• Yonilg‘ining o‘z-o‘zidan alangalanishi
  • K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet32/156
    Sana16.11.2023
    Hajmi6,9 Mb.
    #99491
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   156
    Bog'liq
    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda is

    yonilg‘ilari qovushoqli-
    gi v ning harorati t ga 
    bog‘liqligi:
    – yozgi yonilg‘i; – 
    qishki yonilg‘i. 
    63
    Rasmdan ko‘rinib turibdiki, sifat pasportida ko‘rsatilgan 
    20°C dagi qovushoqlik qancha yuqori bo‘lsa, harorat pasayganida 
    qovushoqlik ko‘p o‘zgaradi. Yonilg‘i past haroratlarda quyuqla-
    shadi, natijada u og‘ir harakatlanadigan bo‘lib qoladi. Yonilg‘i 
    yuqori bosim ostida ishlaydigan quvurlardan harakatlangani da
    unin g qarshiligi keskin ortishi oqibatida yonilg‘i berish apparatla ri-
    ning ish me’yori buziladi. 
    Yonish kamerasida yonuvchi aralashma hosil bo‘lish jarayoniga, 
    yonilg‘i qovushoqligidan tashqari, yonilg‘i zichligi va sirt taranglik 
    kuchi ham ta’sir etadi. 
    3. 3. Yonilg‘ining o‘z-o‘zidan alangalanishi
    Yonilg‘ining o‘z-o‘zidan alangalanishi deganda, yonilg‘i ara-
    lashmasining olov yoki qizigan jism ta’sirisiz alanga oldiradi-
    gan kimyoviy reaksiyaning o‘z-o‘zidan jadallashishi tushuniladi. 
    Yonilg‘ining o‘z-o‘zidan alangalanish tizimida reaksiya aktiv 
    oraliq mahsulotlarining to‘planishi yoki yuqori harorat ta’siri nati-
    jasida sodir bo‘lishi mumkin. 
    Siqilgan issiq havoga purkalgan suyuq yonilg‘ining o‘z-o‘zidan 
    alangalanishi dizellardagi yonish jarayonining dastlabki bosqichi 
    uchun xos hodisadir. 
    O‘z-o‘zidan alangalanish issiqlik ajralish va chala oksidlanish-
    ning oraliq mahsullari (aldegidlar, spirtlar va hokazo) hosil bo‘lishi 
    bilan kechuvchi alanga oldidagi zanjirli reaksiyalar rivojlanishi-
    ning yakuniy natijasidir. 
    Yonilg‘ining o‘z-o‘zidan alangalanishi dizel dvigatelining bir 
    qator ko‘rsatkichlariga, birinchi navbatda, dvigatelni oson yurgazib 
    yuborish (bunda dvigatel yumshoq va barqaror ishlaydi) va dvi-
    gatellarning qattiq (taqillab) ishlashiga, sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. 
    Alangalanishning kechikish davri ortganida, dizel dvigateli ta-
    qillab ishlaydi. Bunga yonilg‘ining kimyoviy tarkibi sabab bo‘ladi. 


    64
    Dvigatelning taqillab ishlashi tirsakli val burchakka burilgani-
    da ko‘tariladigan bosimga qarab aniqlanadi. Odatda, tirsakli val 
    burilganida bosim 0,25–0,50 MPa gacha ortsa dvigatel yumshoq 
    ishlayotgan, bosim 0,6–0,9 MPa ortganida taqillab ishlayotgan, 
    0,9 MPa dan ortiq ko‘tarilganida esa juda taqillab ishlayotgan hi-
    soblanadi. 
    Dvigatel qattiq ishlaganida, uning detallari, ayniqsa, podship-
    nik vkladishlari tez yeyiladi, porshen halqalari deformatsiyalanadi
    karterga gaz kirishi ko‘payadi, yonilg‘i sarfi ortadi. Tashqi belgilari 
    va oqibatlariga ko‘ra, dizellarning qattiq ishlashi benzinli dvigatel-
    lardagi detonatsiyani eslatadi, lekin ularning paydo bo‘lish sabab-
    lari butunlay qarama-qarshidir. Bu sabablar yonilg‘ining kimyoviy 
    tarkibiga, ya’ni uglevodorodlar oksidlanish jarayonining kechish 
    tavsifiga bog‘liq. Agar dizel yonilg‘isida oson alangalanadigan ug-
    levodorodlar ko‘p bo‘lsa, u tezda alangalanadi va dvigatel yum-
    shoq ishlaydi. Benzinda esa xuddi shunday uglevodorodlar kar-
    buratorli dvigatelda detonatsiya hosil qiladi. Dizel yonilg‘isining 
    o‘z-o‘zidan alangalanishiga hamda dvigatelning qattiq ishlashiga 
    moyilligi setan soniga qarab aniqlanadi. 

    Download 6,9 Mb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   156




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar

    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish