|
Reja: kirish buxgalteriya hisobi to‘g‘risida ma’lumot
|
bet | 1/5 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 52,05 Kb. | | #237881 |
Bog'liq BUXGALTERIYA HISOBINING DUNYODAGI TASHKILIY TAMOYILLARI11111
MAVZU: BUXGALTERIYA HISOBINING DUNYODAGI TASHKILIY TAMOYILLARI
REJA:
KIRISH
1. Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida ma’lumot
2. Buxgalteriya hisobining tarixi to‘g‘risida umumiy ma’lumot
3. Buxgalteriya hisobiga asoslangan dunyodagi chet el ilmiy maktablari
4. Buxgalteriya hisobining tashkiliy tamoyillari
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Buxgalteriya hisobi – bu moliyaviy savodxonlik va ayni paytda
raqamlarni o’qiy olish san’atidir. Agar siz o’z biznesingizni
yo’lga qo’ymoqchi yoki investitsiyalar bilan shug’ullanmoqchi
bo’lsangiz, albatta ushbu san’atni o’zlashtirishingiz shart.
Robert Toru Kiyosaki
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi va Ma’muriy islohotlar kontseptsiyasini amalga oshirish borasida belgilab berilgan chora-tadbirlar orasida eng zarur iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarda (sanoat, transport, energetika va boshqalar) sog’lom raqobat muhitini rivojlantirish, davlat va tijorat manfaatlari to’qnashuvini bartaraf etishga qaratgan holda, boshqaruv tizimini takomillashtirish; xususiy sektor samarali faoliyat ko’rsatayotgan sohalarda davlat ishtirokidagi tijorat tashkilotlarini tuzishga cheklov choralarini belgilash va amaldagi korxonalarni qayta tashkil etish, shuningdek, sog’lom raqobat muhitining rivojlanishini cheklayotgan alohida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga eksklyuziv huquqlar, individual imtiyozlar hamda preferentsiyalar berish amaliyotidan voz kechish; iqtisodiy faoliyatda, eng avvalo, davlat unitar korxonalarini tashkil etish va faoliyatini boshqarish, ishonchli boshqaruvchilar va davlatning ishonchli vakillari vakolatlarini, ularning iqtisodiy va boshqaruv samaradorligini oshirish, birinchi navbatda, davlat aktivlarini boshqarish tizimining moliyaviy shaffofligi va samaradorligini oshirishga qaratilgan davlat ishtirokidagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni boshqarishning korporativ mexanizmlarini rivojlantirish sohalarida davlat ishtirokining aniq bozor mexanizmlarini ishlab chiqish kabi masalalarga alohida urg’u berilgan. Shundan kelib chiqqan holda, iqtisodiy taraqqiyotning hozirgi bosqichida harqanday tashkilotning asosiy vazifalaridan biri mavjud mehnat, moddiy va moliyaviy resurslardan to’la va samarali foydalanish maqsadida tashkilotni boshqarishni takomillashtirishdir.
Ushbu darslik buxgalteriya hisobini tashkil etish, rejalashtirish va nazorat qilish kabi boshqaruv funktsiyalarini amalga oshirish masalalarini nazariy va amaliy jihatdan o’rganishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi.
Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotining xalqaro hamjamiyatga tobora chuqur integratsiyalashishi sharoitida buxgalteriya ishlarini xalqaro andozalar asosida tashkil etish va yuritishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu talablarni to’laligicha O’zbekiston Respublikasida moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (International Financial Report Standards - IFRS) o’tish yo’li bilan amalga oshirish mumkin.
Ushbu maqsadlarga erishish uchun buxgalteriya hisobi va hisobotini yanada rivojlantirish va takomillashtirish quyidagi asosiy yo’nalishlar bo’yicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan:
1) buxgalteriya hisobi va hisobotida hosil bo’ladigan axborotlar sifatini oshirish;
2) IFRS ilovasi infratuzilmasini yaratish;
3) moliyaviy hisobotlarning shu jumladan buxgalteriya birlashmalari hisobidan sifat nazoratini mustahkamlash;
4) buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish va yuritish, moliyaviy hisobotlar auditi bilan shug’ullanuvchi mutaxassislarning kasbiy malakasini oshirish.
1. Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida ma’lumot
Iqtisodiy islohotlarining chuqurlashib borishi, O’zbekiston Respublikasining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi o’z navbatida, mavjud qonunchilik asosini doimiy ravishda takomillashtirish, uni xalqaro me’yorlar va standratlarga moslashtirib borishni taqozo qiladi. Korxonalarni boshqarish, uning oldiga qo’yilgan reja ko’rsatkichlariga doir vazifalarni bajarish maqsadida xo’jalik faoliyati ustidan kundalik kuzatib borishni talab qiladi.
O’zbekiston Respublikasining iqtisodiyoti bozor munosabatlarini erkinlashtirish yo’li bilan rivojlanmoqda. Bozor iqtisodiyotini erkinlashtirish, davlat mulkini xususiylashtirish jarayonini chuqurlashtirish, mulkchilikning turli-tuman shakllaridagi korxonalarini yaratish hamda sog’lom raqobatchilikni rivojlantirish yo’li bilan amalga oshiriladi. Yirik ijtimoiy ishlab chiqarish, yuqori sifatli ishlab chiqarishni va boshqarishni talab qiladigan raqobatsiz rivojlana olmaydi.
Mamlakatni modernizatsiya qilish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, innovatsiya jarayonlarini jadallashtirish va bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida asosiy e’tiborni moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan oqilona va samarali foydalanishga, unumsiz sarflarni va nobudgarchiliklarni bartaraf qilishga qaratmoq kerak. Bunday ulkan ishlarni amalga oshirishda buxgalteriya hisobining roli beqiyosdir.
Ma’lumki, jamiyat taraqqiyotining asosini moddiy ne’matlar ishlab chiqarish tashkil etadi. Bu jarayonda kishilar iste’mol buyumlarini: oziq-ovqat, kiyim-kechak, poyabzal hamda mehnat vositalarini: mashinalar, inshootlar, asbob-uskunalar va hokazolar yaratadilar. Ishlab chiqarishdan olingan mahsulotlar esa sotiladi, taqsimlanadi va iste’mol qilinadi. Bunda yuzluksiz davom etadigan ishlab chiqarish, sotish (ayirboshlash) va iste’mol jarayonlari ijtimoiy takror ishlab chiqarishning mohiyatini tashkil etadi.
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish uchun esa ularni muntazam ravishda nazorat qilib, ushbu jarayonlarda sodir bo’layotgan miqdor va sifat o’zgarishlarini tavsiflovchi ko’rsatkichlarga ega bo’lish kerak.
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonlari mazmunan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda sodir bo’ladigan jarayonlar yig’indisidan iboratdir. Shuning uchun iqtisodiyotning ayrim bo’g’inlaridagi ishlab chiqarish, sotish, ayirboshlash va iste’mol jarayonlarini tavsiflovchi miqdor ko’rsatkichlarining yig’indisi takror ishlab chiqarish jarayonlari va ijtimoiy turmushdagi boshqa jarayonlarni butunligicha tavsiflay oladi.
Xo’jatik jarayonlarini va ularning natijalarini nazorat qilish kuzatish, o’lchash va ro’yxatga olish orqali amalga oshiriladi. Kuzatish orqali korxona va tashkilotlarning xo’jalik faoliyatini tashkil etuvchi ko’p sonli va turli xil faktlarga ega bo’linadi. Bu faktlarni esa ma’lum o’lchov birliklarida ifodalash hamda tegishli ravishda guruhlarga ajratib ro’yxatga olib borish zarur. Shu tariqa xo’jalik faoliyatiga baho berish uchun zarur ma’lumotlarga ega bo’linadi.
Shunday qilib, hisob yuritish xo’jalik faoliyatini boshqarish, keng ma’noda esa butun ijtimoiy ishlab chiqarishni, ya’ni jamiyatni boshqarish uchun zarur ekan. Boshqacha qilib aytganda, hisob va hisobot yuritish deb ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish va ularni boshqarishni ta’minlash maqsadida, bu jarayonlarni miqdor jihatdan aks ettirib, sifat jihatdan tavsiflashga aytiladi. Demak, hisob yuritish boshqarishning ajralmas qismi ekan.
Insoniyat tarixining dastlabki bosqichlarida hisob butun jamoaga ishlab chiqarish va iste’mol uchun qanday mehnat qurollari va mehnat buyumlari zarurligini bilish maqsadida kerak bo’lgan bo’lsa, jamiyat sinflarga bo’lingandan keyingi ijtimoiy-iqtisodiy bosqichlarda esa hukmron sinfning manfaatini himoya qilib kelgan. Boshqacha qilib aytganda, sinflar mavjud jamiyatda hisob yuritish o’zgarib, takomillashib va uning roli oshib borgan. Bozor munosabatlarini rivojlantirish bo’yicha hukumat qabul qilgan qarorlarni hayotga tatbiq qilishda, korxonalarni xususiylashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirish sharoitida hisob va statistikaning roli yana ham oshib bormoqda. Bunday ulkan vazifalarni amalga oshirish uchun hisob ma’lumotlariga ishlov berishni kompyuterlashtirish, hisobning ilg’or shakl va uslublarini qo’llash, hisob ishlariga sarflanadigan mablag’lar va mehnat sarflarini kamaytirishga erishish zarur.
Har bir xo’jalik fakti va xo’jalik muoamalalari hisobda korxona faoliyatining ham miqdor, ham sifat jihatlarini tavsiflaydigan ko’rsatkichlarga aylanadi. Bular ayrim mahsulot turlarining haqiqiy tannarxi, korxona faoliyatining moliyaviy natijalari va boshqalar.
Xo’jalik hisobi xo’jalik yurituvchi sub’ektni boshqarishda foydalaniladigan axborot tizimidan iborat bo’lib, unda korxona faoliyatida sodir bo’ladigan barcha jarayonlar va hisob ob’ektlarining holati to’g’risidagi miqdor va sifat ko’rsatkichlari haqidagi axborotlar ma’lum qoidalar va standartlar bo’yicha ularni boshqarish uchun ilmiy asoslangan qoidalarga muvofiq qayd qilinadi, o’lchanadi, ishlov beriladi, to’planadi va guruhlanadi. Xo’jalik hisobi keng qamrovli va to’laqonli bo’lishi hamda korxona iqtisodiyotini boshqarish vazifalari to’liq va o’z vaqtida amalga oshirishga yo’naltirilgan, ya’ni boshqaruv tizimi uchun foydali bo’lishi lozim.
Xo’jalik hisobining mohiyatini uning funktsiyalari orqali mufassal ochib berish mumkin (1.1-chizma).
1.1-chizma. Buxgalteriya hisobining funktsiyalari
Axborot funktsiyasi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxona faoliyati haqida o’z vaqtida, ishonchli axborotga bo’lgan ehtiyoj va unga bo’lgan talab ham oshib bormoqda.
Buxgalteriya hisobi turli xil iqtisodiy axborot iste’molchilari uchun asosiy axborot manbai hisoblanadi. Ular asosida boshqaruv va investitsion qarorlar qabul qilinadi. Hisob-kitoblar ko’rsatishicha, iqtisodiy axborotlar umumiy hajmining 70% idan oshig’i buxgalteriya axborotlari ulushiga to’g’ri keladi.
Aynan buxgalteriya hisobi tizimi korxona mablag’lari va ular manbalarining ahvoli va harakati, xo’jalik jarayonlari, korxona moliyaviy natijalari to’g’risida sintetik va analitik axborotlarni aks ettiradi va to’playdi. Buxgalteriya axborotlari operativ va statistik hisobda, rejalashtirishda, istiqbolni belgilashda, korxona faoliyati taktikasi va strategiyasini ishlab chiqishda va boshqarishda keng qo’llaniladi.
Buxgalteriya hisobida korxona mulki va ularning tashkil topish manbalaridagi o’zgarishlar, ularning harakati, xo’jalik jarayonlari va moliyaviy natijalar alohida va umumlashgan holda va boshlang’ich hujjatlarda aks ettiriladi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida buxgalteriya hisobi axborotlari uchun ishonchli, xolisona, o’z vaqtida, operativ, yuqori sifatli va iste’molchilar uchun samarali bo’lish talabi qo’yiladi. Buxgalteriya hisobi axborotining yakuniy natijasi korxonaning moliyaviy holatini ko’rsatkichlarini yaxshilash hisoblanadi.
Qo’yilgan maqsad, hal etiladigan vazifalar doirasi axborotdan foydalanuvchi bo’linmalar, boshqariladigan ob’ekt darajasiga ko’ra hisob va tahliliy axborotlarni ularning eng yuqori va eng past qismlarga bo’lish zarur. Har bir axborot turini boshqaruv ob’ektlari va berish muddatlari bo’yicha tabaqalashtirish kerak.
Axborotlar davriyligi bo’yicha: smena, sutka, hafta, dekada, oylik, choraklik va yillik bo’lishi mumkin.
Hisob funktsiyasi korxona xo’jalik faoliyatining hujjatlar asosidagi yalpi, uzluksiz va o’zaro bog’langanlik ifodasidir.
Nazorat funktsiyasi. Turli mulkchilik shaklidagi korxonalar, xo’jalik sub’ektlar huquqining kengayishi buxgalteriya hisobining nazorat funktsiyasini kuchaytirishini talab qilinadi. Buxgalteriya xodimlari turli xildagi resurslardan foydalanishni doimiy nazorat qilishi lozim. Nazorat – bu avvalambor, biznes rejada belgilangan iqtisodiy ko’rsatkichlarning bajarilishini aniqlash jarayoni hisoblanadi.
Belgilangan rejadagi ko’rsatkichlarni haqiqatda erishgan ko’rsatkichlar bilan solishtirish natijasida kelgusi davrlarda kerakli tuzatishlar rejaga kiritiladi.
Buxgalteriya hisobining maxsus usullari va amallari yordamida nazoratning uchta turi yuritiladi: dastlabki – xo’jalik muomalasi sodir bo’lgungacha; joriy – xo’jalik muomalasini amalga oshirish; keyingi – muomala sodir bo’lganidan so’nggi.
Nazorat qilish quyidagi yo’nalishlar bo’yicha amalga oshiriladi:
* ishlab chiqarilgan, jo’natilgan va sotilgan mahsulotlarning hajmi bo’yicha reja va shartnomalarning bajarilishi;
* korxona mulklarining saqlanishini ta’minlash;
* moddiy xom-ashyo, yoqilg’i-energetika, mehnat va moliyaviy resurslardan oqilona va samarali foydalanish;
* asosiy vositalar, amortizatsiya fondi va boshqa fondlardan foydalanish;
* mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan haqiqiy xarajatlarni shakllantirish va ishlab chiqarilgan mahsulotlar (bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar) tannarxini hisoblash;
* realizatsiya qilingan mahsulot (ish va xizmat)larning to’la tannarxini shakllantirish;
* turli xarajat smetalarining bajarilishi (masalan, vakillik xarajatlari, tijorat va reklama xarajatlari);
* korxonaning turli ichki xo’jalik bo’linmalari faoliyati: ishlab chiqarish bo’limlari, uchastkalari, xizmat ko’satuvchi xo’jaliklar va sh.k.;
* moliya bozorida ishtirok etish bilan bog’liq muomalalar bo’yicha (aktsiyalar, obligatsiyalar va sh.k.);
* korxona faoliyatining moliyaviy natijalarini shakllantirish va soliqqa tortiladigan bazani, hamda taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)ni aniqlash;
* mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan bog’liq xarajatlarni kamaytirish;
* shubhali qarzlar bo’yicha rezervlar va boshqa maxsus fondlarni yaratish hamda ularning ishlatilishi;
* korxonaning moliyaviy ahvoli, hamda raqobatchi korxonalar to’g’risida ma’lumot to’plash;
* moliyaviy hisobot va boshqa turdagi hisobotlarni tuzish.
Hisob jarayonining axborotlarni to’plash, o’lchash, ro’yxatga olishdan tortib, to zarur bo’lgan oraliq, natijaviy va hisobot ko’rsatkichlarini olish bilan yakunlanadigan barcha bosqichlarida kompyuter va boshqa tashkiliy-texnik vositalardan foydalanish buxgalteriya hisobining boshqaruv tizimidagi nazorat funktsiyasini kuchaytirishga doir vazifalarni bajarishga yordam beradi.
Korxona mablag’larining butun doiraviy aylanishi, ularning vujudga kelish manbalari va xo’jalik jarayonlari buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Sifatli hisob axborotlari ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida nazorat o’rnatish, zarur bo’lganda korxona va uning bo’linmalari faoliyatining butun tafsilotini nazorat qilish, uni tahlil qilish va ushbu axborotlar asosida boshqaruvning barcha pog’onalarida tegishli boshqaruv qarorlarini tayyorlash, asoslash va qabul qilishga imkoniyat yaratadi.
Mulkning saqlanishini ta’minlash funktsiyasi. Bu funktsiya buxgalteriya hisobi tizimini takomillashtirish va uning nazorat funktsiyasini kuchaytirish bilan chambarchas bog’liq. Buxgalteriya hisobini to’g’ri yo’lga qo’yish mulkning butligini ta’minlash, turli xildagi yo’qotishlar va talon-tarojlarning oldini olishga olib keladi. Buning uchun korxonada barcha shart-sharoitlarni yaratish lozim: omborxonalar, nazorat-o’lchash asboblari, o’lchash idishlari va boshqalar. Iqtisodiy islohotlarning chuqurlashtirilishi va bozor munosabatlarining erkinlashtirilishi, mulkdorlar sonining ko’payishi, tashqi iqtisodiy faoliyatning rivojlanishi sharoitida buxgalteriya hisobining ushbu funktsiyasi yanada rivojlanmoqda. Buxgalteriya hisobining xalqaro va milliy standartlari negizida, ilmiy asoslangan holda tashkil etilgan hisob tizimi nafaqat kamomad va o’g’irliklarni aniqlash, uyushgan jinoyatlarni ochib tashlash, balki, ularning oldini olishga ham imkon yaratadi.
Ushbu funktsiyani amalga oshirishning asosiy omili bo’lib, o’z vaqtida va belgilangan tartibda inventarizatsiya o’tkazish, ularning natijalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish hisoblanadi.
Tahlil funktsiyasi. Ishonchli va huquqiy asoslangan axborot korxona moliya-xo’jalik faoliyatini tahlil qilishda ishlatiladi. Tahlil bu qabul qilingan qarorlar natijasida erishilgan yutuq va kamchiliklarni o’rganish hamda u orqali natijalarni yanada yaxshilash maqsadida ichki va tashqi omillarni izlash jarayonidir.
Buxgalteriya hisobiga quyidagi bir nechta talablar qo’yiladi:
-hisobning sodda va tushunarli bo’lishi. Sodda va hamma uchun tushunarli hisobni tashkil etishdan asosiy maqsad, uni murakkablashishiga yo’l qo’ymaslik, hamda hisob ma’lumotlaridan keng foydalanuvchilar ommasi foydalana olishini ta’minlashdan iborat;
- hisobning rejaliligi. Bu talab yuqorida aytib o’tilgan soddalik talabi bilan chambarchas bog’liqdir. Hisob albatta zaruriy ma’lumot va ko’rsatkichlarga ega bo’lgan holda, hisob yuritish xarajatlarini iloji boricha kamaytirib borish lozim;
- hisobning aniq va to’g’riligi. Bu talab negizida xo’jalik faoliyatlarida kuzatish natijasida olingan ma’lumotlarni hujjatlarda aniq va to’g’ri qayd etish tushuniladi;
- hisob ishlarini o’z vaqtida amalga oshirish, ya’ni hisob ishlariga taaluqli har qanday hodisa sodir bo’lganda, albatta o’z vaqtida hujjatlarda aks ettirmoq zarur;
- hisob ko’rsatkichlari bilan reja ko’rsatkichlari birligi. Korxona, muassasa, tashkilotlarda mulkchilik shaklidan qat’iy nazar o’z oldiga joriy va kelgusi reja ko’rsatkichlarini tuzib oladi. Xuddi shu ko’rsatkichlar bilan hisob ko’rsatkichlari birligi katta ahamiyat kasb etadi va boshqalar.
Xo’jalik hisobida qo’llaniladigan o’lchovlar. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati to’g’risidagi axborotlar, agar barcha hisobga olingan resurslar va xo’jalik jarayonlari hisob o’lchovlarda ifodalansa, axborotdan foydalanuvchilar ehtiyojini qondiradi.
|
| |