• Qisqacha nazariy ma`lumotlar: Model va modellashtirish. Model turlari. Modellarning mazmuni bilan qisqacha tanishib chiqamiz.
  • Masalani rasmiylashtiramiz
  • 1-Amaliy mashg`ulot: Turli modellar tuzishga doir misollar




    Download 0.88 Mb.
    Pdf ko'rish
    Sana13.11.2023
    Hajmi0.88 Mb.
    #97831
    Bog'liq
    1-amaliy mavzu (2)
    Абулхайр пришёл к власти в Узбекском улусе в возрасте 16 лет и перед ним стояла трудная задача, 4.1-модул.-махсус-мтм, Andijon davlat pedagogika instituti tasdiqlayman , Adabiyotlar tahlili , Cloud Computing Muzaffar Shojonov, MAMATALIYEVA MAHBUBA, sjgjhCVWpMefSmaiLeHsHqudLYsN3qOY, 5-Mavzu Kuchaytirgichlarda teskari aloqa, Mavzu mdya-tranzistorlarning volt-amper xarakteristikalari va p, «texnalogik jarayonlarni avtomatlashtirish fanidan»-fayllar.org, 2 5422660162710160058


    1-Amaliy mashg`ulot: Turli modellar tuzishga doir misollar. 
    Ishning maqsadi: Talabalarga Turli modellar tuzishga doir misollar yechish asosiy 
    tushunchalarini o`rgatish 
     
    Qisqacha nazariy ma`lumotlar: Model va modellashtirish. Model turlari. 
    Modellarning mazmuni bilan qisqacha tanishib chiqamiz. 
    1. Fizik model. Tekshirilayotgan jarayonning tabiati va geometrik tuzilishi asl 
    nusxadagidek, ammo undan miqdor (o`lchami, tezligi, ko`lami) jixatidan farq 
    qiladigan modellar, masalan, samolyot, kema, avtomobil, poyezd, GES va 
    boshqalarning modellari fizik modelga misol bo`ladi. 
    2. Matematik modellar tirik organizmlarning tuzilishi, o`zaro aloqasi, 
    vazifasiga oid qonuniyatlarning matematik va mantiqiy-matematik tavsifidan iborat 
    bo`lib, tajriba ma`lumotlariga ko`ra yoki mantiqiy asosda tuziladi, so`ngra tajriba 
    yo`li bilan tekshirib ko`riladi. 
    Biologik hodisalarning matematik modellarini kompyuterda o`rganish 
    tekshirilayotgan biologik jarayonning o`zgarish xarakterini oldindan bilish imkonini 
    beradi. Shuni ta`kidlash kerakki, bunday jarayonlarni tajriba yo`li bilan tashkil qilish 
    va o`tkazish ba`zan juda qiyin kechadi. Matematik va matematik-mantiqiy 


    modelning yaratilishi, takomillashishi va ulardan foydalanish matematik hamda 
    nazariy biologiyaning rivojlanishiga qulay sharoit tug`diradi. 
    3. Biologik model turli tirik ob`ektlar va ularning qismlari - molekula, hujayra, 
    organizm va shu kabilarga xos biologik tuzilish, funksia va jarayonlarni modellashda 
    qo`llaniladi. Biologiyada, asosan, uch xil modeldan foydalaniladi. Ular biologik, 
    fizik va matematik modellardir. 
    Biologik model - odam va hayvonlarda uchraydigan ma`lum bir holat yoki 
    kasallikni laboratoriyada hayvonlarda sinab ko`rish imkonini beradi. Bunda shu 
    holat yoki kasallikning kelib chiqish mexanizmi, kechishi, oqibati kabilar tajriba 
    asosida o`rganiladi. Biologik modelda har xil usullar: genetik apparatga ta`sir qilish, 
    mikroblar yuqtirish, ba`zi organlarni olib tashlash yoki ular faoliyati mahsuli bo`lgan 
    garmonlarni kiritish va bosha usullar qo`llaniladi. Bunday modellarda genetika, 
    fiziologiya, farmokologiya sohasidagi bilimlar tadqiq qilinadi. 
    4. Fizik-kimyoviy modellar biologik tuzilish, funksiya yoki jarayonlarni fizik 
    yoki kimyoviy vositalar bilan qaytadan hosil qilishdir. 
    5. Iqtisodiy modellar taxminan XVIII asrdan qo`llanila boshlandi. 
    F.Kenening "Iqtisodiy jadvallar"ida birinchi marta butun ijtimoiy takror ishlab 
    chiqdrish jarayonining shakllanishini ko`rsatishga harakat qilingan. 




     
     


     
     
    Aytib o`tilganlarni aniq misolda ko`rib chiqamiz. 
    O`ylagan sonni topish masalasi (matematik fokus). Talabalarga ixtiyoriy 
    sonni o`ylash va u bilan quyidagi amallarni bajarish talab etiladi: 
    1. O`ylangan son beshga ko`paytirilsin. 
    2. Ko`paytmaga bugungi sanaga mos son (yoki ixtiyoriy boshqa son) qo`shilsin. 
    3. Hosil bo`lgan yig`indi ikkilantirilsin. 
    4. Natijaga joriy yil soni qo`shilsin. 
    Olib boruvchi biroz vaqtdan so`ng talaba o`ylagan sonni topishi mumkinligini 
    ta`kidlaydi. Ravshanki, talaba o`ylagan son matematik fokusga mos model 
    yordamida aniqlanadi. 
    Masalani rasmiylashtiramiz: X - o`quvchi o`ylagan son, U - hisoblash 
    natijasi, N- sana, M - joriy yil. 
    Demak, olib boruvchining ko`rsatmalari: U=(X*5 + N)*2 + M formula orqali 
    ifodalanadi. 
    Ushbu formula masalaning (matematik fokusning) matematik modeli bo`lib 
    xizmat qiladi va X o`zgaruvchiga nisbatan chiziqli tenglamani ifodalaydi. 
    Tenglamani yechamiz: X = (U - (M + 2N))/10
    Ushbu formula o`ylangan sonni topish algoritmini ko`rsatadi. 



    Download 0.88 Mb.




    Download 0.88 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-Amaliy mashg`ulot: Turli modellar tuzishga doir misollar

    Download 0.88 Mb.
    Pdf ko'rish