|
Irsiyatning sitologik va molekulyar asoslari
|
bet | 1/5 | Sana | 16.11.2023 | Hajmi | 333,93 Kb. | | #99589 |
Bog'liq Biologiya 7-Ma\'ruza matni
IRSIYATNING SITOLOGIK VA MOLEKULYAR ASOSLARI.
Irsiyatning sitologik asoslari
Irsiyat va o'zgaruvchanlikning moddiy negizini organizmning hujayrasidan qidirish kerak, chunki hamma organizmlar hujayralardan tuzilgan. Organizmda kechadigan eng muhim hayotiy jarayonlar: o'sish va ko'payish, nafas olish, turli moddalarni o‘zlashtirish va ajratib chiqarish hujayra orqali amalga oshadi. Shuning uchun hujayra hayotning «boshlang‘ich tashkiloti» deb yuritiladi.
Organizmlar bir hujayrali va ko‘p hujayrali bo’ladi. Bir hujayrali organizmlarga eng sodda (oddiy tuzilgan) jonivorlar (amyoba, infuzoriya, evglena), ba'zi bakteriyalar (kokk, spirilla, tayoqcha va boshqalar) kiradi. Ko‘p hujayrali organizmlarga bir necha (yuzlab, minglab, hatto millionlab) hujayralardan tuzilgan o'simliklar, hasharotlar, hayvonlar va odamlar kiradi. Ular yoshiga va katta-kichikligiga qarab bir necha million - milliardgacha hujayralardan tuzilgan. Hujayraning tuzilishi, ko'payishi, rivojlanishi, funksiyasi (vazifasi) va undagi moddalar almashinuvini o‘rganadigan fan sitologiya deb ataladi. Bu fanning paydo bo’lishi va rivojlanishi mikroskopning kashf qilinishi hamda mikroskopik tadqiqotlarning taraqqiyoti bilan chambarchas bog’liqdir.
XVIII asrning ikkinchi yarmida ingliz olimi R.Guk mikroskopni kashf
etdi va o‘simliklarning to‘qimalari kichkina katakchalardan-hujayralardan iborat ekanligini aniqladi.
XIX asrning birinchi yarmida botanik V.Shleyden va zoolog V.Shvann o‘simliklar bilan hayvonlar hujayrasi tarkibiy tuzilishining umumiyligini isbotlab, hujayra to‘g‘risidagi ta'limotning asoschilari bo’ldilar. Sitologiya fani o‘z taraqqiyotining boshlang‘ich davrlaridayoq hujayraning hosil bo’lish qoidalarini, organizmlarning barcha qismi va organlari hujayraviy tuzilish jihatdan o‘xshashligini va o'simliklar bilan hayvonlarning o‘sish hamda rivojlanishi hujayraning bo'linib ko'payishi orqali amalga oshishini asoslab berdi.
XX asrga kelib mikroskop ancha takomillashtirildi va sitologik tadqi -
qotlarni kengaytirish uchun katta imkoniyatlar yaratildi. Hujayraning ichki tuzilishi va bo'linishi (ko'payishi) chuqur o'rganildi. Elektron mikroskopning kashf qilinishi hujayra tuzilishini o'rganishda yangi davr bo'ldi, chunki u hujayralarni bir necha yuz ming marta kattalashtirib ko'rsatadi. Sitologiyaning rivojlanishi bu fan negizida kariosistematika, sitoekologiya, sitoembriologiya, sitogenetika kabi ko'pgina yosh fanlar vujudga kelishini ta'minladi.
|
| |