• Neftdan avtomobil yonilg‘ilarini
  • K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/156
    Sana16.11.2023
    Hajmi6,9 Mb.
    #99491
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   156
    Bog'liq
    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda is

    Smola-asfaltli moddalar uglerod, vodorod, kislorod va oltin-
    gugurtlarning murakkab birikmalaridir. Smola-asfaltli moddalar 
    neytral neftli smolalar, asfaltenlar, karbon va karboidlar hamda 
    nordon neftli smolalarga bo‘linadi. 
    Neytral smolalar yarim suyuq cho‘ziluvchan, to‘q sariq yoki 
    jigarrang modda bo‘lib, kuchli bo‘yash xususiyatiga ega. Smola-
    ning zichligi 1 g/sm
    3
    bo‘lib, elementlar tarkibi quyidagicha: 80–
    85 foiz uglerod; 10 foiz vodorod; 5–10 foiz kislorod. Empirik for-
    mulasi С
    n
    H
    2n – m
    О. Bunda n = 16–69, m = 840 va p = 1–3. Smolalar 
    neft mahsulotlarida oson eriydi, spirt va asetonda esa qiyin eriydi. 
    Asfaltenlar qo‘ng‘ir-qoramtir yoki qora rangdagi qattiq modda-
    lar bo‘lib, yaxshi bo‘yash xususiyatiga ega. Zichligi 1 g/sm
    3
    dan 
    ortiq, elementar tarkibi bo‘yicha neytral smolalardan tarkibidagi 
    uglerod miqdorining birmuncha ko‘pligi va vodorod miqdorining 
    kamligi bilan farq qiladi. Ular neftning yengil fraksiyasi va spirtda 
    erimaydi; benzol, xloroform, neftning og‘ir fraksiyalarida, ayniq-
    sa, neftli smolalarda kalloidli eritmalar hosil qiladi. Asfaltenlar 
    300°C dan yuqori haroratlarda parchalanadi. 
    Agar neftli smolalar uglevodorodlarni oksidlab polimerlash 
    natijasida olinsa, u holda ularni keyingi zichlashtirish asfaltenlar-
    ning hosil bo‘lishiga olib keladi va buning natijasida karbon va kar-
    boidlar hosil qiladi. 
    Karbon va karboidlar tashqi ko‘rinishi bo‘yicha asfaltenlarga 
    o‘xshash bo‘lib, nisbatan to‘q rangga ega. Karbonlar faqatgina 
    oltingugurtli vodorod va pridinda eriydi. Karboidlar erimaydigan 
    birikmalardan tashkil topgan. 
    Nordon neftli smolalar (asfaltogen kislotalar va ularning angid-
    ridlari) – yarim qattiq va qattiq moddalar bo‘lib, zichligi 1 g/sm
    3
    dan yuqori. Ular spirt va xloroformda eriydi, benzinda erimaydi. 
    Nordon smolalar kislota, oksikislota va boshqalarni polimerlash va 
    kondensatsiyalash natijasida hosil qilinadi. 
    15
    Smola-asfaltli moddalar, asosan, neftning og‘ir fraksiyasi tar-
    kibida bo‘lib, benzin fraksiyalarida bo‘lmaydi. 
    Oltingugurtli birikmalar neft va neft mahsulotlari tarkibida, 
    shuningdek, smola-asfaltli moddalar tarkibida erkin holda bo‘la-
    di. Ular aktiv, ya’ni metallar bilan reaksiyaga kiruvchi (vodorod 
    sulfid H
    2
    S, oltingugurt elementi S, merkaptanlar – yoqimsiz hidli 
    uchuvchi suyuqlik) va passiv yoki neytral (sulfidlar) – metallarga 
    ta’sir ko‘rsatmaydigan guruhlarga bo‘linadi. Neytral guruhlar oltin-
    gugurt birikmalari asosiy massasining 70–80 foizini tashkil etadi. 
    Neft mahsulotlarida aktiv oltingugurt birikmalarining bo‘lishi-
    ga ruxsat etilmaydi. Passiv birikmalar kam zararlidir. Ular moy-
    larga kam miqdorda qo‘shilsa, moylash pardasining chidamliligini 
    oshi radi va yeyilish jadalligi kamayadi. Yonilg‘i tarkibida oltingu-
    gurt birikmalarning bo‘lishi maqsadga muvofiq emas, chunki ular 
    yonilg‘ining yonish jarayonida suv bilan birikib, o‘tkir ta’sirchan 
    kislotalar hosil etuvchi gaz ajratadi. Bu esa dvigatel detallarining 
    jadal korroziyalanishiga sabab bo‘ladi. 
    Azotli birikmalar neft tarkibida oz miqdorda (0,03–0,3 foiz) 
    bo‘lib, ular neft mahsulotlarini tozalashda chiqarib tashlanadi. 
    Mineral aralashmalar (naften kislotalarning har xil tuzlari 
    ko‘rinishdagi) va suv neft tarkibida eng ko‘p miqdorda bo‘lib, ular 
    cho‘ktirish usuli bilan osongina ajratib olinadi. 
    1. 3. Neftdan avtomobil yonilg‘ilarini

    Download 6,9 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   156




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar

    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish