• MUHOKAMA VA NATIJALAR
  • Reja: 1 Ommoviy axborot vositalarining jamiyat hayotidagi kirish




    Download 101,11 Kb.
    bet1/4
    Sana16.01.2024
    Hajmi101,11 Kb.
    #138357
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Mavzu O\'zbekiston respublikasida ommaviy axborot vositalari (2)

    MAVZU: O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI FAOLIYATI, O'ZGARISH VA MUAMMOLAR

    Reja: 1 Ommoviy axborot vositalarining jamiyat hayotidagi

    KIRISH


    · Bugungi kunda OAV jamiyat hayotida asosiy rolni o‘ynamoqda. Shu jumladan, OAV ning O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘rni ham tezlik bilan mustahkamlanib bormoqda. Ommaviy axborot vositalarining mamlakatimizdagi faoliyatining tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 1991-yili mamlakatimizda bor yo‘gi 395 ta OAV faoliyat yuritgan. 2016- yilga kelib ularning soni 1437 taga yetgan bo‘lsa, bugun ularning soni 2 mingga yaqinlashdi va ularning aksariyati xususiydir. O`zbekistondagi ommaviy axborot vositalari uchun zamonaviy mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tashkil etildi. O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Milliy matbuot markazi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi va Xalqaro press klub kabi tashkilotlar muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. O`zbekistonda yetakchi xorijiy OAV vakillari, jumladan Reuters, France Press, BBC, The Economist, Xinhua, «Amerika Ovozi», «Fergana.Ru», Eurasianet muxbirlari erkin ishlamoqdalar.

    MUHOKAMA VA NATIJALAR


    · Hayot ko`zgusi hisoblanmish matbuot ―to`rtinchi hokimiyat‖ darajasiga ko`tarilmog`i lozimligi ko`p bora ta‘kidlangan. Bu borada hali oldimizda turgan vazifalar juda ko`p. Mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari uzoq vaqt mafkuraviy va ma‘muriy nazorat ostida ishlagani tufayli ularning hali-beri bu holatdan chiqishi, avvalo psixologik jihatdan o`zini erkin his etishi qiyin kechmoqda. Shu sababli ular o`zi uchun yangi bo`lgan hozirgi vaziyatda ba‘zan hali ham nima qilish yoki nima qilmaslik haqida yuqoridan ko`rsatma kutib o`tirgandek ko`rinishi to`g`ri tanqid qilinmoqda. Shu o‘rinda ba‘zi tanqidiy-tahliliy fikrlarga e‘tibor qaratsak. www.kun.uz saytida berilgan xabarda quyidagilar bayon etilgan:
    · ―O`zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov OAV bo`yicha selektor o`tkazmoqda. Hukumat rahbari vazirlik, hokimlik idoralari va boshqa tashkilotlarda OAV bilan ishlash talab darajasida emasligini tanqidga oldi. «Bugungi kunda OAV mamlakatda sodir bo`layotgan dolzarb voqealarga tezkor munosabat bildirmoqda.
    · Matbuotda ham turli mavzulardagi tanqidiy va tahliliy materiallar keskin ko`paydi. Bu esa jamoatchilik fikri shakllanishida muhim rol o`ynamoqda. Tan olish kerak, bundan 2-3 yil avval OAVdagi bunday ochiqlikni ko`pchilik tasavvur ham qila olmasdi.Ammo davlat organlari va OAV o`rtasida hamkorlik qanday yo`lga qo`yilgani haqidagi savolga javob yo`q. To`g`risini aytish kerak, ba‘zi rahbarlar matbuot bilan ishlashni ikkinchi va hatto beshinchi darajali ish deb qaramoqda. Ba‘zi tashkilotlar Axborot xizmati vakillariga yetarli sharoit yaratib bermagan. Shu kungacha 20 ga yaqin davlat va xo`jalik boshqaruv organlarida, 150 dan ortiq tuman, shahar va viloyat hokimliklarida Axborot xizmatlari tashkil qilinmagan. Boriga ham yana boshqa ishlar topshirib qo`yilganki, u o`z ishi bilan shug`ullanishga ulgurmaydi ham…‖ deya Aripovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri‖

    Download 101,11 Kb.
      1   2   3   4




    Download 101,11 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: 1 Ommoviy axborot vositalarining jamiyat hayotidagi kirish

    Download 101,11 Kb.