• Ribosomalar
  • Mitoxondriyalar
  • Goldji apparati yoki kompleksi
  • Yadro po‘sti
  • Xromatin iplar
  • Irsiyatning sitologik va molekulyar asoslari




    Download 333,93 Kb.
    bet3/5
    Sana16.11.2023
    Hajmi333,93 Kb.
    #99589
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Biologiya 7-Ma\'ruza matni

    Endoplazmatik to‘r - juda ko'p kanallardan iborat bo'lib, sirti silliq va
    g'adir-budur bo’ladi. Silliq qismida yog‘, uglevodlar, g'adir-budur qismida esa oqsil sintezlanadi. Endoplazmatik to 'r hujayrada sintezlangan (hosil qilingan) oziq moddalarni boshqa joylarga o'tkazish, tashish, ortiqchalarini zahira holda saqlash, tashqi ta'sirni hujayra ichkarisiga o‘tkazish kabi vazifalarni bajaradi, u irsiy axborotni saqlashda ham ma'lum o‘rinni egallaydi.
    Ribosomalar - eng mayda organoidlar bo'lib, ularning tarkibi asosan RNKdan iborat. Ribosomalar oqsil sintezining o‘ziga xos fabrikasidir, ular irsiyatda ham muhim rolni bajaradi.
    Lizosomalar - asosan hayvon hujayrasida bo'ladigan, lipoproteid po‘sti bilan o‘ralgan mayda donachalardir. Ularning tarkibida organik moddalarni parchalovchi fermentlar bo‘lib, hujayradagi oqsil, yog‘, murakkab qandlarni
    parchalashda ishtirok etadi.
    Mitoxondriyalar - hujayraning energiya manbaidir. Har bir hujayrada bir necha yuztadan 3000 tagacha mitoxondriyalar mavjud, ular ichki va tashqi membrana bilan o‘ralgan. Mitoxondriyalarda adenozintrifosfat (ATF) kislotasi sintezlanadi. Hujayraning o‘sishi, ko'payishi, umuman hayot kechirishi uchun zarur energiyani hosil qiluvchi ximiyaviy reaksiyalar mitoxondriyalarda kechadi.
    Goldji apparati yoki kompleksi (Italiya olimi K.Goldji topgan) ikki qavat membranaga o'ralgan bo'shliqlardan, vakuolalardan va mayda pufakchalardan iborat. Ba'zan tayoqcha, donacha shaklda bo'lib, u hujayrada hosil bo'lgan turli moddalarni, birinchi navbatda garmon va fermentlarni to'playdi, ortiqcha suv hamda zararli moddalarni tashqariga chiqarib yuboradi.
    Plastidalar - o'simlik hujayrasiga xos organoidlar bo'lib, uch xil: xloroplastlar (yashil), xromoplastlar (sariq, qizil-jigar va boshqa rangli) hamda leykoplastlar (rangsiz) dan iborat. Ularning ichida eng ahamiyatlisi xloroplastlardir, chunki yashil o'simliklar xlorofill vositasida quyosh energiyasidan foydalanib, fotosintez jarayonini amalga oshiradi. Xromoplastlarning tarkibi karotinoidlar (sariq, qizg'ish, qizil, jigarrang va boshqa tus beruvchi pigmentlar)dan iborat bo'lib, ular o'simlikning gulida, meva va ba'zi o'sish qismlarida ko'p uchraydi. Leykoplastlar - kraxmal sintezini boshqaradigan rangsiz plastidalar - o'simlikning urug'i, ildizmevasi va embrion to'qimasi hujayralarida juda ko'p bo'ladi. Plastidalar - sitoplazmatik irsiyatda muhim ahamiyatga ega.
    Hujayraning ikkinchi muhim qismi yadrodir, u irsiy axborotni saqlash, nasldan-naslga o'tkazish va yuzaga chiqarishda, hujayrada oqsil sintezini amalga oshirishda muhim rol o'ynaydi. Yadro odatda yumaloq, tuxumsimon, oval shaklda bo'lib, uning diametri 10-30 mikrongacha. Odatda hujayralarda yadro bitta, ba'zan 2-3 ta va undan ham ko'p bo'ladi. Hujayra yadrosi yadro po'sti (karioteka), yadro shirasi (karioplazma), yadrocha va xromatin iplaridan (xromosomalardan) iborat. Yadro po‘sti - yadroni sitoplazmadan ajratib turadi, u ikki qavatli (tashqi va ichki) bo’lib, ko‘p teshiklidir. Bu teshiklar sitoplazma bilan yadro o‘rtasida moddalar almashinuvi uchun kerak. Yadro shirasi - sitoplazma moddasiga nisbatan juda quyuq va yopishqoq bo’lib, asosan oqsillardan, nuklein kislotalardan, lipidlar, fermentlar va mineral tuzlardan iborat. Yadrochalar - yadro shirasidagi yumaloq donachalardir, ularning soni 3 tagacha va undan ortiq (suv o ‘tlarda 100 gacha). Yadrochalar qobiqsiz, ularning tarkibi asosan oqsil va qisman RNK dan iborat. Yadrocha hujayrada ribosom RNK sintezlanishida asosiy rolni o ‘ynaydi. Xromatin iplar - hujayra bo‘linishida xromosomalarga aylanadigan organoidlar, ular pishiq, cho'ziq ipsimon tuzilgan bo‘lib, organizmning barcha irsiy belgilarini nasldan - naslga o‘tkazadi.



    Download 333,93 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 333,93 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Irsiyatning sitologik va molekulyar asoslari

    Download 333,93 Kb.