70
ni hisobga olgan holda, yonilg‘ini ekspluatatsion baholash qotish
harorati yordamida ham amalga oshiriladi. Bunda quyidagi qoida-
ga amal qilish lozim: dizel yonilg‘isi ishlatiladigan sharoitdagi eng
past harorat uning qotish haroratidan kamida 10°C, ko‘pi bilan
15°C yuqori bo‘lishi lozim.
Masalan, qotish harorati minus 23°C bo‘lgan dizel yonilg‘isi-
ni tashqi havo harorati minus 10°C dan past bo‘lmagan sharoitlar-
da ishlatish mumkin. Bu sharoitda yonilg‘ining qotish harorati va
ishlatish mumkin bo‘lgan eng past harorat orasidagi farq 13°C ni
tashkil etadi, ya’ni belgilangan qoidada ko‘rsatilgan chegaradan
tashqarida emas.
Qotish harorati qishki dizel yonilg‘ilari uchun minus 35°C dan
minus 45°C gacha, yozgi yonilg‘ilar uchun minus 10°C
atrofida
bo‘ladi. Shunday qilib, xiralashish va qotish haroratlari yordamida
dizel yonilg‘ilarining fizikaviy turg‘unligiga bo‘lgan talablarning
bajarilishi ta’minlanadi.
Ishlab chiqarish sharoitlarida havo harorati xiralashish haro-
ratidan yuqori bo‘lganidagina yonilg‘idan foydalanish mumkin.
Agar qishda yozgi yonilg‘idan foydalanilsa, ajraladigan para-
fin kristallari dvigatelning ta’minlash tizimiga, ayniqsa,
mayin
tozalash filtrlariga tiqilib qoladi, natijada yonilg‘i berish buziladi
yoki to‘xtaydi. Sovuq vaqtda nafaqat yozgi yonilg‘idan, balki ara-
lash yonilg‘idan ham foydalanishga ruxsat etilmaydi, chunki ular-
ning past harorat va qovushoqlik xossalari dvigatelning normal ish-
lashini ta’minlamaydi.
Ish jarayonida ba’zan dizel yonilg‘isining xiralashish va qo-
tish haroratlarini pasaytirish uchun unga kerosin aralashtiriladi.
Ammo bunda yonilg‘ining setan soni kamayadi va dvigatel bunday
yonilg‘ida nisbatan qattiq ishlaydi.
3. 6. Dizel yonilg‘isining bug‘lanuvchanligi
Dizel yonilg‘isi optimal bug‘lanuvchanlikka ega bo‘lishi lozim.
Yonilg‘ini havo bilan aralashishi uchun yonilg‘i bug‘lanishi lozim.
71
Yonilg‘i-havo aralashmasi yonish kamerasidagi zaryad aralashma-
ni alangalanishining quyi chegarasida yonadi.
Bundan aralashma
hosil bo‘lish tezligi dvigatel silindriga purkalgan yonilg‘ining to‘la
bug‘lanishi quyidagi omillarga bog‘liq bo‘lishi ko‘rinadi: harorat,
bosim, havoning yonish kamerasidagi uyurma harakati, purkash si-
fati va yonilg‘ining bug‘lanuvchanligi.
Yonilg‘ining purkalishi qanchalik yaxshi bo‘lsa (yonilg‘i qan-
chalik mayda purkalsa), bug‘lanish sirti shuncha ortadi. Bun-
dan tashqari, yonilg‘ini to‘zitilishidagi tomchilar diametrining
kichiklashishi ularning qizish tezligini oshiradi.
Buning natijasi-
da purkash sifati ortishi bilan birga, purkalayotgan yonilg‘ining
bug‘lanish tezligi ortadi.
Bug‘lanuvchanligi yomon bo‘lgan va yuqori haroratda qaynay-
digan yonilg‘i ishlatilganida, bug‘lanish tezligi shu darajada sust
bo‘lishi mumkinki, bunda yonilg‘i gaz holatiga o‘tishga ulgurmay-
di va buning oqibatida to‘la yonmaydi. Natijada yonilg‘i sarfi or-
tadi, gilza devorlaridan moy pardasining suyuq yonilg‘i bilan yu-
vilishi tufayli silindr-porshen guruhi detallarining yeyilishi ortadi.
Dizel yonilg‘isining bug‘lanuvchanligi uning fraksion tarkibi bi-
lan baholanadi. Bu tarkib dizel yonilg‘isining bug‘lanishini ko‘rsa-
tuvchi va benzinlardagi kabi yonilg‘i hajmi (umumiy hajmiga nis-
batan foiz hisobida) bilan yonilg‘i (yonilg‘i haydaladigan) harorati
orasidagi bog‘liqlikni belgilab beradi. Bu haroratlar yonilg‘ining
yurgazib yuborish xususiyatlariga ta’sir ko‘rsatadi: yonilg‘i
tarkibi-
da nisbatan yengil fraksiyalar qanchalik ko‘p bo‘lsa, yonilg‘i pur-
kalganidan so‘ng shuncha tez bug‘lanadi; bunda yonilg‘ining to‘liq
yonishi, kam tutun chiqarishi va dizelning oson yurgazib yuborili-
shi ta’minlanadi.
Shunga qaramasdan, yonilg‘ida oson bug‘lanadigan fraksiya-
larning juda ko‘p bo‘lishi maqsadga muvofiq emas. Bu holda dizel
dvigatellarida yonilg‘i kuchli yonadi, natijada dvigatel normal ish-
lamaydi (o‘ta qizib ketadi,
quvvati pasayadi, ba’zan to‘xtab qoladi
va uni sovitmasdan yurgazib yuborish mumkin bo‘lmaydi). Shu-
ning uchun ham yengil fraksiyalarning miqdori cheklanadi.
72
Shu bilan birga, yonilg‘ida og‘ir fraksiyalar bo‘lishi yonilg‘ining
ancha yuqori haroratlarda haydalishiga olib keladi. Natijada yonilg‘i
aralashma hosil bo‘lish jarayonini yomonlashtiradi, yonilg‘i ko‘p
sarf bo‘ladi, ishlatilgan gaz tutab chiqadi va kuyundi ko‘p hosil
bo‘ladi.
Yuqoridagi fikrlarga ko‘ra, dvigatel oson ishga tushishi uchun
yonilg‘i shunday bug‘lanuvchanlikka ega bo‘lishi kerakki, bunda
o‘z-o‘zidan alangalanish sodir bo‘ladigan
paytda alangalanish hosil
bo‘ladigan chegarada zarur yonilg‘i-havo aralashmasi hosil qilini-
shi lozim.
Dizel yonilg‘isining o‘t olish xususiyati yonilg‘ining 50 foizi
ning qaynash harorati bilan baholanadi.
Dizellar uchun
t
50%
= 255–280°C va
t
96%
= 330–340°C bo‘lgan
qishki yonilg‘ilar hamda
t
50%
= 280°C va
t
96%
= 360°C bo‘lgan
yozgi yonilg‘ilar ishlab chiqariladi. Bunday fraksion tarkibli dizel
yonilg‘isi yonilg‘ining to‘la yonishini va dvigatellarning yumshoq
ishlashini ta’minlaydi.
Dizel yonilg‘isining fraksion tarkibini aniqlash benzinning frak-
sion tarkibini aniqlash kabi amalga oshiriladi.
3. 7. Dizel yonilg‘isining kimyoviy tarkibi
Neftni
haydash usuli bilan olinadigan, tarkibida oltingugurt bi-
rikmalari kam bo‘lgan dizel yonilg‘ilari yuqori kimyoviy turg‘un-
likka ega bo‘ladi. Shuning uchun ular uzoq saqlanganida (besh yil
va undan ortiq) va dvigatel silindrlarida ishlatilganida bug‘lanish
jarayoni boshlangunga qadar o‘z xususiyatlarini o‘zgartirmay-
di. Bu sharoitlarda tarkibida ko‘p miqdorda olefinlar va merkap-
tanlar bo‘lgan dizel yonilg‘ilarigina o‘z xususiyatlarini sezilarli
darajada o‘zgartiradi. Bunday yonilg‘ilarni tashish va saqlashda
olefinlarning oksidlanishi natijasida smola miqdori ortib ketadi va
filtrlar hamda forsunka to‘zitkichlari ignalariga o‘tirib, ta’minlash
73
tizimining normal ishlashiga to‘sqinlik qiladi, yonish kamerasiga
tushishi esa qurum hosil bo‘lishini kuchaytiradi. Shuning uchun di-
zel yonilg‘ilari bo‘yicha standartlarda yonilg‘i tarkibidagi katalitik
kreking
mahsullari, birinchi navbatda, smola miqdori (qishki marka-
larda 100 ml yonilg‘ida 30 mg gacha, yozgi markalarda 40 mg ga-
cha) chegaralanadi, ikkinchi navbatda yod soni me’yorlanadi.