• Kasalliklarga chidamlilikni baholash
  • Fiziologik immunitet bo‘lganda
  • N.P.Nizenkovning elektrometrik usuli




    Download 67 Kb.
    bet7/8
    Sana09.09.2024
    Hajmi67 Kb.
    #270693
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    NAVLARNING XO’JALIK-BIOLOGIK XUSUSIYATLARINI O’RGANISH

    N.P.Nizenkovning elektrometrik usuli. Bu usul (laboratoriya usuli) o‘simliklardan elektr tokini o‘tkazishga asoslangan bo‘lib, tokni yaxshi o‘tkazuvchi o‘simliklar qishga yoki sovuqqa chidamli hisoblanadi.
    a) o‘simliklarning qishga chidamliligi ularning tarkibidagi kuz faslida to‘plagan shakarning miqdoriga bog‘liq. Bir xil sharoitda o‘sib turgan bir necha nav yoki rakamlar ichida o‘simlik shirasida shakari ko‘plari qishga chidamliroq bo‘ladi;
    b) ATF (adenazintrifosfat) hosil bo‘lishi tezligiga qarab baholash. V.V.Xvostovatekshirishlariga qaraganda past haroratda o‘simlik hujayrasida ATFning hosil bo‘lish tezligi ham sovuqqa chidamlilikni belgilovchi ko‘rsatkichdir;
    c) erta bahorda kunlar isishi bilan qishga chidamsiz navlar tez o‘sa boshlaydi. Qishga chidamli shakllarda esa, bu jarayon ancha sust bo‘ladi.
    Kasalliklarga chidamlilikni baholash. Har yili ekinlar hosilining o‘rtacha 20- 30 % ni, ba’zan undan ham ko‘p qismini kasalliklar yo‘qotadi yoki mahsulot sifatini jiddiy pasaytiradi. Ayrim kasalliklar esa (masalan virus kasalliklari) navning aynishi va xatto yuqotishiga olib keladi. Shuning uchun kasalliklarga chidamli navlarni yaratish seleksiyaning asosiy vazifalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Seleksion ashyoga baho berishda o‘simliklarning immunitetiga e’tibor beriladi. U bir necha xil bo‘ladi: Tabiiy immunitet.Har bir ekinning o‘ziga xos kasalliklari mavjud, ular faqat bir ekin turini zararlab, boshqalarda uchramaydi. Masalan, zang kasalliklari boshoqli don ekinlarda keng tarqalgan, lekin g‘o‘zani zararlay olmaydi. Vilt esa,g‘o‘zani zararlaydi, lekin bedani zararlay olmaydi. Tabiiy immunitet avlodlararo, turkumlararo va navlararo bo‘ladi. Seleksiyaning asosiy maqsadi, navlararo immunitetdan foydalanishdir. Tabiiy immunitet paydo bo‘lishiga qarab fiziologik va tarkibiy (strukturali) immunitetlarga bo‘linadi.
    Fiziologik immunitet bo‘lganda, kasallik qo‘zg‘atuvchi parazit o‘simlikka o‘sa, o‘simlik unga qarshi antitoksin moddalar ajratib chiqaradi. Bundan tashqari, kasallik paydo bo‘lishi bilan ba’zio‘simliklarning kasallangan qismidagi to‘qima va hujayralar o‘lib, teshikchalar hosil bo‘ladi. Bu ham immunitetning bir xil bo‘lib hisoblanib, ayniqsa,o‘rik daraxtida ko‘p kuzatiladi.Tarkibiy immunitet o‘simliklarning anatomik va morfologik tuzilishi bilan bog‘liq. Masalan, epidermis kutikula qavatining qalin bo‘lishi yoki bargning qalin, uzun tukchalar bilan qorejaishi natijasida kasallik o‘simlikning ichki qismiga o‘taolmaydi.O‘simlik to‘qimalarining kimyoviy xossalari bilan bog‘liq bo‘lgan immunitet, ayrim o‘simliklarning o‘zlarida ko‘p miqdorda alkoloidlar, organik kislotalar, oshlovchi moddalar saqlashi bilan bog‘liqdir. Bunday o‘simliklarda kasalliklar rivojlanmaydi, ular keng tarqalishi uchunma’lum darajada kislotali, ishqorli yoki neytral muhit bo‘lishi kerak.

    Download 67 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 67 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    N.P.Nizenkovning elektrometrik usuli

    Download 67 Kb.