Название презентации




Download 241.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana01.08.2023
Hajmi241.18 Kb.
#77829
  1   2
Bog'liq
Mehnat unumdorligi iqtisodiy o\'sish omili sifatida
Dilnura, Бланка 04.08.2020., Istemol va uning xajmiga ta\'sir etuvchi omillar, 17175, Шомуродова халима абдинабиевна, Коричка машинист насос, Турдавой книшка, MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEKISTONDAGI MA’NAVIY VA MADANIY TARAQQIYOT., hujjatlardagi zaruriy qismlar va ularni rasmiylashtirish, mulkchilik shakllari o\'zgarishining yo\'llari va usullari, Biologiya o\'qitish metodikasi (J.Tolipova, A.G\'ofurov), рецензия Назарова, Hisoblash tizimining tarkibi konfiguratsiya deb ataladi, 1BI 3(37)-2016


Mavzu: Mehnat unumdorligi iqtisodiy o'sish omili 
sifatida 
Guruh: M-108 
Bajardi: Axmadxonov A 
Tekshirdi:_____________ 
TAQDIMOT 
ANGREN UNIVERSITETI 
Fan: 
Iqtisod nazariyasi 


• Reja: 

• Ijtimoiy mehnat unumdorligi va yakka tartibdagi mehnat 
unumdorligi
• Mehnat unumdorligini aniqlash usullari 
• Mehnat unumdorligi va mehnat intensivligi nisbati 
• Mehnat unumdorligini oshirish omillari va imkoniyatlari 


• Mehnat unumdorligi - xodimlar mehnat faoliyatining iqtisodiy 
samaradorligi ko‘rsatkichidir. U ishlab chiqarilgan mahsulot yoki 
ko‘rsatilgan xizmatlar miqdorining mehnat xarajatlariga nisbatan, 
ya’ni mehnat xarajatlari birligi hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot 
bilan belgilanadi. Jamiyatning rivojlanishi va uning barcha a’zolari 
farovonligi darajasi mehnat unumdorligi darajasi va uning o‘sishiga 
bog‘liqdir. Bundan tashqari, mehnat unumdorligi darajasi ishlab 
chiqarish usulini ham, hatto ijtimoiy - siyosiy tuzumning o‘zini ham 
belgilab beradi.
• Mehnat unumdorligi ko‘rsatkichi mehnat samaradorligi va 
natijadorligining barcha jihatlarini aks ettirmaydi, masalan, u mehnat 
sifatini hisobga olmaydi, bundan tashqari, mehnat resurslaridan 
oqilona foydalanish zarurligini ifodalamaydi. «Mehnat unumdorligi» 
tushunchasiga o‘z ahamiyati jihatidan yaqin, lekin mazmunan 
yanada kengroq bo‘lgan tushuncha «mehnat samaradorligi» 
tushunchasidir. Mehnat samaradorligi eng kam mehnat xarajatlari 
bilan yuqori mehnat natijadorligiga erishish darajasini ifodalaydi. 
Mehnat samaradorligi mehnat unumdorligidan farqli o‘laroq faqat 
mehnatning miqdor ko‘rsatkichlarini emas, shu bilan birga sifat 
natijalarini ham ifodalaydi. Mehnat samaradorligi ko‘rsatkichining 
yana bir muhim ustunligi unda mehnat resurslarini tejashning aks 
etishidir. 


• Mehnat unumdorligini hisoblashda quyidagilarni ta’minlash imkonini beradigan uslubiyot ideal hisoblanishi 
mumkin: 
• korxona ishning ijtimoiy qadriyatlar bilan bog‘liqligi; 
• xodimga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatish: 
• mehnat unumdorligining umumiy va xususiy ko‘rsatkichlari bir o‘lchov bilan o‘lchanishi mumkinligi; 
• mehnat miqdori bilan sifati o‘rtasidagi bog‘liqlik. 

Har qanday mahsulot, buyum, xizmatda jonli va buyumlashgan mehnat jamlangan bo‘ladi. Bunday jami 
mehnat tufayli moddiy boyliklar yaratiladi.

Jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlari rivojlanib borgan sari jonli mehnat moddiylashgan mehnatning 
tobora ko‘proq massasini qamrab oladi. Natijada jami mehnatda moddiylashgan mehnatning ulushi ko‘payib borgan 
sari jonli mehnatning ulushi kamayib boradi. Bu mehnat unumdorligi oshganligining asosiy belgisidir. Ishlab 
chiqarishning takomillashib borishi va fan-texnika taraqqiyoti mehnat unumdorligi oshishining asosiy shartlaridir. 
Yangi texnologik jarayonlar, materiallar va avtomatlashtirish vositalarining joriy etilishi mehnatni 
mexanizatsiyalash darajasining ortishiga olib keladi. Bu ko‘rsatkichni quyidagi formula bilan ifodalash mumkin: 

Bu erda M
d
- mehnatning mexanizatsiyalash darajasi, %; 

S
m
- mexanizatsiyalashgan mehnat xodimlari soni; 

S
u
- xodimlarning umumiy o‘rtacha ro‘yxatdagi soni . 

Mexanizatsiyalashgan mehnat xodimlari jumlasiga o‘z ishini mashinalar va mexanizmlar yordamida 
bajaradigan kishilar kiritiladi. 
• Mehnatni mexanizatsiyalash (avtomatlashtirish) darajasining ortishi moddiylashgan mehnat ulushining oshganligi 
va jonli mehnat sarflashni ko‘paytirmasdan turib mehnat unumdorligini oshirish imkoniyatlaridan dalolat beradi. 

Mehnat unumdorligining asosi bo‘lgan mehnatning unumdorlik kuchi mehnat unumdorligining aynan 
o‘zi emas: haqiqiy mehnat unumdorligi yana ikkita muhim omilga - jonli mehnatning eng muhim ko‘rsatkichi 
bo‘lgan mehnat intensivligiga (jadalligiga) va ish vaqtining nominal fondidan foydalanishga ham bog‘liq. 


• Mehnat unumdorligini aniqlash usullari 

Mehnat unumdorligini o‘lchash darajasi bo‘yicha bir xildagi 
mahsulotni ishlab chiqaradigan alohida ish o‘rinlari (brigada, uchastkalar)ni 
ko‘rsatib o‘tish mumkin. Bu o‘rinda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini va 
ishlab chiqarish normalarini (dona, tonna, kub yoki kvadrat metr va hokazo) 
aniqlashning natural (tabiiy) usulini qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Bu usul 
oddiy, qulay va ishonchli bo‘lsada, u faqat bir xil mahsulot ishlab 
chiqariladigan ish joylarida qo‘llaniladi, shuning uchun ham amalda undan 
kamroq foydalaniladi. Korxonaning birigada va uchastkalarida butunlay bir 
xil mahsulot ishlab chiqarilsa, bunday holatdagina natural usul qo‘llanilishi 
mumkin: 

Misol. Agar tsexning 10 ishchisi bir hafta mobaynida 800 ta detal 
ishlab chiqargan bo‘lsa, har bir ishchining ishlab chiqargan detali 
quyidagicha bo‘ladi: 

bir haftada - 800 : 10 

80 (detal); 

bir kunda –80 : 5 

16 (detal); 

Natural usulning bir ko‘rinishi shartli-natural usul bo‘lib, bunda ish 
hajmi bir xil mahsulotning shartli birligida hisobga olinadi. Masalan, turli 
hajmdagi vagonlarga, turli hajmdagi konserva bankalari shartli bankalarga, 
turli poyabzallar shartli juftga aylantiriladi. Shartli o‘lchovlarga 
aylantirish, odatda, o‘tkazish birliklari koeffitsentlari yordamida amalga 
oshiriladi.


• Mehnat unumdorligi va mehnat intensivligi nisbati 

Mehnat unumdorligi - rivojlanib boruvchi ko‘rsatkichdir. U 
ko‘pgina sabablar va omillar ta’sirida doimiy ravishda o‘zgarib turadi. 
Ulardan bir xillari mehnat unumdorligi oshishiga yordam bersa, 
boshqalari uni pasaytirishga sabab bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari
mehnat unumdorligi darajasi va o‘sishiga mehnat jarayoni kechadigan 
sharoit ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shart-sharoitlar qulay bo‘lsa, u 
yoki bu omilning ta’sir etishini kuchaytiradi yoki noqulay bo‘lsa, bu 
ta’sirni zaiflashtiradi. Masalan, tabiiy-iqlim sharoitlari qishloq 
xo‘jaligidagi mehnat natijalariga va uning unumdorligiga jiddiy ravishda 
ta’sir ko‘rsatadi. Ishlab chiqarish vositalarining mulkchilik shakllari 
bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy shart-sharoitlar, shuningdek, ishlab 
chiqarish munosabatlari bilan bog‘liq bo‘lgan shart-sharoitlar boshqa teng 
sharoitda ham mehnat unumdorligiga jiddiy ravishda ta’sir ko‘rsatishi 
mumkin. 

Mehnat unumdorligi darajasi va uning dinamikasiga ko‘pgina 
omillar ta’sir qiladi. Omillar deb mehnat unumdorligining o‘zgarishiga 
ta’sir ko‘rsatadigan harakatlantiruvchi kuchlar yoki sabablarga aytiladi. 
Ulardan ayrimlari mehnat unumdorligining ortishiga yordam bersa, 
boshqalari unumdorlikning pasayishiga sabab bo‘lishi mumkin. 
Omillarning birinchi guruhiga mehnat vositalarining samarasini ortishi, 
mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etish va mehnatkashlar ijtimoiy 
guruhlari sharoitining yaxshilanishi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha tadbirlar 
kiradi; ikkinchi guruhi - tabiiy sharoitlarning noqulay ta’sir ko‘rsatishi, 
ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi kamchiliklar, ijtimoiy 
sharoitdagi salbiy elementlarning ta’sir ko‘rsatishi kiradi.


• Mehnat unumdorligini oshirish omillari va imkoniyatlari 

Mehnat unumdorligini oshirish zahiralarining bir necha tasniflari 
mavjud bo‘lib, ularning hammasi ikkita katta guruhga bo‘linadi: jonli 
mehnatdan (ish kuchidan) foydalanishni yaxshilash zahiralari va asosiy va 
aylanma fondlardan yanada samaraliroq foydalanish zahiralari. Birinchi 
guruhga mehnatni tashkil etish, mehnat sharoitlari, ishlovchilarning mehnat 
qilish qobiliyatini oshirish, kadrlar tarkibi va ularni joy-joyiga qo‘yish, 
uzluksiz ishlash uchun tashkiliy shart-sharoitlar yaratib berish, shuningdek, 
xodimlarning mehnat natijalaridan moddiy va ma’naviy manfaatdorligini 
oshirishni ta’minlash bilan bog‘liq masalalar kiritiladi. Ikkinchi guruh 
asosiy ishlab chiqarish fondlari (mashinalar, mexanizmlar, apparatlar va 
shu kabilar)dan yaxshiroq foydalanishi zahiralarini, shuningdek, xom ashyo, 
materiallar, butlovchi buyumlar, yoqilg‘i, energiya va boshqa aylanma 
fondlardan yanada tejamli va to‘liq foydalanishni o‘z ichiga oladi.

Zahiralar foydalanish imkoniyatlari belgilari bo‘yicha zahira 
zahiralariga va nobud bo‘lish (bekorga sarflash) zahiralariga bo‘linadi.
• Zahiralar tushunchasiga ishlab chiqarishda ish vaqtining bekor sarf bo‘lishi 
ham kiradi. Bular smena ichida va kun mobaynida bekor turishlar, ishga 
kechikib kelish va rejada ko‘zda tutilmagan ishga kelmay qolishlarning 
barchasidir; mehnatning ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda 
sarflanishi - mehnat qurollari va mehnat ashyolaridan oqilona 
foydalanmaslik hamda belgilangan texnologiya jarayonlarining buzilishi 
oqibatida mehnatning rejadagidan tashqari ortiqcha sarflanishidir. 


• Xulosalar 
• Unumdorlik - muayyan vaqt mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulot 

Download 241.18 Kb.
  1   2




Download 241.18 Kb.
Pdf ko'rish