|
Xromosoma morfologiyasi. Xromosoma - irsiyatning moddiy negizi ekanligi
|
bet | 4/5 | Sana | 16.11.2023 | Hajmi | 333,93 Kb. | | #99589 |
Bog'liq Biologiya 7-Ma\'ruza matniXromosoma morfologiyasi. Xromosoma - irsiyatning moddiy negizi ekanligi.
Xromosomalar - irsiyatning moddiy negizi ekanligi Har bir o ‘simlik va hayvon turining xromosomalari o ‘ziga xos morfologik xususiyatga ega. Xromosomalaming morfologiyasi va miqdorini hujayra bo’linishining metafaza va anafaza bosqichlarida ko‘rish mumkin. Har bir xromosomaning o ‘rtasida uni ikkiga bo‘lib turuvchi sentromera mavjud. Sentromeraning joylashishiga qarab xromosomalar quyidagi koMinishlarda bo'ladi.
1. Metatsentrik (teng elkali) xromosoma.
2. Submetatsentrik (biroz teng bo'lm agan elkali) xromosoma.
3. Akrotsentrik (o 'ta teng bo'lmagan elkali) xromosoma.
4. Telotsentrik (yo'ldoshli) xromosoma.
Har bir xromosoma ikkita xromatiddan tashkil topgan. Har bir xromatid esa xromonema ipchalaridan, y a'ni ju d a nozik xromofibrill tolalaridan (DNK va oqsil molekulasidan) iborat. Shunday qilib xromosoma oqsil molekulasi va DNK dan tuzilgan. Xromosomalaming soni doimiy bo'lib, u organizm turining sistematik belgisidir. Organizm tana (somatik) hujayralaridagi xromosomalaming soni, shakli va o'lchami kariotip deb ataladi. 0‘simlik ayrim turlarida xromosomalar son jihatdan bir xil bo’lsa ham, lekin ularning shakli va o ‘lchami har xildir. Kariotip asosida tuzilgan o ‘simliklar sistematikasi kariosistematika deyiladi.
Organizmning hujayralari ikki xil bo’ladi: tana (somatik) va jinsiy hujayralar. Somatik hujayralardagi xromosomalar soni 2n yoki 2x bilan ifodalanib, ikki karrali (diploid)dir. Jinsiy hujayralardagi xromosomalar soni n yoki xbilan belgilanib, bir karrali (gaploid)dir. Shunday qilib, jinsiy hujayralaming xromosomalar soni somatik hujayralamikidan 2 marta kam. Erkak va urg‘ochi gametalar (etilgan jinsiy hujayralar) qo‘shilishi (urugManishi) natijasida somatik (tana) hujayra paydo bo‘ladi. Urug‘lanish natijasida hosil boMgan bir-biriga o‘xshash juft xromosomalar gomologik xromosomalardeb ataladi. Quyida ba'zi o ‘simlik va hayvon turlarining xromosomalar soni keltirilgan.
Organizmlarning o‘sishi, rivojlanishi va ko‘payishi hujayralar sonining ko‘payishi orqali amalg oshadi. Hujayraning ko‘payishi uning bo‘linishi natijasida ro‘y beradi.
|
| |