|
8-labaratoriya mashg`uloti: navlarning xo’jalik-biologik xususiyatlarini o’rganish. Ishning maqsadi
|
bet | 5/8 | Sana | 09.09.2024 | Hajmi | 67 Kb. | | #270693 |
Bog'liq NAVLARNING XO’JALIK-BIOLOGIK XUSUSIYATLARINI O’RGANISH So‘litish usuli. I.I.Tumanov ishlab chiqqan bu usulni qo‘llash uchuno‘rganilayotgan navlar yoki rakamlar tuvaklarda o‘stiriladi. O‘simliklar vaqti-vaqti bilan sug‘oriladi. Rivojlanishning ma’lum fazasida suv berish to‘xtatiladi va asta-sekin tuproq qurg‘oqchiligi vujudga keltiriladi. Tuvakcha tuprog‘idagi nam sarf bo‘lgach, o‘simliklar so‘liy boshlaydi. So‘lish darajasi bo‘yicha nav yoki rakamlar o‘rtasida farq yaxshi ko‘ringach, o‘simliklar yana qayta sug‘oriladi. Shunda ayrim navlar asta-sekin, ayrimlari keskin jonlanadi. Ba’zilari esa umuman o‘zgarmay, qurib qoladi. Aniq ma’lumot olish va taqqoslash mumkin bo‘lishi uchuno‘rganilayotgan navlar 4-6 takror ekiladi. Tezpishar shakllar tezpishar, kechpishar shakllari esa kechpishar navlar bilan solishtiriladi.
Garmselda qurg‘oqchilikka chidamliligini baholash. Navlarni havo qurg‘oqchiligiga chidamliligini baholash uchun ular tuvaklarda o‘stiriladi va zarur bo‘lganda maxsus xonalarga joylashtiriladi. Joylangan o‘simliklar uchunhavoning nisbiy namligi 16-18 %, issiqligi esa 38-400С bo‘lgan sharoit yaratiladi. Ta’sir etish davri va davomiyligi o‘rganilayotgan navning xususiyatlariga va mahalliy sharoitda qurg‘oqchilik ro‘y beradigan davrga bog‘liq. Natijada, garmsel ta’siriga uchragan xonadagi o‘simliklar hosili nazorato‘simliklar hosili bilan solishtirilib, navlar baholanadi. Seleksion nav yoki ashyoning qurg‘oqchilikka chidamliligini batafsil, tez va aniq baholash uchun bevosita, bilvosita va provakatsion usullar qo‘shib olib borilishi lozim. Kuzgi ekinlarda qishga chidamlilik xususiyati juda katta xo‘jalik ahamiyatiga ega, chunki ular qishlash paytida juda ko‘p, ayrim yillarda butunlay nobud bo‘lib ketadi. Uning sabablari xilma-xildir: qishning boshlanishida qor qatlamining yo‘qligi yoki juda oz bo‘lishi tufayli, kunlarning isib-sovib turishi natijasida, qalin qor qatlami yoki muz ostida damiqish oqibatida nobud bo‘lishi mumkin. Qishga va sovuqqa chidamliligini baholashda quyidagi usullardan foydalanish mumkin.
Ko‘z bilan chamalab baholash. Bu usul dala sharoitida baholash bo‘lib, bahorda o‘simliklarning o‘sishi boshlanishi davrida dalani ko‘ndalangiga yurib, ekin ko‘zdan kechiriladi va o‘simliklarning nobud bo‘lish hisobiga siyraklangan darajasi aniqlanadi va 5 balli tartibda baholanadi. Yuqori baho 5 bo‘lib - nobud bo‘lgan o‘simliklar ko‘zga tashlanmagan holda, 4-ozroq nobud bo‘lganda; 3-yarmi nobud bo‘lganda, 2-yarmidan ko‘p qismi nobud bo‘lganda va 1-deyarli hammasi nobud bo‘lganda. Bahorda o‘simliklarning barglari ancha o‘sib, zararlanganlari qurib qolgandan keyin ular sanab chiqiladi. Buning uchun har bir bo‘lakcha (maydonchaning) oxiridagi himoya hududidan 0,17 m2 kattalikda uchta yer bo‘lakchalari ajratiladi. (eni - 2 qator, bo‘yi-qator oralig‘ining kengligiga bog‘liq). Namuna maydonchalaridagi o‘simliklar ildizi bilan kovlab olinadi va tirik hamda nobud bo‘lgan o‘simliklar sanab chiqilib, foiz hisobida ifodalanadi.
|
| |