50
dagi salbiy holatlarni keltirib chiqarishi mumkin: dvigatel va
ta’ minlash tizimi detallarini, yonilg‘i saqlanadigan sig‘imlarni,
av tomobillar ning yonilg‘i baklarini va
boshqalarni kuchli korro-
ziyalaydi; yonilg‘i tarkibidagi ingibitorlarni yuvib yuborishi nati-
jasida yonilg‘i tarkibida smola hosil bo‘lish jarayoni tezlashadi;
qish mavsumida yonilg‘i tarkibidagi suv muzlaydi, natijada dviga-
tel ishida noqulayliklar yuzaga kelishi mumkin.
Yonilg‘ilar ishlab chiqarilgan paytda
yuqoridagi kamchiliklar-
dan xoli bo‘ladi. Lekin, yuqorida aytib o‘tilganidek, yonilg‘ini
tashish, saqlash va tarqatish jarayonlarida yonilg‘iga turli mexanik
aralashmalar va suv tushishi mumkin. Shu bois bunday holatlar-
ning oldini olish ushun yonilg‘ini avtomobillarga quyishdan oldin
uni tindirish va yonilg‘i baklariga quyishda filtrlash lozim.
2. 11. Benzinlarning turlari va markalari
Benzinli dvigatellar o‘rnatilgan avtomobillar uchun davlat stan-
dartlari (DS 2084–77)ga asosan A–72, A–76, АИ–93 va АИ–98
markali benzinlar ishlab chiqariladi. Bundan tashqari,
maxsus tex-
nik shartlar asosida АИ–95 «Ekstra» benzini ishlab chiqariladi.
A–72 va АИ–95 «Ekstra» benzinlari etillanmagan, qolgan marka
dagi benzinlar etillangan va etillanmagan holda ishlab chiqariladi.
Benzin markasidagi
A harfi benzin avtomobil benzini ekanligini,
И
harfi oktan soni tadqiqot usuli bilan aniqlanganligini, raqamlar esa
minimal oktan sonini bildiradi. Agar benzinning shartli ifodasida
И harfi bo‘lmasa, bunday benzinning oktan soni motor usuli bilan
aniqlangan bo‘ladi.
Dvigatellarni qishda yurgazib yuborishni ta’minlash va yozda
bug‘ tiqinlari hosil bo‘lmasligi uchun АИ–98, АИ–95 «Ekstra»
benzinlaridan tashqari barcha boshqa markadagi benzinlarning
ikki: yozgi va qishki turlari ishlab chiqariladi. Avtomobillardan
foydalanish davrida qishki benzindan yozgi benzinga yoki yozgisi-
dan qishkisiga bir oy ichida o‘tiladi (aprel, oktabr).
51
Yozgi benzinlar shimoliy va shimoli-sharqiy hududlardan tash-
qari hamma hududlarda 1- apreldan 1-
oktabrgacha, janubiy hudud-
larda butun yil davomida ishlatiladi; qishki benzinlar esa shimoliy
va shimoli-sharqiy hududlarda butun yil davomida, boshqa hudud-
larda esa 1- oktabrdan 1- aprelgacha ishlatiladi.
A–76 benzini ko‘pgina zamonaviy avtomobillar va siqish da-
rajasi 6,5–7,0 bo‘lgan dvigatelli avtobuslar (УАЗ–452, EpA3–
762B, ГАЗ–53А, ГАЗ–53–12, ГАЗ–66, ЗИЛ–130, ЗИЛ–131,
ЗИЛ–133ГГ1, ЗИЛ–ММЗ–554М, ЗИЛ–ММЗ–555, «Урал»–377,
ПАЗ–672, ЛАЗ–695Н, ЛАЗ–699Р)da,
shuningdek, dvigatelining
siqish darajasi 6,7 dan 8,0 gacha bo‘lgan ayrim yengil avtomobillar
(«Москвич»–2138, ГАЗ–24–01 «Волга», УАЗ–469)da ishlatiladi.
АИ–92 benzini «Neksiya» va «Lasetti» rusumidagi avtomobil-
larda ishlatiladi. «Jeneral Motors» korporatsiyasi bilan hamkorlik-
da ishlab chiqarilayotgan «Chevrolet»ning «Kapriva», «Epika» va
«Takuma» markalari uchun АИ–95 benzini tavsiya etiladi.
АИ–93 benzini siqish darajasi 8,0 dan ortiq bo‘lgan yengil
avtomobillar («Москвич»–412ИЕ, «Москвич»–2140, ГАЗ–3102
«Волга», «Жигули» (barcha modellari), shuningdek, yuk avtomo-
billari («Урал»–375ДМ va ИЖ–2715) uchun mo‘ljallangan.
Avtomobil benzinlarining asosiy ko‘rsatkichlari va ularning ish-
latilishi jadvallarda keltirilgan (2. 2- jadval).
Benzinlarning qishki markalari fraksion
tarkibining ancha
yengilligi va to‘yingan bug‘larning bosimi ancha yuqoriligi bilan
farq qiladi. Buning natijasida dvigatel yengil yurgiziladi, avtomo-
billarni qishki va qish davrida qizdirish va ishlatish osonlashadi.
Foydalaniladigan benzinning markasi ushbu tipdagi dvigatel
uchun zavod chiqargan instruksiyaga mos kelishi kerak. Siqish
darajasi uncha yuqori bo‘lmagan dvigatellarda yuqori oktanli
benzinlardan foydalanilganida ularni ishlatish narxi qimmatla-
shadi va har xil texnik nuqsonlar paydo bo‘ladi:
dvigatel qizib
ketadi, klapanlar kuyadi, dvigatel quvvati kamayadi, benzin sarfi
ortadi va hokazo.