Organizm biologik sistema; 2




Download 2.96 Mb.
bet7/33
Sana29.03.2017
Hajmi2.96 Mb.
#2618
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33
1.Organizm biologik sistema;

2.Ekologik sistemalar;

3.Organik olam evolyutsiyasi.

Ushbu ta’lim standartining “Ta’lim mazmuni negizini belgilovchi ko’rsatgichlar” hamda “O’quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar”da biologiya ta’limi mazmunining yuqorida keltirilgan har bir yo’nalishi bo’yicha umumiy o’rta ta’lim uchun ko’rsatgich va talablar ifodalanadi. Umumiy o’rta ta’lim maktablari uchun belgilangan ko’rsatgich va talablar kelgusida akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida biologiyadan fundamental nazariyalar asosida o’quvchilarga izchil bilimlar berilishini ko’zda tutadi.

Umumiy o’rta ta’lim maktabini tamomlagan o’quvchilarning biologiyadan fundamental nazariyalar asosida o’quvchilarga izchil bilimlar berilishini ko’zda tutadi.

Umumiy o’rta ta’lim maktabini tamomlagan o’quvchilarning biologiyadan muayyan darajada mantiqan tugallangan bilim va malakaga ega bo’lishlari zarurligini hisobga olgan holda biologiyadan sitologiya asoslari va genetika mavzulari bo’yicha tugallangan biologik bilimlarning berilishini ko’zda tutadi. Bunda hujayra organizmining tuzilishi va hayot faoliyati birligi, organizmlarning turkumlarga bo’linishi, taksonomik mezonlarni qo’llashga negizida organik olamning turli-tumanligiga oid bilimlar mujassamlashtiriladi. Hujayra metobolizmi, organizmlarning ko’payishi va rivojlanishining sitologik asoslari, irsiyat va o’zgaruvchanlik, seleksiya haqidagi bilimlar mazmuni to’liq ochib beriladi. Ushbu biologiya ta’limi standartida “O’quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan minimal talablar” dan keyin, IV-bo’lim “O’quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo’yilgan maksimal talab”lar berilgan, O’quvchilarga maksimal ball yoki baho qo’yishda har ikkala ya’ni minimal va maksimal tayyorgarlik darajasiga bo’lgan talablarni o’zida mujassamlashtirgan bo’lishi e’tiborga olingan.

Biologiya ta’limi vazifalari nuqtai nazaridan ta’lim mazmunining murakkabligini minimallashtirish bir butunlikni, sistemalilikni, uzluksizlikni va o’zaro bog’liqlikni saqlagan holda olib boriladi.



Download 2.96 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33




Download 2.96 Mb.