|
Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti
|
bet | 2/20 | Sana | 27.12.2023 | Hajmi | 5,74 Mb. | | #128658 |
Bog'liq “IKKI VA UCH O’LCHAMLI KOMPYUTERLAR GRAFIKASINING TURLARI”Kurs ishining dolzarbligi. Hozirgi kunda kompyuter texnologiyalari kirib bormagan soha deyarli uchramaydi. Kompyuter texnologiyalardan nafaqat hisoblash ishlarini olib borish uchun, balki hayotga tadbiq qilinadigan elektron darsliklar, rasm va video tasmalarni qayta ishlovchi, katta hajmli ma’lumotlarni o’zida saqlovchi dasturlar yaratish uchun ham foydalaniladi. So’nggi yillarda kompyuter va uning dasturiy ta’minotiga bo’lgan talab va qiziqishlar ortib bormoqda. Bu esa o’z navbatida dasturchidan katta izlanish va mahoratni talab qiladi.
Ta’lim sifatini oshirish bugungi kunning asosiy vazifalaridan biridir. Chunki, bugungi kunda insoniyat rivojlanishi shunday bosqichga yetib bordiki, bu bosqichda inson aql-zakovati, bilimi va uning mutaxassis sifatidagi malakasi hal qiluvchi ro’l o`ynaydigan bo`lib qoldi.
Yuqoridagi fikrlardan ko’rinib turibdiki, axborot-kommunikatsiya texnologiya-lari(AKT)ning rivojlanishida yetuk mutaxassislarning roli va o’rni beqiyosdir. Bunday kadrlarni tayyorlashda dasturlashga oid fanlar va ularni o’qitishning samaradorligini oshirish bugunning dolzarb masalalaridan biridir.
Kurs ishining maqsadi: Ushbu kurs ishi Dasturlash asoslari fanini o’qitishni tashkil etishda innovatsion yondashuvlardan foydalanish texnologiyasini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etishdan iborat.
“Takrorlanuvchi jarayonlarni dasturlash” mavzusi bo’yicha mashg’ulotlarni innovatsion texnologiyalar yordamida tashkil etishdan asosiy maqsad talabalarni axborot va jamiyat, axborot texnologiyalari va tizimlari, ularning jamiyatdagi o’rni va ahamiyati, kompyuterlarga xizmat ko’rsatish, tamoyil va uslublari bilan chuqur hamda har tomonlama amaliy jihatdan tanishtirishdan iboratdir.
Shu fikrlardan kelib chiqib, quyidagi asosiy vazifalar belgilandi:
mashg’ulotlarni zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etish uslublarini bugungi kun talablari asosida yoritish;
mashg’ulotlarni innovatsion metodlar asosida tashkil etishga oid bajarilgan ishlanmalar yuzasidan taqdimotlar yaratish;
mashg’ulotlarni innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish bo’yicha nazorat topshiriqlari va mustaqil ta’lim yuzasidan ko’rsatmalar ishlab chiqish;
mashg’ulotlarni innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish yuzasidan keyslar to’plami, amaliy topshiriqlar, ishlanmalar yaratish va ularni amaliyotga tadbiq etish.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti
|