• PIRMUXAMMEDOV XUSNIDDINNING “IKKI VA UCH O’LCHAMLI KOMPYUTERLAR GRAFIKASINING TURLARI” 5110700 – Informatika o‘qitish metodikasi ta’lim yo‘nalishi KURS ISHI
  • 1) y:=1; k:=0; m=5; while y 30 2) x:=3; y:=1; v:=1; eps:=0,0001; 30 while abs(v)>=eps { V:=(x/y-y); y:=y+v; } 30
  • Modellashtirish 2 o‘lchovli va 3 o‘lchovli (2D va 3D) 3. Кompyuter grafikasida 2 va 3 o‘lchovli grafikaning ahamiyati
  • Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti




    Download 5,74 Mb.
    bet1/20
    Sana27.12.2023
    Hajmi5,74 Mb.
    #128658
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
    Bog'liq
    “IKKI VA UCH O’LCHAMLI KOMPYUTERLAR GRAFIKASINING TURLARI”


    O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI
    OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI
    ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
    AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI


    AXBOROT TEXNOLOGIYALARI KAFEDRASI

    Informatika o‘qitish metodikasi fanidan



    PIRMUXAMMEDOV XUSNIDDINNING
    IKKI VA UCH O’LCHAMLI KOMPYUTERLAR GRAFIKASINING TURLARI”
    5110700 – Informatika o‘qitish metodikasi ta’lim yo‘nalishi
    KURS ISHI


    Ish rahbari: Temirova G.G.
    Andijon 2023

    REJA


    jami 21
    Ma’ruza 21
    amaliyot 21
    mustaqil 21
    Masalan: 30
    1) y:=1; k:=0; m=5; while y<=m { y:=y+3; k:=k+; 30
    2) x:=3; y:=1; v:=1; eps:=0,0001; 30
    while abs(v)>=eps { V:=(x/y-y); y:=y+v; } 30
    3.1. Joriy nazorat uchun topshiriqlar 37
    45
    46
    XULOSA 47
    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 50

    1.Kompyuter grafikasi va uning turlari. Grafika bilan ishlovchi dastur sinflar
    2. Modellashtirish 2 o‘lchovli va 3 o‘lchovli (2D va 3D)
    3. Кompyuter grafikasida 2 va 3 o‘lchovli grafikaning ahamiyati

    K IRISH


    Mustaqil, rivojlanishda kun sayin ildamlab borayotgan yurtda, ma’nan, ruhan, jismonan sog‘lom barkamol avlodning davrga mos ravishda milliy xususiyatlarini shakllantirish, ma’naviyatini, ta’lim-tarbiyasini yuksak darajaga ko‘tarishday zalvarli ish bilan pedagogika fani shug‘ullanadi. Shuning uchun ham pedagogika fani va amaliyotining bugunga kelib, maqsadi tamomila o‘zgardi. U mafkura iskanjasidan xalos bo‘lib, o‘ziga xos milliy qonuniyatlar asosida rivojlanish imkoniyatiga ega bo‘lganligi tufayli bilim berish, mutaxassis tayyorlashni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan pedagogikadan, milliy g‘ururi baland, o‘zbek millatga xos bo‘lgan yuksak fazilatli barkamol shaxsni shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayonga aylanib borayotganligi ko‘rinib turibdi.


    Insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz, hamma davrlarda har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalash insoniyatning azaliy orzusi bo‘lib, ajdodlarimiz ma’rifat, ma’naviyat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodga o‘rgatish, ularni komillikka yetaklash yo‘llari, usullari va qonun-qoidalarini izlaganlar. Darhaqiqat, insonning ma’rifiy va ma’naviy komillikka erishishi tarbiya deb atalmish ijtimoiy hodisa orqali amalga oshirilgan. Jamiyat rivojlangan sari etuk, barkamol shaxslarni tarbiyalab etishtirish ehtiyoji ortib, o‘zgarib, yangilanib borgan.
    Prezidentimiz Mirziyoyev Sh.M. o‘z nutqida: “Buyuk tarixda hech narsa izsiz ketmaydi. U xalqlarning qonida, tarixiy xotirasida saqlanadi va amaliy ishlarida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham u qudratlidir. Tarixiy merosni asrab-avaylash, o‘rganish va avlodlardan avlodlarga qoldirish davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biridir”1-deb ta’kidlaydi. Darhaqiqat, xalqimiz ulkan ma’naviy me’rosga ega. Ushbu tarixiy merosdan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish, yoshlarda ajdodlar an’analariga sodiqlik va munosib bo‘lish hissini shakllantirish mutaxassislar oldida turgan muhim vazifalardan biridir.
    Hozirgi kunda axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanish nafaqat ijtimoiy yoki iqtisodiy sohalar, balki, siyosiy sohada ham foydalanish, uni davlat boshqaruvi, davlat va jamiyat munosabatlari hamda fuqarolarga davlat xizmatlari ko’rsatish kabi muhim ijtimoiy-siyosiy jarayonlar uchun qo’llash ayni muddao hisoblanadi.
    Darvoqe, har bir jamiyatning bugungi kuni va kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo‘lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo‘lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, unga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi bilan uzluksiz ta’lim tizimi orqali zamonaviy kadrlar tayyorlashning asosi yaratildi.
    Respublikamizda amalga oshiralayotgan islohotlarining bosh maqsadi va harakatga keltiruvchi kushi – har tomonlama rivojlangan barkamol insondir. Mamlakatimizda rivojlanishning muhim sharti zаmonaviy iqtisodiyot, fan, madaniyat, texnika, texnologiya rivoji asosida kadrlar tayyorlanishlarning takomillashgan tizimini yaratishdan iborat.
    O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti SH.Mirziyoеvning 2017 yil 20 aprеldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №2909 qaroriiga asosan, Oliy ta’lim tizimini 2017 — 2021 yillarga mo‘ljallangan komplеks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi. Bu qarorda oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarga mos holda, kadrlar tayyorlashning ma’no-mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan.
    Qarorda “Oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash, oliy ta’lim muassasalari talabalari, o’qituvchilari va yosh tadqiqotchilarning jahon ta’lim resurslari, zamonaviy ilmiy adabiyotlarning elektron kataloglari va ma’lumotlar bazalariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish.” haqida so’z borgan2.

    Download 5,74 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




    Download 5,74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti

    Download 5,74 Mb.