• Multisim dasturida turli qiyinchilikdagi sxemalarni yigʻish va modellashtirish
  • Mavzu: Multisim dasturining yaratilish tarixi, xususiyatlari, bosh ishchi oynasi. Ishdan maqsad




    Download 2.6 Mb.
    bet1/20
    Sana15.03.2024
    Hajmi2.6 Mb.
    #173742
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
    Bog'liq
    elektron daftar
    Cho’ktirish reaksiyasi asosida titrlash., humoyun ot

    Mavzu: Multisim dasturining yaratilish tarixi, xususiyatlari, bosh ishchi oynasi.


    Ishdan maqsad:

    1. Talabalarning dastur bilan ishlay olish koʻnikma, malaka va qobiliyatini oshirish.

    2. Turli koʻrinishdagi sxemalarni yasashlari va tahlil qilishlari sxemalarni amaliy tushunishlariga imkon yaratish.

    Multisim dasturida turli qiyinchilikdagi sxemalarni yigʻish va modellashtirish
    Multisim komponentlari bazasiga passiv elementlar, tranzistorlar, boshqariladigan energiya manbalari, boshqariladigan kalitlar, gibrid elementlar, indikatorlar, mantiqiy elementlar, trigger qurilmalari, raqamli va analogli elementlar, maxsus kombinatsion sxemalar mavjud.
    Faol elementlar modellari ideal va real holatlarda berilgan. Oʻlchashlarni olib borish uchun ampermetr, voltmetr, osillograf, multimetr, Bode-plotter (sxemalarni chastota xarakteristikalarini grafik tasvirlagich), funktsional generator, mantiqiy analizator, mantiqiy oʻzgartirgich kabi asboblar mavjud.
    Multisim sxema tahlili oʻzgarmas va oʻzgaruvchan tokda amalga oshirilishi mumkin.
    Multisim dasturi turli murakkabliklardagi sxemalarni quyidagi harakatlar yordamida yigʻish imkonini beradi:

    1. elementlar bazasidan oʻlchov asboblari va elementlarni tanlash;

    2. elementlarni ishchi oynaning istalgan joyiga olib borish;

    3. elementni yoki elementlar guruhini muntazam 90 gradusga burish;

    4. elementlar va elementlar toʻplami yoki sxemani koʻchirib olish, oʻrnatish va oʻchirish;

    5. oʻtkazgichlar rangini oʻzgartirish;

    6. bir vaqtning oʻzida bir qancha oʻlchov asboblarini ulash;

    7. elementlar parametrlarini keng diapazonda oʻzgartirish;

    Barcha amallar sichqoncha va klaviatura yordamida amalga oshiriladi.
    Multisim dasturi oynasi ikki qismga ajratilgan: bular komponentlar paneli va komponentlar maydoni.

    1.1-rasm. Multisim dasturi koʻrinishi.
    Multisim dasturida sxema yigʻishni 2 bosqichda olib borish mumkin:

    Download 2.6 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




    Download 2.6 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Multisim dasturining yaratilish tarixi, xususiyatlari, bosh ishchi oynasi. Ishdan maqsad

    Download 2.6 Mb.