• Benzin qovushoqligining haroratga bog‘liqlik grafigi: 1 – A–66 (yozgi);
  • Avtomobil benzinlarining bug‘lanuvchanligi
  • K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet16/156
    Sana16.11.2023
    Hajmi6,9 Mb.
    #99491
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   156
    Bog'liq
    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda is

    qlikni aniqlash asbobi.
    (ikki kengayishlar oralig‘ida), 
    sekundomer ishga tushiriladi va B 
    belgisiga yetganida to‘xtatiladi, 
    o‘tgan vaqt qayd etiladi. Shu 
    tariqa tajriba besh marta takrorla-
    nadi hamda o‘rtacha vaqt aniqlab 
    olinadi. O‘rtacha arifmetik qiy-
    matga asoslanib, kinematik qo-
    vushoqlik quyidagi formula yor-
    damida aniqlanadi:
    v
    20

    o‘r.
    ,
    bunda: τ
    o‘r.
     – suyuqlik oqib tushi-
    shi uchun sarflanadigan vaqtning 
    o‘rtacha arifmetigi, s; C – vis-
    kozimetr doimiysi, mm
    2
    /s.
    Avtomobil benzinlarining 
    20°C haroratdagi qovushoqligi 0,5 mm
    2
    /s dan 0,7 mm
    2
    /s gacha 
    bo‘ladi. Haroratning pasayishi natijasida avtomobil benzinlarining 
    qovushoqligi sezilarli darajada ortadi (yonilg‘i zichligining haro-
    ratga bog‘liq o‘zgarishiga nisbatan taxminan 10 barobar tezroq) 
    ortadi (2. 4- rasm).
    Yoz mavsumidan qish mavsumiga o‘tilganida, havo harorati-
    ning 50°C gacha o‘zgarishi (pasayishi) natijasida benzinning qo-
    vushoqligi 1,5 barobar ortadi. Yonilg‘ining qovushoqligi qancha 
    past bo‘lsa, u havo bilan shuncha yaxshi aralashadi.
    Yonuvchi aralashmani tayyorlashning benzinning diffuzor zo-
    nasiga uzatilishidan keyingi bosqichi yonilg‘ining to‘zitilishidir. 
    Yonilg‘i to‘zitilganda hosil bo‘ladigan tomchilar qancha may-
    da bo‘lsa, yonilg‘i shuncha tez va to‘la bug‘lanadi. Yonilg‘ining 
    to‘zitilish darajasiga, birinchi navbatda, yonilg‘ining qovushoqligi 
    va sirt taranglik kuchi ta’sir ko‘rsatadi. Yonilg‘ining qovushoqligi 


    28
    va sirt taranglik kuchi qancha kichik bo‘lsa, yonilg‘ini to‘zitilishida 
    hosil bo‘ladigan tomchilarning o‘lchamlari shuncha kichik bo‘ladi. 
    Avtomobil benzinlarining barcha markalari sirt taranglik kuchlari 
    deyarli bir xil bo‘lib, 20°C haroratda 20–24 mN/m ni tashkil etadi, 
    ya’ni suvning sirt taranglik kuchidan 3,5 barobar kam.
    2. 4- rasm. Benzin qovushoqligining haroratga bog‘liqlik grafigi:
    – A–66 (yozgi); 2 – A–76 (qishki); 3 – A–66 (qishki).
    Shunday qilib, avtomobil benzinlarining zichligi, sirt taranglik 
    kuchi va asosan qovushoqligi ishchi aralashma hosil bo‘lishiga 
    ta’sir etadi, shuning uchun aralashma tarkibini rostlovchi qismlarni 
    sozlashda bu ko‘rsatkichlarni inobatga olish zarur.
    Shuningdek, karburatorlarni sozlashda yonilg‘ining yonish is-
    siqligini ham hisobga olish lozim. Yonilg‘ining yonish issiqligi de-
    ganda, 1 kg suyuq yoki 1 m
    3
    gazsimon yonilg‘i to‘la yonganida 
    ajralib chiqadigan issiqlik miqdori tushuniladi. Yonilg‘ining yonish 
    issiqligi qancha yuqori bo‘lsa, avtomobilning 1 km bosib o‘tadigan 
    masofasi yoki 1 soat ish vaqti uchun sarflanadigan yonilg‘i miqdori 
    29
    shuncha kam bo‘ladi. Avtomobil benzinlari uchun yonish issiqligi 
    43500–44500 kJ/kg oralig‘ida bo‘ladi.
    2. 3. Avtomobil benzinlarining bug‘lanuvchanligi

    Download 6,9 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   156




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar

    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish