shunday bosimga mo‘ljallangan. 
    Suyuq qoldiq. Gaz tarkibida 40°C haroratda suyuq qoldiq 
    bo‘lmasligi kerak. 
    Gaz tarkibida oltingugurt, ishqorlar va erkin suvning bo‘li-
    shi. Gazda oltingugurt miqdori ortib ketsa, yonilg‘i apparatiga 
    o‘tib, u quvur o‘tkazgichlarning kesimini toraytiradi va rezina-tex-
    nika detallarini yemiradi. Oltingugurt dvigatelning silindrlarida 
    yonib, ishlatilgan gazlarning zaharlilik darajasini oshiradi. Uning 
    miqdori massa bo‘yicha 0,015 foizdan oshmasligi lozim. Ishqorlar 
    va erkin suv umuman bo‘lmasligi kerak. 
    Gazda ishlaydigan dvigatellar ta’minlash tizimlarining kon-
    struktiv xususiyatlari gaz jamg‘armasining mashinada saqlanish 
    usuliga hamda dvigatelning gaz yonilg‘isida ishlashga moslan-
    ganlik darajasiga bog‘liq. 4. 1- rasmda suyultirilgan propan-butan 
    gazida ishlaydigan avtomobil dvigateli ta’minlash tizimining sxe-
    masi keltirilgan. 
    Suyultirilgan gaz avtomobil kuzovi ostiga joylashtirilgan 250 l 
    sig‘imdagi yupqa devorli po‘lat ballonda 16 1,6 MPa bosim ostida 
    saqlanadi. Ballondan chiqayotgan gaz magistral ventil 15 dan o‘tib, 
    dvigatel sovitish tizimining (naylar 4, 5) suyuqligi ta’sirida isiy-
    digan bug‘latkich 6 ga keladi va bu yerda bug‘simon holatga o‘tadi. 
    Keyin filtr 12 orqali reduktor 11 ga kiradi, undan esa bosimi biroz 
    pasaygan holda gaz aralashtirgich ga keladi. Manometrlar 13 va 
    14 reduktor va ballondagi gaz bosimini ko‘rsatadi. Dvigatelning 
    ta’minlash tizimida gaz bo‘lmaganida yoki gaz tizimi buzilganida, 
    dvigatelning ishlashini ta’minlash uchun suyuq yonilg‘ining sig‘im 
    dan karburator 1 ga uzatilishi ko‘zda tutilgan. Reduktor 17 tizim-
    dagi gaz bosimini pasaytirish uchun mo‘ljallangan. 


    92
    4. 1- rasm. Suyultirilgan gazda ishlaydigan avtomobil

    Download 6,9 Mb.
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   156




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish