8-labaratoriya mashg`uloti: navlarning xo’jalik-biologik xususiyatlarini o’rganish. Ishning maqsadi




Download 67 Kb.
bet1/8
Sana09.09.2024
Hajmi67 Kb.
#270693
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
NAVLARNING XO’JALIK-BIOLOGIK XUSUSIYATLARINI O’RGANISH


8-LABARATORIYA MASHG`ULOTI: NAVLARNING XO’JALIK-BIOLOGIK XUSUSIYATLARINI O’RGANISH.
Ishning maqsadi: Talabalarga navlarning imunitetlik hususiyatini, zanga kasalliklariga qarshi chidamliligini, so`lishga qarshi chidamliligini, xo`jalik belgilarini ajratib olishda “Yurev” usulining mohiyaatini ochib berish.
Kerakli meteriallar va jihozlar: Dafatr ruchka qalam, jadvallar, Qishloq xo‘jalik ekinlari seleksiyasi, urug‘chiligi va aprobatsiyasi nomli darslik, jadvallar salaydalar.
Seleksiya ishi jarayonida tanlab olinadigan o‘simliklarning barcha xillari (rakamlari, navlari) seleksion ashyo deb ataladi. Navlarni yoki seleksionrakamlarni ta’riflaydigan asosiy ko‘rsatkichlar - ularning hosildorligi va mahsulotning sifatidir. Lekin, bu ko‘rsatkichlar birinchidan, juda murakkab, chunki ular ancha oddiy bo‘lgan bir qancha belgi va xususiyatlarning yig‘indisi bilan ifodalanib, ikkinchidan, o‘stirish sharoiti ta’sirida keskin o‘zgarib ketishi mumkin. Shuning uchunseleksioner o‘zi seleksion ish olib boradigan ekinning hosildorligi va mahsulot sifatida kuzatiladigan o‘zgarish hamda farqlarning sabablarini har yili seleksiya ishining har bir bosqichida aniq bilib borishi va baholashi lozim:
Mahsuldorlik va hosildorlik, tezpisharlik, qurg‘oqchilikka, qishga, sovuqqa, kasallik hamda zararkunandalarga chidamlilik, mexanizatsiya vositasida yetishtirish va hosilni yig‘ishtirishga moslashganlik, mahsulot sifati va boshqa ko‘rsatkichlar. Seleksiya jarayonida baholashda dala, laboratoriya va dalalaboratoriya usullari qo‘llaniladi.Seleksioner odatdagi (haqiqiy) va provakatsion (sun’iy ravishda noqulay sharoit tug‘dirish) sharoitida seleksion ashyoni o‘stirib baholash o‘tkazadi.
O‘rganiladigan ashyo bevosita va bilvosita belgilarga qarab baholanadi. Navlar va seleksion ashyo bevosita belgilarga qarab baholash - to‘g‘ridan to‘g‘ri dalada kuzatish, sinash, o‘lchash, tarozida tortish orqali bajariladi. Masalan, kuzgi bug‘doyning bahorgacha qolgan o‘simliklar soni - navlarning qishga chidamlilik bevosita xususiyati. Qaysi navda qishlagan (qishdan chiqqan) o‘simliklar miqdori (%) ko‘proq bo‘lsa, u nav bir sharoitda o‘rganilgan boshqa navlarga nisbatan qishga chidamliroq bo‘lib hisoblanadi.
Bug‘doy navi bargining zang kasali bilan zararlanish darajasi - uning zang kasaliga chidamlilik bevosita ko‘rsatkichidir. Bevosita usul har qanday seleksion ashyoni baholashda asosiy usul hisoblanadi. Uning yordamida o‘rganilayotgan rakamlar yoki navlarning o‘sish va rivojlanish xususiyatlari, ularning o‘stirish sharoitiga bo‘lgan talabi, mahsuldorligi, tezpisharligi, iqlim sharoitining noqulayliklariga chidamliligi, mexanizatsiyaga yaroqligi kabi ko‘rsatkichlari baholanadi.
Navlar yoki seleksion ashyoning ba’zi bir xususiyatlariga masalan, bioximik, texnologik ko‘rstkichlari, noqulay sharoitlarga chidamliligi bilvosita usul bilan baho berish mumkin. Bunda,seleksioner o‘rganadigan xususiyatni boshqa shu xususiyat bilan korrelyativ holatda bog‘liq bo‘lgan xususiyat yordamida baholaydi. Masalan, hujayra shirasida qandi va ATF ko‘p bo‘lgan o‘simliklar sovuqqa chidamli, donning tarkibida kleykovina ko‘p bo‘lishi bug‘doy nonining sifatli bo‘lishi, kungaboqar pistasida pansir qatlamining bo‘lishi kungaboqar kuyasiga chidamliligini ko‘rsatuvchi bilvosita ko‘rsatkichlar hisoblanadi. Seleksioner o‘simliklarning ayrim belgi va xususiyatlariga baho berganda ba’zi 123 qiyinchiliklarga duch keladi. Masalan,seleksionashyoni sovuqqa, qurg‘oqchilikka, kasallikka yoki zararkunandalarga chidamligiga qarab baholaganda, bunday noqulay sharoitlar tabiiy ravishda bir necha yillar davomida ro‘y bermasligi mumkin va uzoq vaqt kutishga to‘g‘ri keladi. Shunday paytlarda, provakatsion usuldan foydalaniladi. Bunga fitotron deb ataluvchi sun’iy iqlim binolardan foydalanish bilan erishiladi.
Fitotron - to‘liq avtomatlashtirilgan ulkan qurilma (bino) bo‘lib, unda seleksion ashyoni baholash uchun zarur sharoitni yilning istalgan davrida yaratish mumkin. Odatdagi dala sinashlarida o‘simliklarga ta’sir ko‘rsatadigan omillarni bir necha yillab o‘rganishga to‘g‘ri kelsa, bu inshootda shu ishni seleksionerning o‘zi istagan muddat ichida bajara oladi. Bundan tashqari,seleksiya ishlari uchun fitotronning qo‘llanilishi, yiliga bir necha marta hosil (bo‘g‘in) olishga va shu yo‘l bilan seleksiya jarayoni davomiyligini ancha qisqartirishga imkon beradi. Fitotronlar yirik ilmiy-tadqiqot institutlarda (Odessa seleksiya-genetika ilmiy-tadqiqot instituti, Mironov shaxrida bug‘doy seleksiya va urug‘chilik ilmiy-tadqiqot institutida va boshqa institut muassasalarida) mavjud. Ekinlardan bug‘doyning sovuqqa, qurg‘oqchilikka va zang kasalliklarga, kartoshkaning rak va fitoftoraga, g‘o‘zaning viltga chidamli navlarini yaratishda provakatsion usulning ahamiyati kattadir.Seleksion ashyoni bevosita,bilvosita vaprovakatsion usullar bilan baholashning asosiysharti va maqsadi, buishning har tomonlama mukammal eng aniq bo‘lishi hamda qisqa muddatda o‘zgarishidir. Noqulay sharoitlarga chidamligiga qarab belgi va xususiyatlarni baholashdaxalqaro qabul qilingan 9 balli tartib qo‘llaniladi.

Download 67 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8




Download 67 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



8-labaratoriya mashg`uloti: navlarning xo’jalik-biologik xususiyatlarini o’rganish. Ishning maqsadi

Download 67 Kb.