• RE J A Kirish. I BOB . TA’LIM YO’G’RISIDAGI QONUN VA KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI
  • II BOB. NUKLEIN KISLOTALAR HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA
  • KIRISH Mavzuning dolzarbligi.
  • Ushbu muammolarini amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni o’z oldimizga maqsad qilib qo’ydik.
  • I BOB . TA’LIM YO’G’RISIDAGI QONUN VA KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI 1.1. Yangi pedagogik texnologiyalarning umumiy tavsifi.
  • Pedagogik texnologiyalarning didaktik funksiyalari
  • 1.2.O’zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi.
  • Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi haqida umumiy tushuncha.
  • O‘zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi




    Download 2,96 Mb.
    bet1/33
    Sana29.03.2017
    Hajmi2,96 Mb.
    #2618
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33

    O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI XALQ TA'LIMI

    VAZIRLIGI


    A.QODIRIY NOMIDAGI

    JIZZAX DAVLAT PЕDAGOGIKA INSTITUTI


    TABIATSHUNOSLIK VA GEOGRAFIYA FAKUL’TETI

    «Umumiy biologiya va uni o‘qitish uslubiyati» kafеdrasi

    Himoya qilishga ruxsat beraman

    Tabiatshunoslik va geografiya fakulteti dekani

    __________ b.f.n.G`.Qodirov

    “____“ _______ 2013 yil.


    5140400 –«Biologiya va inson hayot faoliyati muhofazasi» yo‘nalishi

    bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun

    « Nuklеin kislotalar mavzusini o’qitilishini YaPT lari»mavzusida bajarilgan

    BITIRUV MALAKAVIY ISHI

    Bajaruvchi Xo’jamqulov. I.

    Ilmiy rahbar Aberqulov. E.

    Ishni himoyaga tavsiya etaman Aberqulov. E.

    BMI « Umumiy biologiya va uni o‘qitish uslubiyati» kafеdrasi yig‘ilishining

    qarori bilan (Qaror №___ 2013yil) himoyaga tavsiya etilgan


    Kafedra mudiri_________ b.f.n.D.Imomova

    Jizzax-2013




    RE J A

    Kirish.
    I BOB. TA’LIM YO’G’RISIDAGI QONUN VA KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI

    1.1. Yangi pedagogik texnologiyalarning umumiy tavsifi.

    1.2.O’zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi.

    Dastur - 1) biron-bir faoliyat, ishning mazmuni va rejasi; 2) siyosiy partiyalar, tashkilotlar, alohida arboblar faoliyatining asosiy qoidalari va maqsadlari bayoni; 3) oʻquv fani mazmunining qisqacha izohi; 4) teatr, konsertlar va b.
    Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar.


    1.3. Axborot tеxnologiyalari mahsullari turlari, ta'lim-tarbiya jarayonida tutgan o‘rni va ahamiyati

    1.4.Ta'lim tarbiya jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish.



    II BOB. NUKLEIN KISLOTALAR HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA

    2.1. Nuklein kislotalarning kimyoviy tarkibi

    2.2. Nuklein kislotalarning tuzilishi

    2.3.Nuklein kislotalar almashinuvi haqida umumiy tushuncha

    2.4. DNK va RNK sintezi
    Xulosa
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLA

    O`qituvchining bosh vazifasi

    o`quvchilarda mustaqil fikr

    yuritish ko`nikmalarini hosil

    qilishdan iboratligini ko`pincha

    yaxshi tushunamiz, lekin afsuski,

    amaldagi tajribalarimizda unga

    rioya qilmaymiz».

    Kimyo, ximiya - moddalarning tuzilishi va oʻzgarishini oʻrganadigan fan. Kimyo boshqa fanlar qatori inson faoliyatining mahsuli sifatida vujudga kelib, tabiiy ehtiyojlarni qondirish, zaruriy mahsulotlar ishlab chiqarish, biridan ikkinchisini xrsil qilish va, nihoyat, turli hodisalar sirlarini bilish maqsadida roʻyobga chiqdi.
    Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.

    I.A. Karimov

    KIRISH
    Mavzuning dolzarbligi. Ma'lumki, endilikda o’qituvchining mеhnatiga asoslangan avtoritar ta'lim sistеmasi yaxshi samara bеrmasdan qolmoqda.

    Samara (1936-91-yillarda Kuybishev "Куйбышев") - Samara (rus. Самара) Rossiya Federatsiyasidagi shahar, Samara viloyati markazi. Volga daryosining chap sohilidagi port shahar. Volgaga Samara daryosi quyilgan joyda joylashgan.
    Ta'lim jarayonining samarasini oshirish, uni zamon talablariga mos kеladigan yangi bosqichlarga o`tkazish o’quv jarayoniga ilg’or pеdagogik, innovatsion va axborot tеxnologiyalarini joriy etishni taqoza etadi. Bunday tеxnologiyalardan foydalanishdan asosiy maqsad ta'lim oluvchilarda yеtarli bilim, malaka va ko’nikmalar hosil qilish, ularning erkin va mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat. Shunday ekan, maktabda bioloiya darslarini yangi pеdagogik tеxnologiyalar asosida tashkil etish bugungi kunning dolzarb muammolaridan hisoblanadi. Biologiya darslarida Nuklein kislotalar, ularni tuzilishi, tarkibi, strukturasi, ularni sintezlanishi maktab o`quvchilarini o’zlashtirishi bir muncha qiyin bo`lgan mavzulardan biridir. Bu mavzuni o`quvchilarga tushunarli qilib yetkazib berishda yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llashning samarali yo’llarini yaratish orqali o’quvchilar tirik organizmlardagi irsiy belgilarni saqlanishi, uni nasldan – naslga berilishi va bunda irsiy axborotni ko`chirilishini o’rganish borasida ko’zda tutilgan bilim va ko’nikmalar hosil qilinadi.


    Ishning maqsadi: - Maktab biologiya darslarida ilg’or pеdagogik, innovatsion va axborot tеxnologiyalarini joriy etishning ahamiyatini ochib berish.

    - Maktab biologiya darslarida “Nuklein kislotalar” mavzularini yangi pedagogik texnologiyalar asosida o`tish samarali yollarini ochib berish.

    - Biologiya darslarida “Nuklein kislotalar” mavzularini yangi pedagogik texnologiyalar asosida dars ishlanmalari tayyorlash.
    Ushbu muammolarini amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni o’z oldimizga maqsad qilib qo’ydik.

    “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta'lim to’ g’risida” gi qonunni izchil o’rganib chiqish.

    Ta'limda yangi pеdagogik tеxnologiyalarni, axborot tеxnologiyalarini va innovatsion tеxnologiyalarni qo’llashning ahamiyati va samarasini o’rganish.

    Yangi pеdagogik tеxnologiyaning tarixi, ahamiyati va turlarini o’rganish;

    Modulli ta`lim texnologiyasining turlari va ahamiyatini o’rganish;

    Biologiya darslarida modulli ta`lim texnologiyalari usullarini qo’llash samarasini o’rganib chiqish.

    Biologiya darslarida modulli ta`lim texnologiyasi asosida mavzularning YPT asosida texnologik xaritalar ishlab chiqish.

    Xarita (yun. chartes - varaq yoki xat yoziladigan papirus), karta - Yer yuzasi, boshqa osmon jismlari yoki kosmik fazoning matematik aniq belgilangan, kichraytirilgan, umumlashtirilgan tasviri. Qabul qilingan shartli belgilar sistemasida ularda joylashgan obʼyektlar koʻrsatiladi (q. Geografik xaritalar, Xaritagrafiya)

    Modulli ta`lim texnologiyalari turlari asosida yaratilgan dars texnologik xaritalarini xalq ta`limi muassasalarida sinov tariqasida qo’llash va samaradorligini aniqlash.

    Maktab biologiya darslarida modulli ta`lim texnologiyalarini qo’llash natijalaridan, o’rta maktab tizimi va oliy o’quv yurti talabalari va o’qituvchilari foydalanishlari mumkin.

    Ushbu matеriallardan xalq ta’limi muassasalari xodimlari foydalanishlari mumkin.




    I BOB. TA’LIM YO’G’RISIDAGI QONUN VA KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI

    1.1. Yangi pedagogik texnologiyalarning umumiy tavsifi.

    O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturining amaldagi bosqichi ta’lim muassasalarini maxsus tayyorlangan pedagogik kadrlar bilan ta’minlash, ularning faoliyatida raqobatga asoslangan muhitni vujudga keltirish, o’quv tarbiya jarayonini sifatli o’quv adabiyotlari va ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash kabi qator vazifalarni amalga oshirishni ko’zda tutadi.

    Ushbu vazifalarni amalga oshirish har bir ta’lim muassasasining shu jumladan, pedagogika oliy o’quv yurtlarining bevosita vazifasi sanaladi. Ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarni muvaffaqiyatli qo’llash uchun biologiya o’qituvchilari maxsus metodik bilim va ko’nikmalarni egallashlari, pedagogik amaliyotlarda zarur bo’ladigan metodik tayyorgarlikka ega bo’lishlari lozim.

    Pedagogik texnologiya atamasiga shu muammo bo’yicha izlangan har bir olim o’z nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda ta’rif bergan. Hali bu tushunchaga to’liq va yagona ta’rif qabul qilinmagan. Ushbu ta’riflarning ichida eng maqsadga muvofig’i YuNESKO tomonidan berilgan ta’rif sanaladi.

    UNESCO (United Nations Educational, Scientific and Cultural Organization - Birlashgan Millatlar Taʼlim, Bilim va Madaniyat Tashkiloti), Birlashgan Millatlar Tashkilotining mahsus tashkilotlaridan biri boʻlib, ikkinchi dunyo urushidan soʼng, 1946-yil tashkil qilingan.

    Pedagogik texnologiya – o’qitish shakllarini optimallashtirish maqsadida o’qitish va bilimlarni o’zlashtirish jarayonida inson salohiyati va texnik resurslarni qo’llash, ularning o’zaro ta’sirini aniqlashga imkon beradigan tizimli metodlar majmuasidir.

    Jonajon respublikamiz mustaqillikka erishgach, ta’limning to’la mustaqillgini ta’minlash va milliylashtirish borasida bir qancha ishlar amalga oshirildi.

    Prezidentimiz I. Karimovning tashabbusi bilan O`zbekiston Respublikasining «Ta’lim to`g`risidagi» Qonuni, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» qabul qilindi. Ularga asoslanib respublika xalq ta’limi vaziri J.

    Vazir (arab. - yuk koʻtaruvchi) - oʻrta asrlarda Yaqin va Oʻrta Sharq davlatlarida, shu jumladan Oʻrta Osiyo xonliklarida hukumat idorasi yoki kengashi (devon) boshligʻi. V. lar vaziri aʼzam rahbarligida davlatni idora etish vazifalari bilan shugʻullangan. V.
    Yuldoshev rahbarligida va ishtirokida umumiy o`rta ta’lim davlat ta’lim standarti, har bir o`quv fani bo`yicha yangi o`quv dasturlari, o`quvchilarning bilim darajalarni nazorat qilishning reyting usuli ishlab chiqildi va tajriba sharoitida o`tkazilib hayotga tatbiq etildi. Hozirgi vaqtda ana shu dasturlarga asoslanib yangi darsliklar o`quv metodik qo`llanmalar yaratilmoqda. Bu ishlarning barchasining zaminida ta’limni o`tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlardan to`la xalos etish, rivojlangan demokratik davlat darajasida yuqori ma’naviy, axloqiy talablarga javob beruvchi kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratish, ular sifatini oshirish, ta’lim dasturlari, darsliklar, o`quv metodik majmularining yangi mazmun bilan boyitish, muhim rag`batlantiruvchi omillar asosida o`quvchilarini bilim olishga bo`lgan xohishlarini rivojlantirish, ular ongida milliy mafkurani shakllantirish, ularni hayotga tatbiq etish yotadi.

    Bizning nazarimizda, pedagogik texnologiya – tizim jarayonining samaradorligini oshirish maqsadida o’qitish va bilimlarni o’zlashtirish jarayonida o’qituvchining pedagogik va o’quvchining o’quv – bilim faoliyatini uyg’un ravishda tashkil etish, mazkur faoliyatni faollashtirish maqsadida, samarali o’qitish metodlari, vositalari va shakllarini qo’llash, ularning o’zaro ta’sirini aniqlashga imkon beradigan tizimli majmuasidir.

    Pedagogik texnologiyaning uchta darajasi mavjud:

    1.Umumiy metodik daraja

    2.Xususiy metodik daraja

    3.Lokal modul daraja

    Jahonning rivojlangan mamlakatlardagi ta’lim tizimida muvaffaqiyatli qo’llanib kelayotgan va didaktikada ishlab chiqilgan pedagogik texnologiyalar shaxsga yo’naltirilganligiga ta’lim oluvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarilishiga, shaxsga bo’lgan munosabatiga, hozirgi zamon ta’lim tizimida hukmronlik qilayotgan an’anaviy ta’limni mazmuni yangilash va ta’lim – tarbiya jarayonini tashkil etishni tubdan o’zgartirishga qaratilganligiga ko’ra tavsiflanadi.

    I.Shaxs strukturasiga mo’ljallanganligiga ko’ra:


    • Bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishga mo’ljallangan pedagogik texnologiyalar

    • Aqliy faoliyat usullarini shakllantirishga qaratilgan aqliy faoliyat texnologiyalari

    • Estetik va axloqiy munosabatlarni tarkib toptirishga mo’ljallangan hissiyotli–axloqiy texnologiyalar

    • Iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan estetik texnologiyalar.

    II.Mazmuni va tuzilishiga ko’ra:

    • Ta’lim-tarbiya berishga qaratilgan texnologiyalari

    • Dunyoviy va diniy ta’limga mo’ljallangan texnologiyalari

    • Umumta’lim va kasb ta’limi texnologiyalari

    • Insonparvarlik va texnokrat texnologiyalari

    • Xususiy predmet texnologiyalari

    - Monotexnologiya va kompleks (majmua) texnologiyalari

    III.Ta’lim – tarbiya jarayonida o’quvchi shaxsining tutgan o’rniga ko’ra pedagogik texnologiyalar quyidagi guruhlarga ajratiladi:

    • Avtoritar texnologiyalar

    • Didaktosentrik texnologiyalar

    • Shaxsni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan texnologiyalar

    • Insonparvarlik va hamkorlik texnologiyalari

    • Erkin tarbiya texnologiyalari

    IV. Hozirgi zamon ta’lim tizimida hukmronlik qilayotgan an’anaviy ta’limni mazmunan yangilash va ta’lim – tarbiya jarayonini tashkil etishni tubdan o’zgartirishga qaratilgan texnologiyalarni didaktik maqsadlariga ko’ra quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

    • Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish asosidagi pedagogik texnologiyalar

    • O’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalar

    • Ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqarishning samaradorligini oshirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalar

    • O’quv materialini didaktik jihatdan takomillashtirish va qayta ishlash asosidagi pedagogik texnologiyalar

    • Xalq pedagogikasi metodlaridan foydalanishga asoslangan pedagogik texnologiyalar.

    Yuqorida qayd etilganidek, pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonida lokal (modul) va xususiy metodik darajada qo’llaniladi.

    Biologiya o’qituvchisi o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarishni takomillashtirish maqsadida avval darsning ma’lum bosqichida lokal (modul) darajada qo’llashi maqsadga muvofiq. Bunda avval yangi mavzu o’rganilib, o’quvchilarning o’zlashtirgan bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish va baholashda nazorat testlari, turli o’yin mashqlar, musobaqa, trening o’tkazadi. O’quvchilarning bu faoliyatga kirishishi va muayyan ko’nikma va malakalarni egallaganidan so’ng, pedagogik texnologiyalarga asoslangan darslarni o’tkazishi, ya’ni xususiy metodik darajada qo’llanishi mumkin.

    Xususiy metodik darajada darsning barcha bosqichlari pedagogik texnologiya talablari asosida tashkil etiladi. Bunda o’qituvchi o’rganiladigan mavzuning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi, maqsadlaridan kelib chiqqan holda qaysi texnologiyadan foydalanish, mazkur texnologiya asosida o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etishning o’ziga xos xususiyatlari, darsda o’quvchilarning bilishi lozim bo’lgan o’quv topshiriqlari, o’quvchilarning o’zlashtirgan bilimini nazorat qilish va baholash yo’llarini belgilash lozim.

    Biz pedagogik texnologiyalarning o’ziga xos xususiyatlari, mohiyati va mazmuniga ko’ra ikki guruhga ajratdik:

    1.Pedagogik jarayonning xarakteri, borishi va mazmunini o’zgarishda qo’llaniladigan pedagogik texnologiyalar

    2.Biologiya darslarda foydalaniladigan texnologiyalar.

    Pedagogik jarayonning borishi va mazmunini o’zgartirishda qo’llaniladigan pedagogik texnologiyalar guruhiga:

    -Ta’lim jarayonini insonparvarlashtirish va demokratlashtirish texnologiyasi

    -Shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalar

    -Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalar

    -Ta’limni differensiallashtirish va individuallashtirish.

    Biologiya darslarida foydalanilgan texnologiyalar guruhiga: didaktik o’yin texnologiyasi, muammoli ta’lim texnologiyasi, hamkorlikda o’qitish texnologiyasi, loyihalash texnologiyasi, modulli ta’lim texnologiyasi va an’anaviy ta’lim texnologiyalari kiradi.


    Pedagogik texnologiyalarning didaktik funksiyalari

    Pedagogik texnologiyalarning funksiyalari

    Didaktik o’yinli

    Muammoli ta’lim

    Modulli ta’lim

    Hamkor

    likda o’qitish



    Loyiha

    lash


    Ta’lim beruvchi

    1

    5

    1

    3

    7

    Rivojlantiruvchi

    2

    4

    2

    4

    8

    Tarbiyalovchi

    3

    6

    3

    5

    9

    Ijodiy faoliyatga yo’llovchi

    8

    3

    6

    6

    1

    Kommunikativ

    4

    9

    4

    7

    4

    Mantiqiy fikrlashni rivojlantirish

    6

    2

    7

    8

    3

    Aqliy faoliyat usullarini shaklantirish

    7

    1

    8

    9

    2

    O’z faoliyatini tahlil qilish va nazorat qilish

    10

    7

    10

    10

    11

    Kasbga yo’llash

    11

    10

    11

    11

    6

    Mo’ljalni to’g’ri olishga organish

    5

    8

    9

    2

    5

    Hamkorlikni vujudga keltirish

    9

    11

    5

    1

    10


    1.2.O’zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi.

    Kadrlar tayyorlash milliy dasturi “Ta’lim tog’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuning qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bo’lib, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo’ljalni to’g’ri ola bilish mahoratiga ega bo’lgan, istiqlol vazifalarni ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodni shakllantirishga yo’naltirilgandir.

    Yer - Quyosh sistemasidagi Quyoshdan uzoqligi jihatdan uchinchi (Merkuriy, Venera sayyoralaridan keyin) sayyora. U oʻz oʻqi atrofida va aylanaga juda yaqin boʻlgan elliptik orbita boʻyicha Quyosh atrofida aylanib turadi.

    Dastur kadrlar tayyorlash milliy modulini ro’yobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o’zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik, pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o’z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi.

    Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi haqida umumiy tushuncha.

    Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:

    -shaxs-kadr tayyorlash tizimining bosh subekti va obyekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi;

    -davlat va jamiyat – ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari;

    -uzluksiz ta’lim-malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo’lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko’rsatish muhitini o’z ichiga oladi;

    -fan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi;

    -ishlab chiqarish – kadrlarga bo’lgan ehtiyojni, shuningdek ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo’yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jihatidan ta’minlash jarayonining qatnashchisi.

    Respublikamiz mustaqilligining dastlabki yillarida ta’lim tarbiya sohasini isloh qilish natijasida to’plangan tajribalar, chiqarilgan bir qator xulosalar asosida amaldagi ta’lim – tarbiya tizimini hozirgi taraqiyyot va kelgusidagi talablar darajasiga ko’tarish, uni takomillashtirishga jiddiy e’tibor berish zarurligidan kelib chiqqan holda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta’lim to’g’risida” O’zbekiston Respublikasining Qonuni Respublika Oliy Majlisining IX sessiyasida muhokama qilindi va tasdiqlandi. Shu munosabat bilan barcha o’quv materiallari qatori biologiya ta’limi oldiga ham aniq vazifalar qo’yildi. “Ta’lim to’g’risida”gi qonunga muvofiq:

    1.Umumiy o’rta ta’lim maktablarining biologiya ta’limi konsepsiyasini qayta ishlab chiqish;

    2.Umumiy o’rta ta’lim maktablarining biologiya ta’limi konsepsiyasidan kelib chiqqan holda biologiyadan davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish;

    3.Biologiya ta’limi konsepsiyasi va standartiga muvofiq biologiya dasturi va boshqa o’quv uslubiy majmualarni ishlab chiqish taqozo qilinadi.

    Umumiy o’rta ta’lim maktablarida biologiya ta’limining asosiy vazifalari:

    -o’quvchilarni asosiy biologik tushunchalar, yetakchi g’oyalar, ilmiy dalillar, qonunlar, ilmiy bilish usullari, organik olamning manzarasini shakllantirishga oid bilimlar bilan tanishtirish;

    -tirik tabiat va uning taraqqiyoti jarayonida vujudga keladigan moslanishlarning mexanizmlari haqida ma’lumot berish;

    -o’quvchilarni organizmlarning hayoti, ularning individual va tarixiy rivojlanishining asosiy qonunlari, molekula, hujayra, organizm, populyatsiya;

    -tur darajadagi biologik hodisa va jarayonlar haqidagi bilimlar bilan qurollantirish, ularning biologiyani o’rganishga bo’lgan qiziqish va ijodiy qobiliyatlarini o’stirish hamda kelgusidagi uzluksiz ta’lim tizimini davom ettirishlari uchun zamin tayyorlash;

    -o’quvchilarni o’zlarining va o’zgalarning salomatligini saqlashga, sog’lom turmush tarzini tarkib toptirishga yo’naltirish;

    -biologiya ta’limi mazmuni hozirgi ijtimoiy hayot va fan – texnika taraqqiyoti bilan mustahkam bog’lanishni ta’minlash asosida o’quvchilarni ongli ravishda kasb tanlashga yo’naltirish;

    Texnika (techne - mahorat, sanʼat) - moddiy boylik olish hamda odamlar va jamiyatning extiyojlarini qondirish maqsadida inson atrofdagi tabiatga taʼsir qilishiga imkon beradigan vositalar va koʻnikmalar majmui.

    -tabiatga, uning barcha boyliklariga oqilona munosabatda bo’lish fazilatlarini yosh avlod ongiga singdirish;

    -biologiya ta’limi mazmunini o’lkaga oid materiallar bilan boyitish, biologiya bilimlar zaminida mahalliy o’simlik va hayvon turlari, seleksiya yutuqlari, qadimda yashab ijod etgan buyuk allomalarimiz va hozirgi olimlarimizning biologiyaga oid ishlari bilan tanishtirish orqali o’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iborat.

    Yuqorida keltirilgan vazifalarni nazorat qilish Davlat ta’lim standartlari orqali amalga oshiriladi. Umumiy ta’lim maktablarining biologiya ta’limi standarti biologiya o’quv fanidan o’quvchilarga beriladigan bilimlar miqdori, ular egallaydigan malaka ko’nikmalari hajmini ko’rsatuvchi me’yor bo’lib, u umumiy ta’lim maktablarida biologiya ta’limi mazmunining negizini belgilovchi ko’rsatgichlar hamda o’quvchilarning biologiyadan tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar majmuasidan iborat bo’lgan rasmiy hujjat bo’lib hisoblanadi.

    “Ta’lim mazmuni negizini belgilovchi ko’rsatgichlar” umumiy o’rta ta’lim maktablarda biologiyadan beriladigan bilimlarning minimal darajasini, ya’ni ta’lim mazmuni negizini ifodalaydi. Keltirilgan ko’rsatgichlar umumiy o’rta ta’lim maktablari uchun biologiya predmeti dasturi va darslikni yaratishda hamda ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil etishda mo’ljal vazifasini bajaradi.

    Biologiya ta’limi standartidagi “o’quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan minimal talablar” o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishi shart bo’lgan ko’rsatkichlarni ifodalaydi. Bunda o’quvchilarning bilishi, anglashi, amaliy ishlarni bajara oladigan ko’nikma va malakalarga ega bo’lishlarini ta’minlash va uning sifatini aniqlashga imkon beradi. Belgilangan ko’rsatgich va talablar biologiya ta’limining asosiy sifatlarini baholashda o’lchov bo’lib hisoblanadi.

    Yuqorida keltirilgan vazifalarni nazorat qilish Davlat ta’lim standartlari orqali amalga oshiriladi. Umumiy ta’lim maktablarining biologiya ta’limi standarti biologiya o’quv fanidan o’quvchilarga beriladigan bilimlar miqdori, ular egallaydigan malaka ko’nikmalari hajmini ko’rsatuvchi me’yor bo’lib, u umumiy ta’lim maktablarida biologiya ta’limi mazmunining negizini belgilovchi ko’rsatgichlar hamda o’quvchilarning biologiyadan tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar majmuasidan iborat bo’lgan rasmiy hujjat bo’lib hisoblanadi.

    “Ta’lim mazmuni negizini belgilovchi ko’rsatgichlar” umumiy o’rta ta’lim maktablarda biologiyadan beriladigan bilimlarning minimal darajasini, ya’ni ta’lim mazmuni negizini ifodalaydi. Keltirilgan ko’rsatgichlar umumiy o’rta ta’lim maktablari uchun biologiya predmeti dasturi va darslikni yaratishda hamda ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil etishda mo’ljal vazifasini bajaradi.

    Biologiya ta’limi standartidagi “o’quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan minimal talablar” o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishi shart bo’lgan ko’rsatkichlarni ifodalaydi. Bunda o’quvchilarning bilishi, anglashi, amaliy ishlarni bajara oladigan ko’nikma va malakalarga ega bo’lishlarini ta’minlash va uning sifatini aniqlashga imkon beradi. Belgilangan ko’rsatgich va talablar biologiya ta’limining asosiy sifatlarini baholashda o’lchov bo’lib hisoblanadi.

    Umumiy o’rta ta’lim maktablari uchun biologiya ta’limi standartlarida keltirilgan ko’rsatgich va talablar maktab biologiya ta’limi mazmunini to’liq qamrab oladi va o’zaro bog’lanuvchi uch yo’nalishga bo’linadi:


    Download 2,96 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




    Download 2,96 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi

    Download 2,96 Mb.