• Yonilg‘ining qotish harorati
  • Yonilg‘ining qotish
  • K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet35/156
    Sana16.11.2023
    Hajmi6,9 Mb.
    #99491
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   156
    Bog'liq
    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda is

    Xiralashish harorati bu, tarkibida suv bo‘lmagan tiniq di-
    zel yonilg‘isini sovitish jarayonida yonilg‘ining loyqalanishining 
    (xiralashishi) dastlabki belgilari kuzatiladigan haroratdir. Bunda 
    yonilg‘ining faza bo‘yicha bir jinsliligi yo‘qoladi. Yonilg‘ini xira-
    lashishiga, yuqorida aytib o‘tilganidek, past haroratlarda yonilg‘i 
    tarkibidagi yuqori haroratlarda eriydigan uglevodorodlar kristalla-
    rining paydo bo‘lishi sabab bo‘ladi. Yozgi dizel yonilg‘ilari uchun 
    xiralashish harorati minus 5°C dan, qishki yonilg‘ilar uchun mi-
    nus 25°C–minus 30°C dan yuqori bo‘lmasligi kerak. Agar yonilg‘i 
    tarkibida suv bo‘lsa, u 0°C dan minus 1°C gacha haroratdayoq xi-
    ralasha boshlaydi. 
    Yonilg‘ining qotish haroratini aniqlashda 450 burchak ostida qi-
    yalatib o‘rnatish mumkin bo‘lgan standart asbobdan foydalaniladi 
    (3. 2- rasm). Yonilg‘ining qotish harorati deganda, 45° qiyalikda 
    o‘rnatilgan probirkadagi 2 yonilg‘i 1 min davomida oqib chiqib 
    ketishi barham topadigan harorat tushuniladi, ya’ni bu haroratda 
    1 min vaqt o‘tganidan so‘ng yonilg‘i asbobdan (probirkadan) oqib 
    tushmaydi. 
    Dizel yonilg‘isini xiralashish va qotish haroratlari bo‘yicha eks­
    pluatatsion baholash yonilg‘i bakidan dvigatelga uzluksiz uzati-
    lishini ta’minlovchi eng past harorat chegarasini belgilashdan ibo-
    rat. Bu harorat har bir yonilg‘ining xiralashish haroratini ifodalaydi. 
    Ammo bu haroratni aniqlashda va tashqi havo haroratini o‘lchashda 
    xatolikka yo‘l qo‘yilishi ehtimoli borligini inobatga olib, ixtiyoriy 
    69
    dizel yonilg‘isini ishlatish mumkin 
    bo‘lgan eng past harorat sifatida
    shu yonilg‘ining xiralashish haro-
    ratidan 3–5°C yuqori bo‘lgan haro-
    rat qabul qilinadi. 
    Standart uslub asosida aniqlan-
    gan yonilg‘ining xiralashish haro-
    rati, ba’zi bir dizel yonilg‘ilari 
    uchun parafinlar kristallana bosh-
    lanadigan haqiqiy haroratdan past 
    bo‘lishi mumkin. Bunday nomu-
    tanosiblik kelib chiqishi aniqlash 
    uslubining yetarli darajada taraqqiy 
    etmaganligi bilan tushuntiriladi. 
    Yonilg‘ining xiralashish harora-
    tini aniqlash uchun dizel yonilg‘isi 
    rangsiz shishadan tayyorlangan 
    probirka yoki silindrga solinib, 
    sovitiladi, ma’lum bir haroratda u 
    xiralasha boshlaydi. Juda mayda 
    suv tomchilari, mikroskopik muz 
    kristallari, eng muhimi, qattiq para-
    fin uglevodorodlar ajralib chiqi-
    shi natijasida yonilg‘ining tashqi 
    ko‘rinishi o‘zgaradi, ya’ni loyqala-
    nib xiralashadi. 
    Yonilg‘ining xiralashish harora-
    tini aniqlashda yo‘l qo‘yilishi 
    mum kin bo‘lgan xatoliklar, shu-
    ningdek, kam parafinli (past 
    haroratlarda qotadigan) dizel 
    yonilg‘ilari namunalaridagi kristall 
    fazalar paydo bo‘lishining boshla-
    nishini aniqlashdagi qiyinchiliklar-
    3. 2- rasm. Yonilg‘ining qotish 

    Download 6,9 Mb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   156




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar

    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish