Mehnat inspeksiyasining yuridik shaxslari




Download 28.84 Kb.
Sana22.04.2024
Hajmi28.84 Kb.
#203941
Bog'liq
diyor mehnat test


1.Yakka tartibdagi mehnat nizosining ko‘rib chiqilishi uchun sudga murojaat qilish huquqi quidagi javoblardan qay biri ega emas?
a.Prokuror
b. Xodim yoki kasaba uyushmasi qo‘mitasi
c. Mehnat inspeksiyasining yuridik shaxslari
2.Qaysi nizolar bo‘yicha sudga murojaat etish muddati belgilanmaydi.
a. Xodimning hayotiga va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi nizolar bo‘yicha, shuningdek xodimga yetkazilgan ma’naviy zararni kompensatsiya qilish haqidagi
b. Xodimning hayotiga va sog‘lig‘iga yetkazilgan ziyonning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi nizolar bo‘yicha, shuningdek xodimga yetkazilgan ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish haqidagi
c. Xodimning hayotiga va sog‘lig‘iga tajovuz qiluvchi nizolar bo‘yicha, shuningdek xodimga yetkazilgan ma’naviy zararni kompensatsiya qilish haqidagi

3.Ishga tiklash to‘g‘risidagi nizolar bo‘yicha muddati?


a. xodimga u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqidagi ish beruvchi buyrug‘ining ko‘chirma nusxasi topshirilgan kundan e’tiboran uch oy
b. xodimga u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqidagi ish beruvchi buyrug‘ining ko‘chirma nusxasi topshirilgan kundan e’tiboran bir yil
c. xodimga u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqidagi ish beruvchi buyrug‘ining ko‘chirma nusxasi topshirilgan kundan e’tiboran olti oy
4. xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi nizolar bo‘yicha muddat qancha?
a. ish beruvchi zarar yetkazilganligini aniqlagan kundan e’tiboran uch oy
b. ish beruvchi zarar yetkazilganligini aniqlagan kundan e’tiboran bir yil
c. ish beruvchi zarar yetkazilganligini aniqlagan kundan e’tiboran olti oy
5. boshqa mehnat nizolari bo‘yicha muddati?
a. xodim o‘zining huquqi buzilganligi to‘g‘risida bilgan yoki bilishi kerak bo‘lgan kundan e’tiboran bir yil
b. xodim o‘zining huquqi buzilganligi to‘g‘risida bilgan yoki bilishi kerak bo‘lgan kundan e’tiboran uch oy
c. xodim o‘zining huquqi buzilganligi to‘g‘risida bilgan yoki bilishi kerak bo‘lgan kundan e’tiboran olti oy.
7. Yakka tartibdagi mehnat nizosini qaysi tartibida ko‘rib chiqish davrida to‘xtatib turiladi
a.mediatsiya
b.kompleans
c.adresat
8. Mehnat shartnomasi qonuniy asossiz bekor qilingan, g‘ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazilgan, mehnat shartlari o‘zgartirilgan yoxud ishdan chetlashtirilgan hollarda yakka tartibdagi mehnat nizosini ko‘rib chiquvchi organ xodimni kelajagi nima bo‘ladi?
a. boshqa ish taklif qilinadi hamda yangi mehnat shartnomasi
b.avvalgi ishiga tiklanadi hamda avvalgi mehnat shartlarini tiklaydi
c.xoidmning roziligisiz boshqa ishga o‘tkaziladi.
9. Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi va boshqa ishga o‘tkazish haqidagi nizolar bo‘yicha qarorlar qabul qilishga oid tashkilot tugatilganligi munosabati bilan boshqa ish taklif qilish qaysi organ tomonidan amalga oshiriiladi?
a.mahalliy davlat organlari
b.mehnat inspeksiyasi
c.mahalliy mehnat organlari
10. Yakka tartibdagi mehnat nizolari bo‘yicha da’vo miqdoriga va da’voni ta’minlashga doir cheklovlar belgilanishi mumkinmi?
a.hech qanday
b.qisman
c.to‘liq
11. Moddiy zararning o‘rnini qoplash miqdori mansabdor shaxsning qancha maoshidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
a.ikki oylik
b.uch oylik
c.bir oylik
12. Xodimga nisbatan qay hollarda, sud ish beruvchi tomonidan xodimga yetkazilgan ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish to‘g‘risida xodimning talabiga ko‘ra qaror chiqarishga haqli?
a.konstitutsiyaviy huquqlari buzilishi
b.faqatgina mehnat huquqlarining buzilishi
c.mehnat huquqlari buzilishi unga ma’naviy va (yoki) jismoniy azob-uqubatlar yetkazishga sabab bo‘lsa
13. Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning qarorini ish beruvchi ushbu qaror ustidan shikoyat qilish uchun nazarda tutilgan o‘n kun o‘tganidan keyin qancha muddatda ijro etishi kerak?
a.uch kunlik
b.ikki kunlik
c.besh kunlik

14. Xodim mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning qarori qabul qilingan kundan e’tiboran qancha muddat ichida guvohnomani olish uchun komissiyaga murojaat qilishi mumkin?


a.uch oy
b.bir oy
c.ikki oy
15. Qay holatda guvohnoma berilmaydi?
a. Agar xodim yoki ish beruvchi yakka tartibdagi mehnat nizosini qaror chiqarish haqidagi ariza bilan sudga murojaat qilgan bo‘lsa
b. Agar xodim yoki ish beruvchi yakka tartibdagi mehnat nizosini ko‘rib chiqmaslik haqidagi ariza bilan sudga murojaat qilgan bo‘lsa
c. Agar xodim yoki ish beruvchi yakka tartibdagi mehnat nizosini ko‘rib chiqish haqidagi ariza bilan sudga murojaat qilgan bo‘lsa
Download 28.84 Kb.




Download 28.84 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mehnat inspeksiyasining yuridik shaxslari

Download 28.84 Kb.