• Monolit (yaxlit) olish usuli
  • V.Ya.Yurev usuli
  • Sovuqqa chidamlilikni to‘g‘ridan-to‘g‘ri baholash




    Download 67 Kb.
    bet6/8
    Sana09.09.2024
    Hajmi67 Kb.
    #270693
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    NAVLARNING XO’JALIK-BIOLOGIK XUSUSIYATLARINI O’RGANISH

    Sovuqqa chidamlilikni to‘g‘ridan-to‘g‘ri baholash. uchun o‘rganiladigan seleksion ashyoni (navlarni) yoqqan qorni doim shamol uchirib ketadigan, quyoshga teskari qiyalikda bo‘lgan maydonlarga ekish lozim. Bunda qor qatlamining yo‘qligi yoki judakam bo‘lishi tufayli sovuqning ta’siri kuchli bo‘ladi. Xuddi shu maqsadda,ekinlarningustidagi qor supurib - kurab tashlanadi yoki aksincha, dimiqishga chidamliligini aniqlash uchun qor qatlami ko‘paytiriladi. 131 Ildiz uzilishiga chidamliligini baholash uchun qishda ekinlar ustiga suv quyib muzlatiladi. Pastqam maydonlarga ekib, zaxlashga chidamliligini aniqlash uchun ekinga suv bostirib yuboriladi.Nav va rakamlarni sun’iy sharoit yaratish (pro‘vakasion) yo‘li bilan baholashda qishlash natijalari ko‘z bilan chamalab yoki sanab chiqiladi.
    Monolit (yaxlit) olish usuli. Qish davomida 2-5 marta har bir nav yoki rakam ekilgan maydondan monolitlar kesib (chim kesib olgandek) olinadi: bo‘yi 20-30 sm, eni 12-15 sm, chuqurligi 10-12 sm. Ularda kamida 15 o‘simlik bo‘lishi kerak. Har bir navdan to‘rttadan monolit olinadi. Bulardan ikkitasini past haroratda saqlab, keyin issiqxonaga joylashtiriladi. 15 kundan keyin tirik va nobud bo‘lgan o‘simliklar aniqlanadi va qishlash holati qanday ekanligi baholanadi. Qolgan ikkita monolit sun’iy muzlatish sovuq xonasiga joylashtiriladi. Bug‘doyning monoliti - 22-240C, arpaning -150C 24 yoki 48 soat davomida muzlatiladi. Shu tartibda muzlatilganda, deyarli hamma vaqt qishga chidamlilik bo‘yicha nav va rakamlar o‘rtasidagi farqni aniq bilib olish mumkin. Agar qishning iliq paytlarida ekinlarga haroratning keskin o‘zgarishi qanday ta’sir qilish talab etilsa, monolitlarning muzi eritilgandan keyin, 3-5 kun davomida harorati 5-70С bo‘lgan xonaga joylashtiriladi, keyin ular harorati -10-120С bo‘lgan sovuq joyda qaytadan muzlatiladi.
    V.Ya.Yurev usuli. Nav va rakamlar dalada ekilishi bilan birga maxsus yashiklarda ekiladi (uzunligi 40 sm, eni 30, chuqurligi 12-15 sm). Yashiklardagi o‘simliklar kuz fasli davomida ochiq joyda - tabiiy sharoitidagidek o‘stiriladi. Qish boshlanganda yashiklar ochiq joydagi havo haroratidan mutlaqo farq qilmaydigan joyga kiritib qo‘yiladi. Ustida qor bo‘lmaganligi uchuno‘simliklar xuddi tabiiy sovuqda turgandek bo‘ladi.Agar o‘simliklarni belgilangan darajadagi sovuqqa chidamliligini aniqlash lozim bo‘lsa, yashiklarni xuddi monolitlarga o‘xshatib sovuqxonalarga kiritib qo‘yish mumkin.

    Download 67 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 67 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sovuqqa chidamlilikni to‘g‘ridan-to‘g‘ri baholash

    Download 67 Kb.