|
Reja: kirish buxgalteriya hisobi to‘g‘risida ma’lumot
|
bet | 4/5 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 52,05 Kb. | | #237881 |
Bog'liq BUXGALTERIYA HISOBINING DUNYODAGI TASHKILIY TAMOYILLARI11111Buxgalteriya hisobi xo’jalik yurituvchi sub’ektning mablag’lari va manbalarining harakatini aks ettirib, xo’jalik jarayonida sodir bo’ladigan muomalalarni yoppasiga va uzluksiz kuzatib borish, kuzatish natijalarini o’lchash va hujjatlarda rasmiylashtirish, ularni yagona bir o’lchovda, ya’ni pul ifodasida umumlashtirish hamda boshqaruv qarorlarini asoslash va qabul qilish uchun zarur ko’rsatkichlarni hisoblash, baholash, ularni tegishli axborotdan foydalanuvchilarga taqdim etish maqsadida moliya-xo’jalik faoliyatini nazorat qilish tizimidir.
Xo’jalik hisobi turlarining qiyosiy tavsifi. Buxgalteriya hisobining o’ziga xos xususiyatlaridan biri, unda barcha yozuvlar tegishli ravishda rasmiylashtirilgan hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Bunda hujjatlar maxsus dalillovchi yuridik kuchga ega bo’lib, mulkning saqlanishi ustidan nazoratni kuchaytiradi va korxona faoliyatini iqtisodiy tahlil qilishni ta’minlaydi.
Buxgalteriya hisobining yana bir xususiyati – uning uzluksizligi va xo’jalik muomalalarini yoppasiga qamrab olishidir. Buxgalteriya hisobi barcha xo’jalik muomalalarini yoppasiga qayd qilishni uzluksiz amalga oshira borib, korxonalarda sodir bo’layotgan xo’jalik jarayonlarini to’la tavsiflaydi.
Buxgalteriya hisobi natura va mehnat o’lchovlarini umumlashtirgan holda barcha xo’jalik mablag’larini va xo’jalik faoliyati jarayonidagi ularning doiraviy aylanishini pul ifodasida aks ettiradi. Bubuxgalteriya hisobini operativ va statistik hisobdan farq qildirib, undan xo’jalik faoliyatini so’m bilan nazorat qilish vositasi sifatida foydalanish imkoniyatini beradi va buxgalteriya hisobining o’ziga xos xususiyatini tashkil etadi. Demak, buxgalteriya hisobi faqat pul ifodasida yuritiladi.
Buxgalteriya hisobi tadbirkorlikni rivojlantirishda va xodimlarning o’z mehnati natijalaridan moddiy manfaatdorligini kuchaytirishga har tomonlama yordam berishi kerak. Bu esa xo’jalik muomalalari va jarayonlarini pul o’lchovida yoppasiga va uzluksiz aks ettirish orqali amalga oshiriladi, sarflarni va sotishdan olingan daromadlarni pul o’lchovida taqqoslash, foydani aniqlash imkonini beradi.
Hisob axborotlarini shakllantirishning butun texnologiyasi va tashkil etilishi xo’jalik yurituvchi sub’ekt mulklarining baholanishi va harakatlanishi, uning majburiyatlari va ular bilan bog’liq xo’jalik muomalalariga qaratilgan. Ularning yig’indisi buxgalteriya hisobining ob’ektlarini tashkil etadi.
Xo’jalik hisobining alohida turlari ichida buxgalteriya hisobi markaziy o’rinni egallaydi.
Buxgalteriya hisobi axborotlarining ustuvorligi, ularning foydaliligi mazkur axborotlarning ahamiyatliligi va ishonchliligi bilan belgilanadi.
Buxgalteriya hisobi axborotlarining ahamiyatliligi boshqaruv qarorlarini qo’llashning natijasiga ta’sir ko’rsatish imkoniyatida namoyon bo’ladi. Chunki ular:
- vaziyatlarni oldindan aytish va shu asosda eng yaxshi maqbul variantlarni tanlash;
- mazkur axborot manbasi bilan uzviy aloqada bo’lish;
- axborotlarni o’z vaqtida olishga imkon beradi.
Buxgalteriya hisobi axborotlarining ishonchliligi quyidagilarga asoslanadi:
- uning xo’jalik jarayoniga mos darajadagi haqqoniyligi va to’liqligi;
- sodir bo’lgan xo’jalik muomalalari faktini tasdiqlash imkonini beradigan shaffofligi;
- agar hisob axborotlarini olish, uning ayrim foydalanuvchilar manfaatini ko’zlagan holda ataylab chalkashtirish natijasi bo’lmasa, betarafligi.
Buxgalteriya hisobining yuqorida ko’rsatilgan afzalliklari uning o’ziga xos jihatlarida mujassamlashgan. Bular:
- xo’jalik yurituvchi sub’ektning mablag’lari va mablag’lar manbalarini hamda xo’jalik jarayonlarini yoppasiga kuzatish va o’lchash;
- xo’jalik muomalalarini ro’yxatga olishning uzluksizligi va ularning hujjatlashtirilishi;
- yuqorida keltirilgan afzalliklar amalga oshmagan vaziyatlarda maxsus usullarni qo’llash (masalan, inventarizatsiya);
- joriy buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini bir hisobot davridan ikkinchisigacha tegishli hisobot shakllari ko’rinishida to’ldirish yo’li bilan umumlashtirish.
Buxgalteriya hisobining bunday o’ziga xos xususiyatlari uzoq o’tmishda aniqlangan bo’lib, masalan, 1590-yilda ispan olimi Bartalameo de Salazano tomonidan quyidagicha ta’kidlangan: “Buxgalteriya hisobi barcha fan va san’atlardan yuqori turadi, chunki hamma unga ehtiyoj sezadi, u esa hech kimga nisbatan ehtiyoj sezmaydi. Buxgalteriya hisobisiz dunyo boshqaruvsiz qolgan va odamlar esa bir-birlarini tushuna olmagan bo’lar edilar”1. Buxgalteriya hisobining yuqorida bayon qilingan afzalliklarini amalda qo’llash xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliya-xo’jalik faoliyati to’g’risida ishonchli axborotlarni to’plash va taqdim etishga imkon beradi. Bunda hisob axborotlari boshqaruvning uchta funksiyasini: rejalashtirish, nazorat va baholashni amalga oshirishni ta’minlaydi.
|
| |