8.1 - rasm. Quvurlarni o`rnatish tayanchlari
a - shiftga osiladigan osma tayanch; b - xona polida o`rnatiladigan balandligi bo`yicha rostlanadigan tayanch; c - konsol; d - kronshteyn; e - quvur trassasini belgilash sxemasi.
Magistral quvur yo`llarini belgilash uchun geodezik asbob, ruletka, gidrostatik obtarozi va shoqul ishlatiladi.
Boshlang`ich nuqta A dan oxirgi nuqta C gacha gorizontal tor tortiladi. Faraz qilamiz qiyalik i=5 % yoki 0,05 ga va AC=12 m ga teng, unda tushish balandligi h=12·0,05= 0,6 m ni aniqlab, torni shu qiymatda pastga tushiriladi va D nuqtasida mahkamlab trassa yo`li belgilanadi. Tayanchlar orasidagi masofani hisoblab, tayanchlar turadigan nuqtalar joyi A, B, B', B'' va h.k. belgilanadi.
Ikki quvur tayanchlari orasidagi masofa L (sm da) quyidagi formula bilan hisoblanadi:
(8.2)
bu yerda [σи ] – truba materiali uchun egilishga ruxsat etilgan kuchlanish, MPa, (zanglamaydigan po`lat uchun [σи ] = 139 – 146 МPа); W - truba qarshilik momenti, sm3; q - 1 m uzunlikdagi trubaning izolyatsiyasi bilan og`irligi, N.
Truba qarshilik momenti quyidagicha aniqlanadi:
W= [ 0,1 (D4 – d4)] / D, (8.3)
bu yerda D va d - trubaning tashqi va ichki diametri, sm.
Tayanch joylari aniqlangach, tayanchlar o`rnatiladi. Tayanch konstruktsiyalar o`rnatish aniqligining loyihada ko`rsatilgan qiymatlardan og`ishi sex ichidagi quvurlar uchun (yuqoridan qaraganda) ± 5 mm, sexlar orasidagi quvurlar uchun ± 10 mm, balandlik belgilari bo`yicha minus 10 mm, qiyalik bo`yicha +0,001 mm dan oshmasligi kerak. Quvur tayanch qismlarini bino devor va kolonnalariga mahkamlash uchun ПЦ-52 porshenli qurilish-montaj pistoleti ishlatiladi.
Qo`zg`almas tayanchlar tayanch konstruktsiyalarga payvandlanadi va xomutlar yordamida trubaga bog`lanadi. Legirlanlangan po`latli truba va uglerodli po`latli tayanch yoki xomut orasida tegib turgan joyini elektrkimyoviy korroziyadan himoyalash uchun yupqa alyuminiy tiqin qo`yiladi.
Kronshteynni devor teshiklariga o`rnatishda uning uchlarini 150 markali beton quyib mahkamlanadi. Bunday tayanchlarda faqat beton quyilganidan 7 kun o`tgandan keyin truba o`rnatilishi mumkin.
|