• 1.2.O’zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi.
  • Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi haqida umumiy tushuncha.
  • Pedagogik texnologiyalarning didaktik funksiyalari

    Download 2.96 Mb.
    bet6/33
    Sana29.03.2017
    Hajmi2.96 Mb.
    #2618
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
    Pedagogik texnologiyalarning didaktik funksiyalari

    Pedagogik texnologiyalarning funksiyalari

    Didaktik o’yinli

    Muammoli ta’lim

    Modulli ta’lim

    Hamkor

    likda o’qitish

    Loyiha

    lash

    Ta’lim beruvchi

    1

    5

    1

    3

    7

    Rivojlantiruvchi

    2

    4

    2

    4

    8

    Tarbiyalovchi

    3

    6

    3

    5

    9

    Ijodiy faoliyatga yo’llovchi

    8

    3

    6

    6

    1

    Kommunikativ

    4

    9

    4

    7

    4

    Mantiqiy fikrlashni rivojlantirish

    6

    2

    7

    8

    3

    Aqliy faoliyat usullarini shaklantirish

    7

    1

    8

    9

    2

    O’z faoliyatini tahlil qilish va nazorat qilish

    10

    7

    10

    10

    11

    Kasbga yo’llash

    11

    10

    11

    11

    6

    Mo’ljalni to’g’ri olishga organish

    5

    8

    9

    2

    5

    Hamkorlikni vujudga keltirish

    9

    11

    5

    1

    10

    1.2.O’zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi.

    Kadrlar tayyorlash milliy dasturi “Ta’lim tog’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuning qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bo’lib, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo’ljalni to’g’ri ola bilish mahoratiga ega bo’lgan, istiqlol vazifalarni ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodni shakllantirishga yo’naltirilgandir.

    Dastur kadrlar tayyorlash milliy modulini ro’yobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o’zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik, pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o’z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi.

    Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi haqida umumiy tushuncha.

    Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:

    -shaxs-kadr tayyorlash tizimining bosh subekti va obyekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi;

    -davlat va jamiyat – ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari;

    -uzluksiz ta’lim-malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo’lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko’rsatish muhitini o’z ichiga oladi;

    -fan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi;

    -ishlab chiqarish – kadrlarga bo’lgan ehtiyojni, shuningdek ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo’yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jihatidan ta’minlash jarayonining qatnashchisi.

    Respublikamiz mustaqilligining dastlabki yillarida ta’lim tarbiya sohasini isloh qilish natijasida to’plangan tajribalar, chiqarilgan bir qator xulosalar asosida amaldagi ta’lim – tarbiya tizimini hozirgi taraqiyyot va kelgusidagi talablar darajasiga ko’tarish, uni takomillashtirishga jiddiy e’tibor berish zarurligidan kelib chiqqan holda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta’lim to’g’risida” O’zbekiston Respublikasining Qonuni Respublika Oliy Majlisining IX sessiyasida muhokama qilindi va tasdiqlandi. Shu munosabat bilan barcha o’quv materiallari qatori biologiya ta’limi oldiga ham aniq vazifalar qo’yildi. “Ta’lim to’g’risida”gi qonunga muvofiq:

    1.Umumiy o’rta ta’lim maktablarining biologiya ta’limi konsepsiyasini qayta ishlab chiqish;

    2.Umumiy o’rta ta’lim maktablarining biologiya ta’limi konsepsiyasidan kelib chiqqan holda biologiyadan davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish;

    3.Biologiya ta’limi konsepsiyasi va standartiga muvofiq biologiya dasturi va boshqa o’quv uslubiy majmualarni ishlab chiqish taqozo qilinadi.

    Umumiy o’rta ta’lim maktablarida biologiya ta’limining asosiy vazifalari:

    -o’quvchilarni asosiy biologik tushunchalar, yetakchi g’oyalar, ilmiy dalillar, qonunlar, ilmiy bilish usullari, organik olamning manzarasini shakllantirishga oid bilimlar bilan tanishtirish;

    -tirik tabiat va uning taraqqiyoti jarayonida vujudga keladigan moslanishlarning mexanizmlari haqida ma’lumot berish;

    -o’quvchilarni organizmlarning hayoti, ularning individual va tarixiy rivojlanishining asosiy qonunlari, molekula, hujayra, organizm, populyatsiya;

    -tur darajadagi biologik hodisa va jarayonlar haqidagi bilimlar bilan qurollantirish, ularning biologiyani o’rganishga bo’lgan qiziqish va ijodiy qobiliyatlarini o’stirish hamda kelgusidagi uzluksiz ta’lim tizimini davom ettirishlari uchun zamin tayyorlash;

    -o’quvchilarni o’zlarining va o’zgalarning salomatligini saqlashga, sog’lom turmush tarzini tarkib toptirishga yo’naltirish;

    -biologiya ta’limi mazmuni hozirgi ijtimoiy hayot va fan – texnika taraqqiyoti bilan mustahkam bog’lanishni ta’minlash asosida o’quvchilarni ongli ravishda kasb tanlashga yo’naltirish;

    -tabiatga, uning barcha boyliklariga oqilona munosabatda bo’lish fazilatlarini yosh avlod ongiga singdirish;

    -biologiya ta’limi mazmunini o’lkaga oid materiallar bilan boyitish, biologiya bilimlar zaminida mahalliy o’simlik va hayvon turlari, seleksiya yutuqlari, qadimda yashab ijod etgan buyuk allomalarimiz va hozirgi olimlarimizning biologiyaga oid ishlari bilan tanishtirish orqali o’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iborat.

    Yuqorida keltirilgan vazifalarni nazorat qilish Davlat ta’lim standartlari orqali amalga oshiriladi. Umumiy ta’lim maktablarining biologiya ta’limi standarti biologiya o’quv fanidan o’quvchilarga beriladigan bilimlar miqdori, ular egallaydigan malaka ko’nikmalari hajmini ko’rsatuvchi me’yor bo’lib, u umumiy ta’lim maktablarida biologiya ta’limi mazmunining negizini belgilovchi ko’rsatgichlar hamda o’quvchilarning biologiyadan tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar majmuasidan iborat bo’lgan rasmiy hujjat bo’lib hisoblanadi.

    “Ta’lim mazmuni negizini belgilovchi ko’rsatgichlar” umumiy o’rta ta’lim maktablarda biologiyadan beriladigan bilimlarning minimal darajasini, ya’ni ta’lim mazmuni negizini ifodalaydi. Keltirilgan ko’rsatgichlar umumiy o’rta ta’lim maktablari uchun biologiya predmeti dasturi va darslikni yaratishda hamda ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil etishda mo’ljal vazifasini bajaradi.

    Biologiya ta’limi standartidagi “o’quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan minimal talablar” o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishi shart bo’lgan ko’rsatkichlarni ifodalaydi. Bunda o’quvchilarning bilishi, anglashi, amaliy ishlarni bajara oladigan ko’nikma va malakalarga ega bo’lishlarini ta’minlash va uning sifatini aniqlashga imkon beradi. Belgilangan ko’rsatgich va talablar biologiya ta’limining asosiy sifatlarini baholashda o’lchov bo’lib hisoblanadi.

    Umumiy o’rta ta’lim maktablari uchun biologiya ta’limi standartlarida keltirilgan ko’rsatgich va talablar maktab biologiya ta’limi mazmunini to’liq qamrab oladi va o’zaro bog’lanuvchi uch yo’nalishga bo’linadi:

    Download 2.96 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33

    Download 2.96 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa

    Pedagogik texnologiyalarning didaktik funksiyalari

    Download 2.96 Mb.