• Quvurlarni montaj qilish 2 bosqichdan iborat: 1 - bosqichda
  • Lecture 8 mavzu: quvurlarni o`rnatish, sinovdan o’tkazish va ta’mirlash




    Download 139,14 Kb.
    bet1/10
    Sana18.12.2023
    Hajmi139,14 Kb.
    #122784
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Lecture 8


    Lecture 8
    MAVZU: QUVURLARNI O`RNATISH, SINOVDAN O’TKAZISH VA TA’MIRLASH


    8.1. Texnologik va umumiy ahamiyatga ega bo’lgan quvurlarni o’rnatish

    Oziq-ovqat sanoatida ishlatiladigan quvurlar texnologik va notexnologik turlarga bo`linadi. Texnologik quvurlarga texnologik jarayonlarni amalga oshirish uchun kerak bo`lgan xom-ashyo, yarim va yakuniy mahsulotlarni ishlab chiqarish korxonasi hududi bo`yicha transportlash uchun ishlatiladigan quvurlar kiradi. Tashilishi kerak bo`lgan mahsulotning xususiyati, bosimi va haroratiga qarab texnologik quvurlar uchun legirlangan po`latdan, misdan, alyuminiydan, polietilendan, viniplastdan va shishadan tayyorlangan trubalar ishlatiladi. Bu trubalar armaturasi ham zanglamaydigan materialdan bo`lishi lozim.


    Notexnologik quvurlarga bosimi 1 MPa gacha bo`lgan suv ta`minlovchi, yong`inga qarshi suv ta`minlovchi, xonani isitish va kanalizatsiya uchun ishlatiladigan quvurlar kiradi.
    Bundan tashqari, texnologik jarayon uchun kerak bo`lgan issiq suv, suv bug`i, qisilgan havo, ammiak, namakob va boshqalarni tashish uchun quvurlar ishlatiladi. Ular umumiy ahamiyatga ega bo`lgan quvurlar deb ataladi va uglerodli po`latdan tayyorlanadi.
    Texnologik quvurlar asosiy magistral va bog`lovchi quvurlarga ajratiladi. Asosiy magistral quvurlar orqali ishlab chiqarish sexlari va uchastkalariga mahsulot tashib beriladi. Asosiy magistral uvurlar diametri 50 mm dan kam bo`lmasligi kerak. Bog`lovchi quvurlar esa asosiy quvurlarni jihoz bilan bog`lashga xizmat qiladi.
    Quvurlarni montaj qilish 2 bosqichdan iborat:
    1 - bosqichda quvur o`tadigan trassa (yo`l) belgilanadi va quvurlarni ko`tarib turadigan tayanchlar o`rnatiladi. Quvurlar uchun ishlatiladigan asosiy tayanch turlari 8.1 - rasmda ko`rsatilgan.
    2- bosqichda trubalar yig`ilib, bir-biri bilan bog`lanib yaxlit quvur tayyorlanadi va tayanchlarga o’rnatiladi.
    Mahsulot tashiladigan quvurlar to`g`ri yo`l uchastkasi uzunligi va tashiladigan mahsulot qovushqoqligiga qarab to`g`ri yo`l uchastkasi uzunligining 1…5 % gacha qiyalik bilan o`rnatiladi, bunda mahsulot qancha quyuqroq bo`lsa, qiyalik shuncha katta bo`ladi.

    Qiyalik i = h / AC (8.1)


    bu yerda h - tushish balandligi, m; AC - to`g`ri yo`l uchastkasi uzunligi, m (8.1- rasm, e).




    Download 139,14 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 139,14 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Lecture 8 mavzu: quvurlarni o`rnatish, sinovdan o’tkazish va ta’mirlash

    Download 139,14 Kb.