• Merkaptanlar
  • Yonilg‘i nasosi plunjerlar juftining korrozion yemirilishi
  • K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet37/156
    Sana16.11.2023
    Hajmi6,9 Mb.
    #99491
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   156
    Bog'liq
    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda is

    Yod soni deb, 100 ml yonilg‘i bilan reaksiyaga kirishuvchi 
    grammda o‘lchanadigan suv miqdoriga aytiladi (yod to‘yinmagan 
    uglevodorodlar bilan shiddatli reaksiyaga kirishadi). Yod soni shun-
    day sharoitda aniqlanadiki, bunda yod faqat olefinlar yordamida 
    seziladi (regiratsiyalanadi). Ularning miqdori yonilg‘ida qanchalik 
    ko‘p bo‘lsa, yod soni ham shunchalik katta bo‘ladi. Bundan yod 
    soni olefinlar miqdorini aks ettiradi va neft mahsulotining kimyoviy 
    turg‘unligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. 100 g 
    dizel yonilg‘isi tarkibidagi tarkibidagi yod miqdori 6 g dan ortmas-
    ligi lozim. 
    Merkaptanlar korrozion-aktiv moddalar jumlasiga kiradi. 
    Ularning yonilg‘idagi miqdorining ortib ketishi plunjerlar juftini va 
    forsunka detallarining korrozion yemirilishining sezilarli (2 baro-
    bar va undan ortiq) ortib ketishiga olib keladi (3. 3- rasm). Bundan 
    tashqari, merkaptanlar kimyoviy o‘zgarishlarni, jumladan, smola 
    hosil bo‘lishi bilan amalga oshadigan oksidlanish reaksiyalarini 
    keltirib chiqarish xususiyatiga ega bo‘lganligi uchun ham zararli 
    merkaptanlar forsunka zonasiga tushganida, bu yerda olefinlardan 
    hosil bo‘lgan smolalar bilan birgalikda zulfinli ignalarda lok plyon­
    kasini hosil qiladi. Bu plyonkalar ignalarning osilib qolishiga sa-
    babchi bo‘ladi. 
    Merkaptanlarda korrozion aktivlikning yuqoriligi va kimyoviy 
    turg‘unlikning pastligini e’tiborga olgan holda, ularning yonilg‘ida-
    gi miqdorini juda jiddiy tekshirish lozim. Mis plastinkada o‘tka-
    zilgan sinashlarning sifat tahlillari ularning merkaptanlarga nis-
    batan sezgirligi yetarli emasligini ko‘rsatadi. Shuning uchun dizel 
    yonilg‘ilari va benzinlarda qo‘shimcha ravishda, maxsus uslubiyot 
    asosida, merkaptanli oltingugurt miqdorini aniqlash zarurati paydo 


    74
    bo‘ladi. Merkaptanli oltingugurt miqdori yonilg‘idagi mavjud mer-
    kaptanli oltingugurtning foizdagi ulushini ifodalaydi. Merkaptanli 
    oltingugurt miqdori benzinlarda va dizel yonilg‘ilarida 0,01 foizdan 
    ortmasligi lozim. 
    3. 3- rasm. Yonilg‘i nasosi plunjerlar juftining korrozion yemirilishi-

    Download 6,9 Mb.
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   156




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar

    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish