|
Mavzu: koreya tarixi
|
bet | 1/5 | Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 152,26 Kb. | | #157385 |
Bog'liq Mavzu koreya tarixi-fayllar.org
Mavzu: koreya tarixi
Mavzu:KOREYA TARIXI
MUNDARIJA
KIRISH 2
I.BOB. Koreya hududida ilk inson ajdodlarining paydo bo'lishi 4
1.1.Qadimgi davrda Korea 4
1.2. Ilk temir davrida Koreya yarim oroli va unga tutash hududlar 10
II.BOB MUSTAMLAKA DAVRI. KOREYA URUSHI VA KOREYANING BO’LIN ISHI 25
2.1 KOREYANING BO’LIN ISHI 25
2.2 Ijtimoiy -siyosiy sohalardagi yangi yo'nalishlar 42
XULOSA 51
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI: 52
KIRISH
Afrosiyob devoriy suratlari orasida VII asrda Osiyoning sharqiy hududida joylashgan Tinch okean qirg'oqlarini yuvib turuvchi uzoq Kogoryo mamlakati elchilarining Samarqand hukmdori saroyiga tashrifi ifodalanganligini ko'rish mumkin. Keyinchalik ma'lum muddat bu davlatlar orasidagi o'zaro aloqalar uzilgan. Biroq, globallashuv jarayonida odamlar va sarmoyalarning chegara bilmasligi natijasida uzoq mamlakatlar orasidagi o'zaro munosabatlar odatiy holatga aylanmoqda. Qolaversa, kommunikatsiyaning yangi tizimi - tezyurar transport, internet, uyali aloqa vositalari orqali turli mintaqalarda yashovchi odamlar vaqt va makon chegarasini sezmagan holda muloqotda bo'lmoqdalar. Bugungi kunda O'zbekiston va Koreyani o'zaro strategik hamkorlik aloqalari birlashtirmoqda. Tabiiyki, ikki mamlakat xalqlarining o'zaro qiziqishlari ham kundan-kunga oshib bormoqda. Koreya Respublikasi O'zbekiston iqtisodiyotining eng yirik investorlaridan biri hisoblanadi. Minglab koreyslar mamlakatimizga tashrif buyurmoqdalar, o'z navbatida, ko'plab o'zbekistonliklar Koreyaga biznes, ish, o'qish va dam olish uchun borishi natijasida koreyslar o'zbek va rus tillarida, o'zbekistonliklar esa koreys tilida bemalol so'zlashmoqdalar. Aynan yaqin aloqalar tufayli har ikki mamlakat haqida yanada ko'proq ma'lumotga ega bo'lishga intilish ham tabiiy holatdir. Keng kitobxonlar ommasi e'tiboriga havola etilayotgan mazkur kitob ushbu maqsadni amalga oshirishga qaratilgan. Koreya tarixiga oid o'zbek va rus tillarida chop etilayotgan ushbu kitob mamlakatimizdagi birinchi nashr hisoblanadi. To'g'ri, avvallari ham O'zbekistonga Koreya, Rossiya yoki Qozog'istondan rus tilida chop etilgan va kam nusxadagi nashrlar kirib kelgan. Shuningdek, 2012 yili Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida "Mamlakatshunoslik. Koreya Respublikasi" nomli o'quv qo'llanma chop etilgan bo'lib, unda nafaqat mamlakat tarixi, balki iqtisodi, ta'lim sohasi, tilshunosligi, adabiyoti, etnografiyasiga oid ma'lumotlar berilgan. Biroq, mazkur kitobda tarixga birmuncha qisqa o'rin ajratilgan va rus tilida kam nusxada chop etilgan. Umuman olganda, so'nggi yillarda qator oliy o'quv yurtlarining koreyashunoslik bo'limlarida tayyorlangan o'quv materiallaridan amalda aynan mazkur o'quv yurti talabalarigina foydalanish imkoniga ega. Ushbu nashr keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan bo'lib, unda avvalo, yoshlarga hududiy jihatdan uzoq, lekin qarashlari jihatidan yaqin qo'shnilarimiz haqida umumiy ma'lumot berilgan. Muallif, garchi Koreya tarixi bilan bog'liq ko'plab tarixiy ma'lumotlarni bayon qilishiga qaramay, kitobda ba'zi tarixiy voqealar va ular bilan bog'liq ismlar, joy nomlari, sana va raqamlarning batafsil izohini bermagan. Chunki, kitobning hajmini inobatga oladigan bo'lsak, mazkur nashr Koreya haqidagi ma'lumotnomaga aylanishiga sabab bo'lgan bo'lar edi. Shubhasiz, bunday nashrni tayyorlash muallifning asosiy maqsadi emas. Kitobda Koreya tarixi bilan bog'liq tarzda bayon qilingan sharh va tafsilotlar kelgusida maktab, litsey, kollej va oliy o'quv yurtlari uchun tayyorlanadigan tarix darsliklarini to'ldirib, o'quvchi va talabalarning Koreya haqidagi bilimlari yanada boyishiga xizmat qiladi. Xullas, muallif kitobxonlarni Koreya tarixi va madaniyatiga jalb qilish orqali mazkur mamlakatning murakkab tarixini, koreyslarning uzoq tarixiy davr bilan bog'liq bo'lgan dunyoqarashi va tafakkur tarzini, ularning erkinlikka intiluvchi ruhi hamda mehnatsevarligini, iste'dodi va erishgan yutuqlarini yoritishga harakat qilgan. M uallif ushbu nashrning chop etilishida beg'araz yordamini ayamagan Koreya Respublikasining O'zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Koreya Ta'lim markaziga o'z minnatdorchiligini bildiradi.
|
| |