68
Kristallanuvchi uglevodorodlar karkaslarining hosil bo‘lishi
natijasida neft mahsulotlarining harakatlanuvchanlik xususiyatini
yo‘qotishi
qotish deyiladi.
Qotish holati vujudga kelmagan taqdirda ham, yonilg‘i tarkibida-
gi mavjud mayda kristallarning yonilg‘i filtrlariga o‘tirib qolishi
natijasida dvigatelga yonilg‘i yetkazib berilishi to‘xtab qoladi. Shu
sababli dizel yonilg‘ilari bo‘yicha standartlarda yonilg‘i tarkibidagi
uglevodorodlarning kristallana boshlanishini (xiralashish harorati)
va yonilg‘i harakatlanuvchanligining yo‘qolishini (qotish harorati)
tavsiflovchi ko‘rsatkichlar kiritilgan.