|
8-labaratoriya mashg`uloti: navlarning xo’jalik-biologik xususiyatlarini o’rganish. Ishning maqsadi
|
bet | 3/8 | Sana | 09.09.2024 | Hajmi | 67 Kb. | | #270693 |
Bog'liq NAVLARNING XO’JALIK-BIOLOGIK XUSUSIYATLARINI O’RGANISH - namuna bog‘lari vositasida;
- namuna maydonchalari yordamida;
- chiziqli metrlar bo‘yicha.
Hosilni yig‘ishtirishdan oldin maydonlar (har bir maydoncha) alohida-alohida ko‘rib chiqiladi va haqiqiy hisobga olinadigan maydon kattaligi aniqlanadi.
1. Hosilni yoppasiga yig‘ishtirish va uning miqdorini aniqlash usuli eng ko‘p qo‘llaniladi. Bunda, har bir seleksionrakam ekilgan bo‘lakchaning hosili qo‘lda yoki mashinalar yordamida yig‘ishtiriladi va gektar hisobidagi hosildorlik aniqlanadi.
Hosilni yoppasiga yig‘ishtirib, hosildorlikni aniqlashda olingan hosilning haqiqiy namligini aniqlash muhim ahamiyatga ega, chunki hosildorlik andoza namlik bo‘yicha aniqlanadi. Shuni alohidata’kidlash kerakki, hosilni yig‘ishtirishda navlar, rakamlar yoki bo‘lakchalarning hosili bir-biriga qo‘shilib ketmasligi zarur.
2. Namuna bog‘lar vositasida hosilni aniqlash. Buning uchunhar bir nav ekilgan dalaning dioganali bo‘yicha (yoki o‘rim moshinasi orqasida yurib) ma’lum masofadan so‘ng bir xil miqdorda o‘simliklar olinadi. Bu o‘simliklar birlashtirilib bog‘lanadi. Olingan namunaning og‘irligi 8 kg atrofida bo‘lishi kerak. Har bir o‘rganilayotgan nav yoki seleksion ashyodan 2 tadan namuna bog‘lam olinadi. Namunalarga yorliqlar taqilib,rakami, navning nomi, takrorlanishlar ko‘rsatilib, tabiiy sharoitda quritiladi. So‘ngra, bog‘lamlarni yanchib, ularning doni tortiladi va quyidagi formula yordamida o‘rtacha hosildorlik aniqlanadi.
Bu yerda:
D - bo‘lakcha maydoni (m2 );
M - bo‘lakchadan olingano‘simliklarning hosili og‘irligi (kg);
P - namunaning og‘irligi (kg); Z - bog‘ yanchilgandan chiqqan donning og‘irligi (kg);
X - hosildorlik (s/ga).
3. Namuna maydonchalari yordamida hosilni aniqlash. Ayrim hollarda, yoppasiga ekilgan ekinlarning maydoni juda katta bo‘lganda (ko‘p yillik o‘tlar yoki yaylovlar hosildorligini aniqlashda ham) qo‘llaniladi. Buning uchun har bir bo‘lakchadan 20-30 joydan satxi 1-5 m2 bo‘lgan namuna maydonchalar olinadi. Shu asosda maydon birligining hosildorligi aniqlanadi.
4. Chiziqli metr bo‘yicha hosilni aniqlash usuli. Bu usul keng qatorlab ekilgan ekinlarga nisbatan ishlatiladi. Buning uchun shaxmat tartibda ma’lum qatorlarning hosili hisoblanib, maydon birligi hisobidagi hosildorlik aniqlanadi. Bunda, gektarida chiziqli metr miqdori aniqlanishi kerak. Misol,qator orasi 60 sm (0,6 m) 126 bo‘lganda 16666 chiziqli metr bo‘ladi. Bir chiziqli metrdan chiqqan o‘rtacha hosil 16666 ga ko‘paytirilib hosildorlik aniqlanadi.
O‘rganilgan navlar hosildorlik bo‘yicha andoza nav bilan solishtiriladi va ular 3 guruhga bo‘linadi:
|
| |