Po’latlarning
kesish
texnologiyasin
ing mohiyati.
Tayyorladi: Muhammedov Islomxon
REJA
Po’latlarni kislorod yordamida
kesish texnologiyasini
o'rganish.
01
Po’latlarni elektr yoy
yordamida qirqish ishlarini
o'rganish
02
Po’latlarni kavsharlash
texnologiyasini o'rganish.
03
Metallarni kislorod yordamida
kesish texnologiyasini o'rganish.
Metallarini bu usulda kesishda avval uning kesish joyi gaz alangasida alangalanish
temperaturasigacha obdan qizdirilib keyin u yerga kislorod haydaladi. Demak, bu
jarayonda metallning kesilishi uning kislorod oqimida yonishiga asoslangan. SHuning
uchun bu usulda kesiladigan metallaming alangalanish temperaturasi suyuqlanish
temperaturasidan past, yonganda ajraluvchi issiqlik uning quyi qatlamlarini
alangalanish temperaturasigacha qizdira oladigan, hosil bo‘lgan oksidiing suyuqlanish
temperaturasi shu metallning suyuklanish temperaturasidan past va yuqori
suyuqlanuvchan bo‘lishi xamda kesilgan joyidan osonroq ajralishi kerak
Yuqorida qayd etilgan talablarga tarkibida uglerodi 0,7% gacha bo‘lgan konstruksion
va
kam legirlangan po‘latlar to'la javob beradi. Ma’lumki, pulatlar tarkibida uglerod 0.7%
bo‘lishi va legirlovchi elementlaming ortishi, shuningdek, chuyanlar, rangli metallar vz
ularning qotishmalari yuqoridagi talablarga to'la javob bermaydi. SHuning uchun ular
kislorod oknmnda qirqilmaydi. Mabodo, ulami qirqish zarur bulsa, flyuslar (ko‘p
hollarda temir kukuni) dan foydalanish mumkin. Bunda kukunsimon flyus kislorod
oqimi bilan birga qirqish zonasiga o‘tib, yonayotganda qo‘shimcha issnqlik ajratadi.
Natijada suyuqlanish temperaturasi yuqori bo‘lgan oksidlar suyulib, qirqish zonzsidan
purkalib tashqariga chiqadi
Metallarni kislorod
yordamida kesish
uchun kesish
asboblaridan
foydalanib, bu ish
dastaki, yarim
avtomatik va avtomatik
ravishda bajariladi.
Metallarni dastaki usulda kesishda foydalaniladigan kesish asbobiga keskich deyiladi.
Bu asbobning payvandlash gorelkalaridan farqi shundaki, unda qirquvchi kislorodni
haydovchi qo‘shimcha maxsus qismi bo‘ladi.
Bu maqsadlar uchun foydalaniladigan kesish asboblari turli konstruksiyada bo‘lib,
dastaki qirqishda ko'proq UR (universal keskich) tipidagisidan foydalaniladi. Uni ishga
tushirish uchun ventillarni ochib kanal orqali kislorod, kanal orqali esa atsetilen
yuboriladi
Kislorod ventillari ochilganda kislorod injektor orqali o'tib atsetilenni suradi,
ular kamerada aralashadi. Bu arzlashma gaz mundshtugin bilan belgilangan teshigidan
chiqayotganda yondiriladi. Metall alangalanish temperaturasigacha qizdirilgach, kesish
asbobini uchi teshigidan kislorod haydaladi. Bunda keskich mundshtugi metallning
qirqiladigan joyidan 3—6 mm oraliqqa tutib turib yuzaga tik yo'naltiriladi. Turli
qalinlikdagi metallarni qirqish uchun keskichning ikkita tashqi va beshta
almashtiriladigan mundshtugi bo‘ladi.
|