• Kislota­ lik ko‘rsatkichi
  • Oltingugurtli birikmalar.
  • Benzin tarkibidagi oltingugurt miqdori S ning
  • K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet25/156
    Sana16.11.2023
    Hajmi6,9 Mb.
    #99491
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   156
    Bog'liq
    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda is

    Organik (naften) kislotalar. Yuqori molekular organik kis-
    lotalar, jumladan, neft va uni qayta ishlash mahsulotlari tarkibida 
    bo‘ladigan naften kislotalar korrozion aktivligi bo‘yicha mineral 
    kislotalarga nisbatan kuchsiz. Shuning uchun organik kislotalar-
    47
    ni neft mahsulotlaridan to‘la chiqarib tashlashning zarurati yo‘q. 
    Ularning miqdori kislotalik ko‘rsatkichi bilan baholanadi. Kislota­
    lik ko‘rsatkichi bu 100 ml yonilg‘idagi organik kislotalarni neytral-
    lash uchun talab qilinadigan ishqor KOH (mg) miqdoridir. Davlat 
    standarti (DS 11362–76)ga asosan 100 ml avtomobil benzinidagi 
    ishqor KOH 3 mg/100 ml dan oshmasligi kerak. 
    Oltingugurtli birikmalar. Dvigatel detallarining korrozion 
    yeyilishiga yuqorida aytib o‘tilgan omillardan tashqari, yonilg‘ida-
    gi aktivmas oltingugurtli birikmalarning umumiy miqdori ham 
    ancha ta’sir ko‘rsatadi. Oltingugurt birikmalari benzinning korro-
    ziyaga moyilligini oshiradi. Shuning uchun ham benzinda oltingu-
    gurt birikmalari bo‘lmasligi kerak. Bu birikmalarning aktivligi mis 
    plastinkada sinash yo‘li bilan aniqlanadi. Buning uchun tozalangan 
    va yaltiratilgan mis plastinka tekshirilayotgan yonilg‘i solingan 
    probirkaga solinadi va suvli idishda 3 soat davomida 50°C haro-
    ratda qizdiriladi. Keyin plastinka yuviladi. Agar plastinkada qora
    to‘q jigarrang yoki sariq iz qolgan bo‘lsa, bu yonilg‘i tarkibida ak-
    tiv oltingugurt birikmalari borligini ko‘rsatadi. Yonilg‘ida bu birik-
    malarning miqdori qanchalik ko‘p bo‘lsa, korroziyalanish shuncha-
    lik kuchli va uning ta’sirida dvigatel detallarining yeyilishi tezroq 
    bo‘ladi (2. 11- rasm). 
    Bunday yonilg‘i ishlatilganida, dvigatel detallarining yeyilish 
    tezligi ortishi va qurum hosil bo‘lishi jadallashib, dvigatelning quv-
    vati va tejamkorligi keskin pasayadi. Jumladan, tarkibida 0,15 foiz 
    oltingugurt bo‘lgan yonilg‘ida dvigatel 150 soat ishlaganida quvva-
    ti 10,5 foizga kamaygan bo‘lsa, 0,733 foizli oltingugurtli yonilg‘ida 
    esa 28 foizga kamayadi. Bunda yonilg‘ining solishtirma sarfi mos 
    ravishda 12,2 va 36 foizga oshadi. 
    Avtomobil yonilg‘ilari tarkibidagi oltingugurt miqdori 0,10– 
    0,12 foizdan ortmasligi lozim. Yonilg‘ida oltingugurt miqdori 
    0,2 foizdan 0,5 foizgacha ko‘payganida yeyilish 25–30 foizgacha 
    ortadi. Agar yonilg‘i tarkibidagi oltingugurt miqdori 1,0 foizga yet-
    sa, yeyilish ikki barobar tezlashadi. 


    48
    Oltingugurt korrozion yeyilish sur’atini tezlashtirishi bilangina 
    emas, balki dvigatelda ko‘p miqdorda qattiq qurum hosil qilishi bi-
    lan ham zararli hisoblanadi. Bunday qurum zarralari moyga tushib 
    detallarning mexanik yeyilishini oshiradi. Bundan tashqari, oltin-
    gugurt motor moylarining eskirishini tezlatadi. 
    2. 11- rasm. Benzin tarkibidagi oltingugurt miqdori S ning

    Download 6,9 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   156




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar

    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish