Hujayra haqidagi asosiy tushunchalar




Download 333,93 Kb.
bet2/5
Sana16.11.2023
Hajmi333,93 Kb.
#99589
1   2   3   4   5
Bog'liq
Biologiya 7-Ma\'ruza matni

Hujayra haqidagi asosiy tushunchalar
O‘simliklar va hayvonlarning hujayralari bir qarashda o'xshash bo'lsa ham, ular shakllarining har xilligi bilan keskin farq qiladi. Hujayraning shakli uning vazifasi va organizmda joylashishiga bog'liq. Faqatgina erkin hujayralar odatda shar yoki yumaloq shaklda bo'ladi (masalan, tuxum hujayrasi). O'simliklarning turli qismlari va to'qimalarining hujayralari eni hamda uzunligi jihatidan turlichadir.
Hujayralarning ko'pchiligi faqat mikroskopda ko'rinadigan darajada mayda, lekin oddiy ko'z bilan ko'rish mumkin bo'lgan hujayralar ham bor. Qushlar, toshbaqa, baliq va quruqlikda yashovchi hayvonlarning tuxumi eng
yirik hujayralarga misol bo'la oladi. Masalan, tuyaqush tuxumining uzunligi 170 mm va eni 135 mm. Odam orqa miyasi nerv hujayrasining uzunligi 120- 150 sm gacha bo'ladi. Yopiq urug'li o'simliklar hujayrasining o'lchami 100 dan 1000 mikrongacha. O'simliklardagi eng uzun hujayralar tolalardir. Masalan, g'o'za tolasi 65 mm gacha, zig 'ir va nasha tolasi 20-40 mm gacha bo'ladi.
Organizmlarning hujayralari turli-tumanligiga qaramasdan asosan ikki qismdan - sitoplazma va yadrodan iborat. Sitoplazma va yadro bir-biri bilan chambarchas bog'langan tirik sistemadir. Hujayra tuzilishining elektron mikroskopda ko'rinishi -rasmda keltirilgan.

-rasm. Hujayra tuzilishining elektron mikroskopda ko’rinishi.

Hujayra pishiq yupqa qobiqqa o'ralgan bo'lib, bu parda tashqi membranadeb ataladi, uning qalinligi 100 angstremgacha (angstrem mikronning o'n mingdan bir qismi). Tashqi membrana faqat hujayraning ichki moddalarini tashqi muhitdan ajratib qolmay, balki bir qancha muhim biologik funksiyalarni ham bajaradi. U hujayra bilan tashqi muhit o'rtasidagi moddalar almashinuvini boshqaradi (suv molekulalari va ko'pgina ionlarni bemalol o'tkazadi, lekin yirik zarrachalar, oqsil va boshqa moddalarning molekulalarini o'tkazmaydi), hujayraning qo'shilishida muhim rol o'ynaydi.


Sitoplazma - hujayra ichidagi barcha bo'shliqlarni to'ldirib turadigan yarim suyuq, yarim quyuq murakkab kolloid sistema bo'lib, bir jinsli yoki mayda donador ko'rinishga ega. Hujayraning barcha organoidlari, ximiyaviy moddalari va birikmalari sitoplazmada joylashgandir. O'simlik hujayrasining sitoplazniasida endoplazmatik to'r, ribosomalar, mitoxondriyalar, Goldji apparati, sentrosoma va plastidalar joylashgan. Hayvon hujayrasining sitoplazmasida plastidalar yo'q , lekin lizosoma mavjud.

Download 333,93 Kb.
1   2   3   4   5




Download 333,93 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Hujayra haqidagi asosiy tushunchalar

Download 333,93 Kb.