• Tarbiya texnologiyasi asoslari
  • Tarbiya jarayoni
  • Tarbiya tamoyillari
  • 1 Bajardi: Nasvaliyeva Go’zal




    Download 1.24 Mb.
    Sana12.04.2024
    Hajmi1.24 Mb.
    #193860
    Bog'liq
    Go\'zal
    554364 (2), Mavzu koreya tarixi-fayllar.org, navoiy-va-guli-monologi

    Tarbiya texnologiyalarining o'ziga xos xususiyatlari. Milliy tarbiya an'analari va texnologiyalari

    1

    Bajardi: Nasvaliyeva Go’zal

    Reja:


    1.Tarbiya texnologiyasi asoslari.
    2.Tarbiya texnologiyasining mazmun-mohiyati.
    3.Tarbiya tizimini ijtimoiylashtirish.

    Tarbiya texnologiyasi asoslari


    Bizga yaxshi ma'lumki, tarbiya jarayoni uzoq muddatli, murakkab, uzluksiz bo‘lib, u o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Garchi zamonaviy ta'lim texnologiyasi o‘quvchining ta'lim jarayonidagi yetakchilik rolini yoqlayotgan bo‘lsa-da, tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchi asosiy mavqyeyini egallay olmaydi. Chunki unda xarakter, dunyoqarash yetarlicha shakllanmagan bo‘lib, u bu borada tarbiyachining yordamiga ehtiyoj sezadi. Shu bois tarbiya texnologiyasi mantiqiy hamda tarkibiy jihatdan ta'lim texnologiyasidan farq qiladi.
    Tarbiya texnologiyasi asosida tarbiyaviy jarayon yotadi. O‘quvchilar faoliyatni tashkil etuvchilar bo‘lib, ular tomonidan erishiladigan natijalarni rejalashtirish va unga erishish usullari, bu usullarni modellashtirish, ishlab chiqarilgan reja va modellarni ro‘yobga chiqarish, bu rejalarni amalga oshiruvchi shaxsning faoliyati va axloqini boshqarish kabilar hisoblanadi.
    Tarbiya — tarbiyachi va tarbiyalanuvchi faoliyatlarini o‘z ichiga olgan ikki yoqlama jarayon. Tarbiyachilar — bilim va tarbiyaga ega bo‘lgan kishilar, tarbiyalanuvchilar — bilim va tajriba o‘rganuvchi yoshlardir. Ammo tarbiyalanuvchilar muayyan darajada aktiv faoliyat ko‘rsatmasalar tajriba va bilim o‘rgana olmaydilar.
    5

    Tarbiya jarayoni:


    — maqsadga yo‘nalganlik;
    — ko‘p omillik;
    — jo‘shqinlik;
    davomiylik;
    — uzluksizlik;
    — komplekslilik;
    — variantlilik;
    ikki tomonli xarakter;
    — natijalarning olisligi.

    Tarbiya tizimining milliy xususiyatlari:

    • milliy tarix va madaniyatning o‘ziga xos jihatlarini hisobga olish;
    • tarbiyaviy ishlarda milliy udumlar, an'analar, urf-odatlar, diniy marosimlardan foydalanish;
    • milliy madaniyat jahon madaniyatining bir bo‘lagi ekanligi tushunchasini shakllantirish.

    Tarbiya tamoyillari:


    Tarbiya tamoyillari — bu umumiy qoida bo‘lib, unda tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish mazmuni, metodlari shakllariga bo‘lgan asosiy talablar aks etgan. Ta'lim tamoyillaridan farqli ravishda ular o‘qituvchilar tomonidan tarbiyaviy vazifalarni hal etishda qo‘llaniladi. Bu tamoyillarning asosiy jihatlari: majburiylik (uyg‘unlilik), teng ahamiyatlilik hisoblanadi.
    Tarbiya tamoyillari tarbiyachilar uchun tayyor, har narsaga yaraydigan qoida emas, chunki uni qo‘llash bilan yuqori natijalarga erishib qolinmaydi. Bu tarbiyachining na tajribasini, na mahoratini almashtira oladi, ularning amalga oshirishi shaxs faoliyati bilan shakllangan.
    Download 1.24 Mb.




    Download 1.24 Mb.