|
Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti
|
bet | 14/20 | Sana | 27.12.2023 | Hajmi | 5,74 Mb. | | #128658 |
Bog'liq “IKKI VA UCH O’LCHAMLI KOMPYUTERLAR GRAFIKASINING TURLARI”2.5-jadval. Mavzuninig TT va TX
Ma’ruza mazmuni:
Sharti oldin qo‘yilgan sikl (while )operatori.
Bu operator siklik jarayoning takrorlanish soni qo’yilgan shartga bog’liq bo’lgan holda qo’llaniladi.
Sharti oldin qo‘yilgan sikl (while )operatorining umumiy ko‘rinishi quyidagicha:
bu yerda while (toki) xizmatchi so‘z, B-mantiqiy ifoda, {s1;s2;…;sn}-operatorlar.
Bu operatorda {s1;s2;…;sn} operatorlar ketma-ketligi bajarilmasligi yoki bir martadan ortiq bajarilishi mumkin, chunki {s1;s2;…;sn} operatorlarning har bir bajarilishidan oldin B mantiqiy ifodaning qiymati tekshiriladi. Agar ifoda chin (true) qiymat qabul qilsa {s1;s2;…;sn} operatorlar bajariladi, aks holda, ya’ni B yolg‘on (talse) qiymat qabul qisa, sikl operatorining bajarilishi tugaydi.
Agar B mantiqiy ifoda birinchi hisoblanishidayoq yolg’on qiymatni qabul qilsa, {s1;s2;…;sn} operatorlar bir marta ham bajarilmaydi. Ko’rinib turibdiki, bu yerda siklik jarayonning tugallanish sharti {s1;s2;…;sn} operatorlar bajarilishidan oldin tekshiriladi. Shuning uchun bunday ko’rinishdagi sikl operatori - sharti oldin qo’yilgan sikl operatori deb yuritiladi. Bu yerda ham takrorlanadigan operatorlar bittadan ortiq bo’lsa ular { } belgi ichiga olinadi, aks holda shart emas.
Masalan: 1) y:=1; k:=0; m=5; while y<=m { y:=y+3; k:=k+; 2) x:=3; y:=1; v:=1; eps:=0,0001; while abs(v)>=eps { V:=(x/y-y); y:=y+v; }
Operatorning bajarilishiga doir misollar keltiramiz
2.1-rasm. Misol
2.2-rasm. Masala blok-sxemasi va dasturi
Bu misolda qaysi operatordan foydalanish - for yoki while danmi farq qilmaydi. Agar takrorlanish soni ma’lum bo’lsa, for operatori ishlatiladi, takrorlanish soni ma’lum bo’lmasa while operatori qo’llaniladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti
|