|
Mavzu: Ikki taktli dvigatellarning ishlash prinsipi Reja Ikki taktli dvigatel ish jarayoni Dizel va karbyuratorli dvigatel ish jarayonlarini taqqoslash Ikki taktli dvigatel
|
Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 21,53 Kb. | | #255788 |
Bog'liq ikki taktli
MAVZU: Ikki taktli dvigatellarning ishlash prinsipi
Reja
Ikki taktli dvigatel ish jarayoni
Dizel va karbyuratorli dvigatel ish jarayonlarini taqqoslash
Ikki taktli dvigatel - ish sikli porshenning ikki yurishida, yaʼni tirsakli valning bir marta aylanishida bajariladigan ichki yo’nuv dvigateli. Yonuvchi aralashmaning tayyorlanishiga qarab, karbyuratorli va dizel xillarga boʻlinadi. Karbyuratorli I. t. d.da yonuvchi aralashma kri-voshipli kameraga (undagi siyraklanish hisobiga) soʻrilib, soʻngra silindrga haydaladi, dizel dvigatellarda esa silindrga yonilgʻi maxsus haydash nasoslari yordamida kiritiladi. Silindrlarda ish bajargan gaz klapanlar va alohida tuynuklar orqali chiqarib yuboriladi.
Rasmda yonuvchi aralashma krivoshipli kamera orqali haydaladigan karbyuratorli dvigatelning tuzilishi va ishlashi kursatilgan. Porshen pastki chek-ka nuqta (p.ch.n.) dan yukrrigi chekka nuqta (yu.ch.n.) ga harakatlanganda, da-stlab, haydash tuynugini, soʻngra chiqarish tuynugini berkitib, ish aralashmasini qisadi (rasm, a). Bu vaqtda karterda siyraklanish hosil boʻlib, karbyuratordagi yonuvchi aralashma soʻrish tuynugi orqali karterga kiradi. Bunda qisish va soʻrish takti bajariladi. Porshen yu.ch.n.ga yaqinlashganda elektr uchkuni ish aralashmasini yondiradi (rasm, b). Aralashma yonishi natijasida hosil boʻlgan yuqori bosimli gazlar porshenni pastga itaradi. Porshenning harakati shatun (rasm, v) orqali tirsakli valga uzatiladi. Porshen p.ch.n.ga yaqinlashganda chiqarish tuynugi ochilib, silindr ichidagi gazlar atmosferaga chiqib ketadi. Bunda ish yoʻli va chikarish takti bajariladi. Porshen pastga harakat qilib, karter boʻshligʻidagi yonuvchi aralashmani qisadi va haydash tuynugini ochadi. Yonuvchi aralashma haydash tuynugi orqali silindrga kiradi va undagi ish bajargan gazlarni chiqarib, silindr boʻshligʻini toʻldiradi. Nazariy jihatdan I. t. d. toʻrt taktli dviga-telga qaraganda ikki marta koʻp quvvat berishi kerak; biroq baʼzi sabablar (gaz almashinuvining takomillashmagani, porshen ish yoʻlining bir qismi yoʻqolishi va b.)ga koʻra uning quv-vatidan 70% gacha foydalaniladi. I. t. d.lar, asosan, mototsikllar, motorli qayiqlar, avtomobillar, traktorlar va b.da ishlatiladi
Ikki taktli dvigatellarda porshenni ikki yo‘lida to‘liq ish sikli bajariladi kiritish va chiqarish klapanlari yo‘q Bu dvigatellar silindrida kiritish haydash chiqarish darchalari mavjud Porshen o‘z harakati davomida ushbu darchalarni navbati bilan ochadi yoki yopadi Ikki taktli dvigatellarning ishlash prinsipi Yuqorida dvigatellarning ish jarayoni bitta silindrda qanday kechishi ko‘rib chiqildi Dvigatelda silindrlar soni bittadan ortiq bo‘lsa yuqoridagi taktlar silindrlarda navbati bilan yuz beradi, bu dvigatel tirsakli valini bir tekis aylanishiga ko‘maklashadi Dvigatel silindrlarida kengayish takti (yonish)ni yuz berishi dvigatel silindrlarini ishlash tartibi deb yuritiladi Dvigatellar ishlash tartibi To‘rt silindrli dvigatellar uchunOlti silindrli dvigatellar uchun Sakkiz silindrli dvigatellar uchun
O‘n ikki silindrli dvigatellar uchun 9 To‘rt taktli dizel va karbyuratorli (injektorli) dvigatelning ish jarayoni Т - jadval ma’lumotlarni solishtirish yoki ikki tomonini (xa/yo‘q, afzalligi/kamchiligini) ko‘rsatish uchun qo‘llaniladigan chizmali organayzer tanqidiy tafakkurni rivojlantiruvchi ko‘proq ma’ruza yakunida qo‘llaniladigan taqqoslash jadvali Т - jadval 5 minut vaqt ichida juftlikda dizel yoki karbyuratorli dvigatel uchun jadvalni to‘ldiring bir tomonida tarafdorlik sabablari (afzalliklar) ni yozing ikkinchi tomonda qarshilik sabablari (kamchiliklar) ni yozing Т-jadval (qaysi dvigatel uchun ko‘rsatinh) Afzalliklari Kamchiliklari O‘ylang - juftlikda ishlang - fikr almashing texnikasi Ushbu texnika birgalikdagi faoliyat bo‘lib, talabalarni fikrlash, o‘z g‘oyalarini shakllantirish va ularni hamkorlar yordamida muayyan shaklda ifodalashga yo‘naltiradi Ishni tashkil etish jarayonining tuzilishi 1. O‘qituvchi oldin o‘ylab chiqish, so‘ng qisqa javoblar yozish tartibida savol va topshiriq beradi 2. Talabalar juftliklarga bo‘linib, bir - biri bilan fikr almashadilar va ikkala javobni mujassam etgan umumiy javobni ishlab chiqishga harakat qiladi 3. O‘qituvchi bir necha juftliklarga ma’lum vaqt davomida auditoriyaga o‘z ishining qisqa yakunini ifodalab berishni taklif qiladi Dizel dvigatellar uchun T-jadval (namuna) Afzalliklari Kamchiliklari Tejamkorligi nisbatan yuqori Gabarit o‘lchamlari va massasi katta Tirsakli valdagi burovchi moment nisbatan yuqori Tirsakli val aylanishlar tezligi nisbatan past Turbokompressordan foydalanib dvigatel quvvatini oshirish mumkin Yurgizib yuborish (ayniqsa sovuq ob-havoda) nisbatan qiyin Keng tarqalgan texnik xizmat ko‘rsatish nisbatan oson Nisbatan arzon yoqilg‘i gazga moslashtirish qiyin Atrof muxitni azot oksidlari bilan ifloslantiradi Karbyuratorli (injektorli) dvigatel uchun T-jadval (namuna) Afzalliklari Kamchiliklari Gabarit o‘lchamlari va massasi kichik Tejamkorligi nisbatan past Nisbatan engil yurgizib yuboriladi Atrof muxitni is gazi bilan ifloslantiradi Tirsakli val aylanishlar tezligi nisbatan yuqori Tirsakli valdagi burovchi moment nisbatan past Nisbatan arzon yoqilg‘i gazga oson moslashtirish mumkin Keng tarqalgan texnik xizmat ko‘rsatish nisbatan oson
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: Ikki taktli dvigatellarning ishlash prinsipi Reja Ikki taktli dvigatel ish jarayoni Dizel va karbyuratorli dvigatel ish jarayonlarini taqqoslash Ikki taktli dvigatel
|