Yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot




Download 7,1 Mb.
bet1/802
Sana28.05.2024
Hajmi7,1 Mb.
#255576
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   802
Bog'liq
Barcha yo\'nalishlar uchun


1. 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot
strategiyasi qaysi tamoyilga asoslanib ishlab chiqilgan?
“Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili
asosida
2. Davlat organlarida ish yurituvini raqamlashtirish orqali ma’muriy tartib taomillarni optimallashtirish va boshqaruv jarayonini avtomatlashtirish
qaysi loyiha asosida amalga oshirish belgilangan?
“Raqamli idora” loyihasi doirasida
3. “Xalqparvar davlat” milliy dasturi amalga tatbiq etish qaysi g'oya asosida
ishlab chiqilgan?
“Davlat xalqqa xizmat ko‘rsatishi shart” g‘oyasi
4. "Norma ijodkorligi jarayonini modernizatsiya qilish, qonunchilik
hujjatlarining qat’iy ijrosini ta’minlash" maqsadi bo'yicha qanday
konsepsiyani ishlab chiqilishi belgilangan?
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini rivojlantirish konsepsiyasini
5. “Legal Tech” platformasi nma?
Tadbirkorlar va aholi, ayniqsa uning kam ta’minlangan qatlamlari uchun huquqiy hujjatlarni yurist ishtirokisiz tayyorlash imkonini beruvchi platforma
6. Taraqqiyot strategiyasining “Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va
yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash” nomli 3-yo'nalishi nechta maqsadni
o'z ichiga oladi?
16 ta
7. Taraqqiyot strategiyasida aholi salomatligini ta’minlash bo‘yicha
hududlarda birlamchi tibbiy xizmati qanday tamoyil asosida yo‘lga qo‘yish
belgilangan
«bir qadam» tamoyili
8. Har bir tuman budjetining necha foizini “Fuqarolar budjeti” dasturi
doirasida aholining takliflari asosida eng dolzarb muammolarni yechishga
sarflashni tashkil qilish belgilangan?
5%
9. Mamlakatimizni 2017-2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida o‘tgan davr
mobaynida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh
etishga qaratilgan nechta Preizdent qarori qabul qilindi?
4 mingdan ziyod
10. Taraqqiyot strategiyasiga ko'ra davlat qarzini boshqarishda yangi jalb
qilingan tashqi qarz miqdori yiliga qancha bo'lishi belgilangan?
4,5 milliard AQSh dollaridan oshib ketmasligi
11. Taraqqiyot strategiyasiga muvofiq qishloq xo‘jaligi mashinasozligi ishlab
chiqarishini yagona sanoat klasteri usulida tashkil etish qaysi shaharda
amalga oshiriladi?
Chirchiq shahrida
12. Taraqqiyot strategiyasining 6-yo'nalishi qanday nomlanadi?
VI. Milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish
13. Ta’lim-tarbiyaning interaktiv usullarini qo‘llash orqali qaysi ta'lim
muassasasini ma’naviyat va ma’rifat, madaniyat o‘chog‘iga aylantirish
nazarda tutilgan?
Maktablarni
14. Davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish bu?
Nomarkazlashtirish — davlat boshqaruvining muayyan vakolatlarini quyi tuzilmalarga, mahalliy hokimiyat organlariga berishni anglatadi
15. Global innovatsion indeksda O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini
yaxshilash va 2030-yilga qadar qanday reyting qatoriga kirish
rejalashtirilgan?
top-50 mamlakatlari qatoriga kirish
16. Ma’naviy tarbiyani baholashning ilmiy asoslangan indikatorlarini ishlab
chiqish qaysi ustuvor yo'nalish maqsadlarida belgilangan?
V. Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish
17. Inson kapitali nima?
Inson kapitali (ing. human capital) — bu inson va umuman jamiyatning turli ehtiyojlarini qondirish uchun ishlatiladigan bilimlar, koʻnikmalar toʻplami. Inson potensialini tashkil etuvchi turli xususiyatlar ichida, inson kapitali aynan daromadlarning oʻzgarishiga taʼsir koʻrsatuvchi xususiyatlarni ifodalaydi, shu jihatdan inson kapitali ishchining maxsus taʼlim, kasb-hunarga tayyorlash va ishlab chiqarish tajribasi asosida toʻplangan bilimlari, ularni amalda qoʻllashi va mahoratini oʻz ichiga oladi.
18. "Yashil iqtisodiyot" bu?
Yashil iqtisodiyot deganda, inson hayoti va sog‘lig‘i uchun zarur bo‘lgan resurslarni, atrof-muhit va ekologiyani bir butun holda saqlab qolib ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalari bilan bog‘liq iqtisodiyotni yanada rivojlantirishni amalga oshirishga asoslangan iqtisodiy faoliyatning yangi yo‘nalishi tushuniladi.
Yashil iqtisodiyot - bu ekologik xavflarni va ekologik tanqislikni kamaytirishga qaratilgan va atrof-muhitni buzmasdan barqaror rivojlanishni maqsad qilgan iqtisodiyot.
19. Ijtimoiy sheriklik bu?
Ijtimoiy sheriklik - davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, shu jumladan tarmoqhududiy dasturlarni, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlarni hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan boshqa qarorlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish borasidagi hamkorligidir.
20. 2023 yil 11 sentabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining
“O'zbekiston – 2030” strategiyasi to'g'risida”gi Farmoni qabul qilindi.
Strategiyada nechta ustuvor yo'nalish bor?
5 ta

  • har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish;


  • barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash;


  • suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish;


  • qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish;


  • “xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish.



21. Adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va

zarur shartiga aylantirishning ustuvor yo'nalishlarida amalga oshirilgan


chora-tadbirlarni ko'rsating
2-ustuvor yo’nalish (13-20 maqsad); majmua, 45-bet.
22. 2023 moliya yilidan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari
doirasida moliyalashtiriladigan tadbirlar qanday tartibda shakllantirilishi
belgilangan?
Jamoatchilik fikri asosida “Ochiq byudjet” axborot portali orqali ovoz berish yoʻli bilan.
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida jamoatchilik fikri asosida “Ochiq budjet” axborot portali orqali keyingi yil uchun tadbirlarni shakllantirish va ularga ovoz berish jarayoni — har yili noyabr-dekabr oylarida o‘tkaziladi.
23. Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o'sish sur’atlarini ta’minlashning ustuvor yo'nalishlarida amalga oshirilgan chora-tadbirlarni ko'rsating
3- ustuvor yo’nalish (21-36 maqsad); majmua, 45-bet.
24. Qaysi me'yoriy-huquqiy hujjat asosida Toshkent davlat pedagogika
universiteti pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv dasturlarni ishlab
chiqishda yetakchi oliy ta’lim muassasasi etib belgilangan?
1). O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddasida "O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosi taqiqlanadi" normasi belgilangan?
25-moddasida
2). Ma’naviy tarbiyani baholashning ilmiy asoslangan indikatorlarini ishlab chiqish qaysi ustuvor yo‘nalish maqsadlarida belgilangan?

Download 7,1 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   802




Download 7,1 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot

Download 7,1 Mb.