• 1. Qattiq jism
  • Elektronika va avtomatika




    Download 20,48 Kb.
    bet1/2
    Sana19.01.2024
    Hajmi20,48 Kb.
    #140883
      1   2
    Bog'liq
    157-22 guruh absamiyev


    Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, Fan va innovatsiyalar vazirligi
    ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOShKENT DAVLAT TEХNIKA UNIVERSITETI
    “ELEKTRONIKA VA AVTOMATIKA” FAKULTETI
    “EATCH” KAFEDRASI

    MUSTAQIL ISH

    MAVZU; Qattiq jismlarning tuzulishi va shaklanishi

    157-22.GURUH TALABASI
    BAJARDI.ABSAMIYEV.DIYORBEK
    QABUL QILDI GULYAMOVA .S


    TOSHKET-2023
    QATTIQ JISMLARNING TUZULISHI VA SHAKLANISH
    REJA

    1. Qattiq jism

    2. Qattiq jismlarning mexanik xossasi.


    3. Qattiq jismning aylanma xarakat dinamikasi

    1 Qattiq jism – moddaning shakli turgʻun agregat holati. Bu holatda modda atomlarining issiqlik harakati ularning muvozanat vaziyatlari atrofida kichik tebranishlaridan iborat boʻladi. Kristall va amorf qattiq jismlar mavjud. Kristallarda atomlarning muvozanat vaziyatlari fazoda davriy joylashadi. Amorf jismlarda atomlar tartibsiz joylashgan nuqtalar atrofida tebranadi. Qattiq jismning turgʻun (eng kichik ichki energiyali) holati kristall holatdir. Termodinamik nuqtai nazardan amorf jism metaturgʻun holatda boʻladi va vaqt oʻtishi bilan kristallanishi kerak. Tabiatdagi barcha moddalar (suyuq geliydan tashqari) atmosfera bosimida va T>0 K trada qotadi.


    Qattiq jismdagi atomlar orasidagi taʼsir kuchlari turlituman boʻlishiga qaramay, elektrostatik tortishish va itarishish ularning manbai boʻlib xizmat qiladi. Atom va molekulalardan turgʻun qattiq jismning hosil boʻlishi tortishish kuchlari ~108sm masofalarda itarishish kuchlari bilan muvozanatlashishini koʻrsatadi. Baʼzi hollarda atomlarni qattiq sharchalar deb qarash va ularni atom radiuslari bilan ifodalash mumkin.
    Barcha qattiq jism yetarlicha yuqori trada eriydi yoki bugʻlanadi. Bundan faqat qattiq geliy mustasno: u (bosim ostida) temperatura pasayganda eriydi. Erish jarayonida jismga berilgan issiqlik atomlararo bogʻlanishlarni uzishga sarflanadi. Turli tabiatli Qj.ning erish tralari Teturlicha (mas, mol. vodorodniki – 259,1°, volframniki 3410±20°, grafitniki 4000° dan yuqori). Qattiq jismning mexanik xususiyatlari u tuzilgan zarralar orasidagi bogʻlanish kuchlari bilan aniqdanadi. Bu kuchlarning turlituman boʻlishi mexanik xususiyatlarning ham turlicha boʻlishiga olib keladi: baʼzi bir qattiq jism plastik, boshqalari moʻrt. Odatda, metallar dielektriklarga nisbatan plastikroq boʻladi. temperatura qoʻtarilishi bilan odatda plastiklik ortadi. Uncha katta boʻlmagan kuchlanishlarda barcha qattiq jismda elastik deformatsiya kuzatiladi.
    2 Qattiq moddalar - jismlar hosil qilish qobiliyatiga ega va hajmi bo'lgan moddalardir. Ular suyuqlik va gazlardan shakli bilan farq qiladi. Qattiq jismlar zarrachalari erkin harakatlana olmagani uchun tana shaklini saqlab qoladi. Ular zichligi, plastikligi, elektr o'tkazuvchanligi va rangi bilan farqlanadi. Ularning boshqa xususiyatlari ham bor. Shunday qilib, masalan, bu moddalarning aksariyati qizdirilganda eriydi va suyuq agregat holatiga ega bo'ladi. Ulardan ba'zilari qizdirilganda darhol gazga (sublimat) aylanadi. Ammo boshqa moddalarga ajraladiganlar ham bor.

    Download 20,48 Kb.
      1   2




    Download 20,48 Kb.