|
II.BOB MUSTAMLAKA DAVRI. KOREYA URUSHI VA KOREYANING BO’LIN ISHI
|
bet | 4/5 | Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 152,26 Kb. | | #157385 |
Bog'liq Mavzu koreya tarixi-fayllar.orgII.BOB MUSTAMLAKA DAVRI. KOREYA URUSHI VA KOREYANING BO’LIN ISHI 2.1 KOREYANING BO’LIN ISHI
Qirol Kojonning rus missiyasi ta'sirida Yapotayyorgarlik niyaning Koreyadagi missiyasi susayishiga sabab bo'ldi. Biroq Yaponiya saroyiga qaytishi bilan Koreyani bosib olishga qaratilgan harakat kuchaydi. 1898 yili Kojon Yaponiya tarafdorlari ta'sirida Rossiya yordamisiz faoliyat olib borishi haqida bayonot beradi. Natijada rus harbiy instruktorlari va moliyaviy maslahatchilari Koreyadan chiqib ketishadi. Ay nan shu yil Yaponiya va Rossiya o'rtasida shartnoma imzolanadi. Shartnomaga ko'ra, Rossiya yapon-koreys iqtisodiy aloqalariga qarshilik ko'rsatmaslik majburiyatini oladi. Bu esa, o'z navbatida, Yaponiyaning Koreyani iqtisodiy mustamlaka qilishida muhim omil bo'ldi. Bu o'rinda birgina 1901 yili Koreyadagi xorijiy savdo uylarining 87 foizi Yaponiyaga tegishli bo'lganini misol qilib keltirish mumkin. Koreyaning moliya-kredit tizimi yapon banklari nazoratida bo'ldi va mamlakatda yapon harbiy kontingenti ham oshdi. 1902 yilda Yaponiya Angliya bilan shartnoma imzoladi. Bu shartnomada ushbu mamlakatlarning Koreya va Xitoyga alohida qiziqishlari aks etgan. Shartnomada har ikki mamlakatga uchinchi bir mamlakat qarshi chiqsa, ular birgalikda o'zaro harbiy ittifoq bo'lib urushishi ta'kidlangan. Shunga qaramay, yaponlar Kojonni taslim qilib, Rossiyaga qarshi shartnoma imzolashi uchun ko'p harakat qildilar. Yirik mamlakatlar bilan o'zaro nizoli vaziyatga tushib qolishdan tashvishga tushgan koreys hukumati 1903 yili Yaponiya va Rossiyaga Koreyaning neytraliteti to'g'risidagi loyihani hamda shunga o'xshash telegrammani g'arb mamlakatlariga va Xitoyga yubordi. Yaponiya bilan Rossiyaningl903 yildagi Koreya va Manjuriya borasidagi kelishuvi boshi berk ko'chaga kirib qoldi. 1904 yilning qishida rus-yapon urushi (1904-1905) boshlandi. Urushda Rossiya mag'lub bo'lganidan foydalanib Yaponiya Koreyaga qator shartlarni qo'ydi. Chunonchi, 1904 yil 23 fevraldagi shartnomada Koreyaga tashqi hujum yoki fuqarolik urushi bo'lgan taqdirda Yaponiyaning harbiy ishtiroki ko'zda tutilgan edi. 1904 yil 24 avgustdagi shartnoma esa koreys hukumatida Yaponiya tomonidan tavsiya qilingan yapon moliya, tashqi ishlar bo'yicha maslahatchilari va Koreyaning barcha tashqi aloqalari Yaponiya orqali bo'lishi ko'zda tutildi. 1905 yil aprelda yaponlar nazoratiga pochta, telegraf va telefon tizimi o'tdi. 1905 yil 17 noyabrda kuch ishlatish yo'li bilan "Homiylik haqida shartnoma" (shartnomaga Vazirlar mahkamasining 5 a'zosi qo'l qo'ygan, imperator va bosh vazir imzo qo'ymagan) imzolangan bo'lib, unga ko'ra Koreyaning tashqi aloqalari va moliya tizimini nazorat qilish Yaponiyaga o'tdi. Aslida esa Yaponiyaga Koreyaning barcha boshqaruv tizimi o'tdi. Mamlakatni bosib olish ishlarini amalga oshirish maqsadida yaponlar Koreyada elchixona o'rniga bosh qarorgohni tashkil qildi, armiya qisqartirildi, koreys amaldorlari yaponlarga almashtirildi, politsiya xizmati Yaponiya jandarmeriyasiga bo'y sundirildi. Shu tarzda Koreyani mustamlaka qilish ishlari jadal tarzda 1906 yildan 1910 yilgacha davom etdi. Aynan shu yillarda Koreyada yaponlar soni 81,7 mingdan 171,5 mingga yetdi. Yaponlar juda arzon narxlarda yer maydonlari, tashkilotlar, binolar, o'rmon mulklarini, mahalliy baliqchilik va ovchilikni sotib oldi, ba'zan esa majburan tortib oldi. Yapon hukumatining ishtiroki asosida "Ilchinxve" ("yagona taraqqiyparvar jamiyat") singari yapon tarafdorlari jamiyati tuzildi. "Homiylik haqidagi kelishuv"ni tan olmagan holda 1907 yil iyunda imperator Kojon Koreyadagi yapon zo'ravonliklari haqida ma'lum qilish uchun Gaagadagi xalqaro konferensiyaga delegatsiya jo'natdi. Ushbu o'zboshimcha qadamga javob sifatida 1907 yil 19 iyunda yapon hukumati Kojonni taxtdan voz kechishga va taxtni o'g'li Sunjonga bo'shatib berishga majbur qildi. Shu yilning 24 iyulida Koreya yangi shartnomani imzoladi. Unga ko'ra, Yaponiyaning bosh rezidenti Koreya hukumatining faoliyati ustidan cheksiz nazoratga, jumladan, har qanday qaror chiqarish va lavozimga tayinlash huquqiga ega bo'ldi. Qisqa vaqt ichida davlat apparatining turli lavozimlariga 3 ming yapon amaldorlari tayinlandi. 1907 yil 1 avgustda koreys armiyasi tarqatib yuborildi. Koreys xalqining mustaqillik Yaponlar bosqini koreys jauchun kurashi miyatida qattiq norozilikka, uning kengayishi esa qurolli qarshilikka sabab bo'ldi. Bunday chiqishlar 1882 yildagi harbiylar isyoni paytida yapon ofitseri va yapon missiyasi xodimlarining o'ldirilishi, 1884 yilda yapon missiyasining yoqib yuborilishi, 1892 yili Kyonsanda yapon korchalonlari tog' ishchilarining quvg'in qilinishi, 1893-1894 yillardagi dehqonlar urushi va 1894 yilgi XitoyYapon urushi, 1894 yilda dehqonlar armiyasining yaponlar bilan jangi, 1895 yilda Min qirolichasi o'limidan so'ng chiqishlar, 1896 yilda yaponlar tarafdori bo'lgan amaldorlarining uylari vayron qilinishi, 1905 yilda "Homiylik haqidagi shartnoma" imzolangandan keyingi ko'cha olishuvlari tarzida ro'y berdi. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Koreyada "Iyben" (Adolat armiyasi) va "Tonnipkun" (Mustaqillik armiyasi) nomli koreys partizan otryadlari tashkil etildi. Partizanlar yapon idoralarini vayron qilib, amaldorlari o'ldirdilar, yapon politsiya va armiyasi bo'linmalariga qarshi jangga kirishdilar. 1906-1907 yillarda yaponlarga qarshi turli provinsiyalarda Xon Bom Do, Min Jonsik, Chxve Ikxyon, Sin Dolsok, Kim Sonyun va boshqalarning otryadlari jangovar harakatlar olib bordilar. Bu yillarda amalda barcha provinsiyalarda dehqonlar qo'zg'oloni alanga oldi. Qarshilik harakatlarida aholining turli qatlamlari qatnashdi, jumladan, baliqchilar yapon kemalariga hujum qildilar, port xodimlari yapon mahsulotlariga nisbatan boykot uyushtirdilar. Imperatomi taxtdan ag'darib, koreys armiyasi tarqatib yuborilgandan so'ng, yapon istilosiga qarshi qurolli harakatlarning yangi to'lqini alanga oldi. 1907 yil iyulda Vonju shahri garnizoni qo'zg'aldi. Uning asosida tashkil etilgan otryad qator uyezdlarda harakat qildi. Avgustda Kanxvado oroli soldatlari ko'tarildi. Harbiylar o'rtasidagi g'alayon Koreyaning ko'plab shaharlarida bo'lib o'tdi. Harbiylaming bir qismi partizanlik urushini olib bordi. Yil so'ngida qo'zg'olonchilik harakatlari barcha provinsiyalarni qamrab oldi. Agar 1907 yilda yapon qo'shini va jandarmeriyasi partizanlik otryadlari bilan 322 ta jangda ishtirok etgan bo'lsa, 1908 yilda bunday janglar 1451 tagacha (bunga kichik to'qnashuvlar kirmagan) sodir bo'ldi. Armiya-politsiya bo'linmalariga qarshi urush harakatlaridan tashqari, qo'zg'olonchilar yapon ofitserlari va amaldorlariga hamda yaponparast koreys amaldorlari va "Ilchinxve" Yaponiya tarafdorlari tashkilotiga qarshi shaxsiy terrorni qo'lladilar. Masalan, 1907 yil sentyabridan 1908 yilning avgustigacha Yaponiyadan Koreyaga yuborilgan amerikalik diplomat Stivens AQShda koreys xalqi homiylik haqidagi shartnomani ma'qullashmoqda, deb e'lon qilgani uchun 1909 yil oktyabrda Xarbin vokzalida An Jun Gin tomonidan Koreyadagi bosh rezident Ito Xirobumi o'ldirildi. 1910 yilga kelib qurollangan yapon armiyasining ustunligi tufayli qo'zg'olonchilarning asosan dehqonlardan tuzilgan uyushmagan otryadlari kamayib bordi. Qator taniqli partizanlarning yetakchilari qo'lga olindi va jazolandi (Xo Vi, Li Gan Nyon). Qo'zg'olon harakatlarini olib borgan hududlar aholisi qamoqqa olindi yoki otib tashlandi. Xon Bom Do va ba'zi boshqa sardorlarning otryadlari Manjuriya va Rossiya Primoresiga ketishga majbur bo'ldilar va ular bu yerlardan Koreyaga yurishni davom ettirdilar. Bundan tashqari, alangali xalq chiqishlari va "Iybek" otryadining qurolli kurashlari oqibatida mustaqillik uchun kurashning boshqacha shakli paydo bo'ldi. Shunday tashkilotiardan biri "Tonnip xyopxve" ("mustaqillik jamiyati") bo'lib, unga ziyolilar, talabalar, vatanparvarlik kayfiyatidagi yanbanlar va amaldorlar kirgan. Jamiyat "Tonnip" ("Mustaqillik") gazetasini nashr qildi, miting va namoyishlar tashkil etildi. 1904 yil iyunda ishlov berilmagan barcha yerlami yapon kompaniyalariga berilishiga qarshi chiqqan "Xavfsizlikni ta'minlash jamiyati" ("Poanxve", boshlig'i Son Su Man) tashkil topdi. "Poanxve" rahbarlari qamoqqa olindi, jamiyat esa tarqatib yuborildi. "Poanxve" ishining davomchisi "Xyoptonxve" ("Hamkorlik jamiyati") bo'ldi, biroq uning rahbarlari ham (Li Jun va b.) qamoqqa olindi, ammo noroziliklar bosimi ostida tezda ozod etildi. 1904 yilning dekabrida yopiq tashkilot a'zolari tomonidan "Konjinxve" ("Sotsial rivojlanish assotsiatsiyasi", yetakchisi Li Jun) tuzildi, biroq keyingi yilning boshida u ham tarqatib yuborildi. Shunga qaramay, 1905 yilning mayida "Konjinxve"ning sobiq a'zolari - "Xonjon yonguxve" ("Konstitutsion huquqni o'rganuvchi jamiyat") nomli yangi tashkilot tuzadi, ammo u ham tez orada yopildi. Taqiqlangan tashkilotlar a'zolari taslim bo'lishni maqsad qilmadilar va 1906 yilda ular mamlakatning 25 ta uyezdida o'zining bo'limlariga ega bo'lgan "Texan chaganxve" ("Koreyani mustahkamlash jamiyati")ni tuzadi. 1907 yilning yozida imperator Kojonning taxtdan tushirilganligi haqida xabar topgach, "Texan rhaganxve" odamlami ko'chaga olib chiqadi. 1907 yil avgustda "Texan chaganxve" vatanparvarlik targ'iboti va namoyishlar o'tkazuvchi lashkilotlami taqiqlash huquqini beruvchi yangi "Ijtimoiy tinchlikni saqlashni qo'llab-quwatlash to'g'risidagi qonun"ga binoan tarqatib yuboriladi. Ammo "Texan chaganxve" a'zolari o'zining yangi nomdagi "Texan xyopxve" ("Qirollik jamiyati") tashkilotini tuzdilar, u o'zining bosma nashr etishdi va 1909 yil boshlarida esa 60 ta bo'limga ega bo'ldi. Shuningdek, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga yo'naltirilgan milliy tarixni, boshqa mamlakatlardagi mustaqillik uchun kurashlami o'rgatuvchi ma'rifatparvarlik tashkilotlari tuzildi. Davlat maktablari qanchalik yaponlar nazorati ostida bo'lsa, u yerda yapon tarixi o'rgatilgan, ma'rifatparvarlar xususiy maktablarni tashkil eta boshladi, 1908 yilda bunday maktablar 3000 tadan ortiq bo'lgan. Yaponiya tarafdorlari hukumat xalq ongidan milliy o'zlikni anglashni o'chirish uchun barcha choralarni qo'lladi. Ko'plab xususiy maktablar va ma'rifatparvarlik jamiyatlari yopildi, faqat 1909 yilning o'zida hukumat tomonidan ma'qul topilmagan 4000 dan ortiq jurnallar, kitob va darsliklar yo'q qilindi. Koreyaning bosib olinishi. 1909 yil yozidan 1910 yilning yoziMustamlakachilik davri ga qadar Yaponiya Koreyani bosib (1910 -1945 yy ) olishga qaratilgan qator tadbirlarni amalga oshirdi. Koreys sudi tarqatib yuborildi, ularning o'mini yapon sudlari egalladi; politsiyaga nisbatan ham xuddi shunday usul qo'llanildi. Koreyaga ko'chib o'tgan yaponlarning soni keskin ko'paydi - 1908 yilda 12 mingdan 1910 yil oxirlarigacha 210 ming nafarga qadar. 1909 yil 4 dekabrda Yaponiya tarafdorlari tashkiloti - "Ilchinxve" raisi Li Yon Gu imperatorga va hukumatga hamda yapon bosh rezidentiga Koreyaning Yaponiyaga qo'shilishi to'g'risidagi iltimosnoma bilan murojaat qildi, bu ko'plab shaharlarda mitinglarga sabab bo'ldi. Qolaversa, bu vaziyat partizanlik otryadlari harakatlari faollashishiga olib keldi, mamlakat bo'ylab dehqonlar va shaharliklarning chiqishlari bo'lib o'tdi. Koreyadagi yapon hukumati g'alayonlar o'choqlariga barcha kuchlarini tashlashga majbur bo'ldi. Noroziliklar butun mamlakat bo'ylab kengayib borayotganini ko'rgan yangi bosh rezident Sone Araske, keyinchalik esa yapon hukumati Yaponiyaning Koreyani qo'shib olish rejasi yo'qligini e'lon qildi. 1910 yilning bahorida Sone Araske sobiq harbiy vazir Terauti Masatake bilan almashtirildi. Koreyaga yangi qo'shin va jandarmeriya kela boshladi. "Iybyon" otryadlariga qarshi jazo operatsiyalari kuchaydi, koreys ijtimoiy tashkilotlari yopildi. Koreyaning ichkarisida ham, uning tashqarisida ham koreys vatanparvarlari dunyoning yirik davlatlari e'tiborini mamlakat bosqiniga qaratishga harakat qildi, ammo Angliya va AQSh Yaponiyaning Koreyadagi protektoratini qo'llab-quvvatladi.. 1910 yil 22 avgustda Koreya kuchli bosim ostida imzolagan, bosib olish to'g'risidagi shartnomaga ko'ra, o'z suverenitetini yo'qotdi va Yaponiyaning general-gubematorlik ko'rinishidagi mustamlakasiga aylandi. Mamlakatda boshqaruvning harbiy-politsiya idora usuli kiritildi. Yaponlar tomonidan tuzilgan qatag'onlik apparati - muntazam qo'shin va jandarmeriya, sudlar va qamoqxonalar mavjudligi - ularga mamlakatning tabiiy resurslarini talon-taroj qilish va koreys xalqi bilan shafqatsizlarcha munosabatda bo'lish imkonird berildi. Koreya Yaponiyaning xomashyo va oziq-ovqat bazasiga aylandi. Koreya sanoati yaponlar qo'liga berilgan edi, ular o'rmon va tabiiy resurslardan hamda muhim baliq ovlash uchastkalaridan tanho foydalanish huquqini oldi. Ko'plab iste'mol mahsulotlarini sotishda general-gubernator monopoliyasi o'matildi. "Yer islohoti" vositasida general-gubernator qo'l ostida mamlakatning haydaladigan yerlarining 40 foizito'plandi. 70 foizdan ortiq qishloq xo'jaligi mahsulotlari Yaponiyaga olib ketildi. Yerning ijara to'lovi hosilning 50-70 foizga yetdi, uzoq muddatli qarzlar esa 60-70 foizni tashkil etdi. 52 dan ortiq soliqlarning joriy etilishi natijasida odamlarning oxirgi buyumlarigacha tortib olindi. Dehqonlar o'z chek yerlaridan ham mahrum bo'ldilar. Albatta, mustamlaka hukumatning maqsadi koreyslaming o'zligini anglashini tugatishdan iborat bo'lgan. Koreyslar o'z tarixi va ona tillarini unutishga majbur qilindi. Nafaqat siyosiy, balki ilmiy, adabiy, sport va boshqa sohalarda ham koreys uyushmalari tuzish taqiqlandi.
Koreys teatrlari, muzeylari yopib qo'yildi, milliy bayramlar, raqslar, musiqa, milliy kiyim kiyish, koreys tilidagi adabiyotlarni chop etish taqiqlandi. Koreys tarixi va geografiyasiga oid yuz minglab kitoblar yoqib yuborildi. Shuningdek, koreys tili, adabiyoti va o'tmishdagi milliy qahramonlar biografiyasi mavjud bo'lgan kitoblar taqiqlandi. Koreys tili esa maktablarda "xorijiy" o'Ion qilindi. Rasmiy til yapon tili bo'ldi. Maktablarda darslar ham yapon tilida olib borildi. Yapon tili ona tili sifatida o'qitildi. Vatan tarixi esa Yaponiya tarixiga aylantirildi. Koreyslar boshqarish huquqiga ega bo'lmagan qator lavozimlar ro'yxati bo'lgan. 1912 yildan 1918 yilgacha mahkum etilganlar soni 52 mingtadan 142 mingtagacha yetgan. Koreya bosqini va mustamlakachilik zulmi milliy-ozodlik harakatining turli xil shakllarini keltirib chiqardi. Yaponlarga qarshi chiqishlarning o'sishiga Rossiyadagi 1917 yilgi Oktyabr voqealari o'zining Sharq xalqlari o'z millat taqdirini o'zi belgilashi va mustaqil taraqqiyoti borasidagi g'oyalari bilan, Rossiya Uzoq Sharqidagi koreys otryadlarining bosqinchilarga (shu jumladan, yaponlarga) qarshi qurolli kurashi, rossiyalik koreys inqilobchilarining Koreya aholisi orasida yaponlarga qarshi varaqa va gazetalarni tarqatishi hamda AQSh Kongressining prezident V. Vilsonga yuborgan mustamlakachilikka qarshi yo'nalishdagi 14 banddan iborat murojaati kabilar katta ta'sir ko'rsatdi. 1918 yilda chegara rayonlarda partizanlik harakati kuchaydi, korxonalarda 50 marta ish tashlash ro'y berdi, tinimsiz dehqonlar qo'zg'olonlari bo'lib turdi. 1918 yilning noyabrida Manjuriyadagi koreys emigrantlari guruhi "Koreya mustaqilligi Deklaratsiyasi"ni nashr qildi, u yapon mustamlakachiligiga qarshi xalqaro qarshilikni va bosib olish to'g'risidagi shartnomani bekor qilishga chaqirdi. 1919 yil fevralda Tokiodagi koreys talabalari tayyorlagan Mustaqillik Deklaratsiyasi dunyo yuzini ko'rdi va bu hujjat Yaponiya hukumati, diplomatlar, gazeta va jurnallarga yuborildi. Mart oyidagi namoyishlar yaponlarga qarshi harakatlaming eng yuqori cho'qqisi bo'ldi. 1919 yilning 1 martida diniy xizmatchilar guruhi, ziyolilar vakillari va 33 kishidan iborat boshqa qatlamlar yangi Mustaqillik Deklaratsiyasini imzoladilar. Deklaratsiya yapon politsiyasiga topshirildi, keyinchalik esa Seuldagi "Tabiat" parkida ko'p ming kishilik mitingda o'qib eshittirildi. Ikki kun davomida butun Koreya bo'ylab yaponlarga qarshi chiqishlar va ish tashlashlar avj oldi, politsiya va armiya bilan to'qnashuvlar bo'lib o'tdi. Mart kunlarida Koreyaning barcha provinsiyalarida, ya'ni 218 uyezdidan 211 tasini qo'zg'olon qamrab oldi, 1500 dan ortiq namoyish va chiqishlarda 2 mln.dan ortiq kishi qatnashdi. Yapon hokimiyati qo'zg'olonchilarni bostirish uchun politsiya, jandarmeriya va mun- tazam qo'shinninyubordi. 7500 dan ortiq kishi o'ldirildi, 16000 ming odam yaralandi va 47000 atrofidagi fuqaro qamoqqa tashlandi. Martdagi qo'zg'olon koreys diasporalarini ham mustaqillik uchun kurashga undadi. 1919 yil 17 martda Nikolsk-Ussuriyskda tuzilgan Koreya milliy kengashi, Koreya mustaqilligi Deklaratsiyasini nashr etdi va ommaviy namoyishga to'pladi. 18 martda bunday namoyish Vladivostokda ham bo'lib o'tdi. Manjuriyadagi miting va namoyishlarda 600 ming atrofidagi omma ishtirok etdi. Yaponiyaning o'zida ishlovchi koreys ishchilarining ham ommaviy ish tashlashlar boshlandi. 1919 yil aprelda Shanxaydagi emigrant guruhlar emigratsiyadagi Muvaqqat hukumatni tuzdilar. U Konstitutsiyani tayyorladi, imda monarxiyadan voz kechilib, Koreya Respublika deb e'lon qilindi. Manjuriyada muvaffaqiyatli urush harakatlarini "Shimoliy armiya boshqarmasi" ("Punnogun chonso", komandir Kim Chva Chjin) va "Mustaqillik armiyasi" ("Tonnipkun", komandir Xon Bomdo) kabi qo'zg'olonchi otryadlar olib bordilar. 1920 yilda ushbu otryadlar Ponodon va Chxonsann qishloqlaridagi yapon qismlarini taslim qildi. Mart qo'zg'olonidan so'ng yapon hukumati jandarm-politsiya boshqaruvini "madaniy boshqaruv davri" bilan almashtirishga qaror qildi. Ijtimoiy tashkilotlar - sport, ishchi, ilmiy, adabiy jamiyatlar tuzishga ruxsat etildi. Lekin vatanparvarlik tashkilotlari avvalgilardek qatag'onga uchradi. Ruxsat berilgan gazetalar politsiya senzurasi ostida bo'ldi. Bu vaqtda bir necha o'nlab yapon gazeta va jum allari chop etildi. Aslida "madaniy boshqaruv" Koreyani yaponlashtirishning niqoblangan shakli edi, xolos. Koreyaliklar buni anglab yetishgan bo'lib, bu yangi chiqishlarga olib keldi. 1926 yilning iyunida, ya'ni Koreyaning so'nggi imperatori Sunchjon dafn etilgan kuni talabalar namoyishi politsiya tomonidan tarqatib yuborildi. 1929 yil 3 noyabrda esa yaponlarga qarshi qo'zg'olon Kvanju shahrida avj oldi. Talabalarning shiddatli chiqishlariga aholining boshqa qatlamlari ham qo'shilgan bo'lib, qo'zg'olon butun Koreyani qamrab oldi. 1930 yilda talabalar isyonida 194 o'quv yurtlari qatnashgan, ishtirokchilar soni esa 54 ming kishidan ortiqni tashkil etgan. Umuman olganda, 20-yillarda ishchilaming doimiy namoyishlari va ish tashlashlari hamda dehqonlar va talabalarning chiqishlari qayd etilgan. Mustamlakachilarga qarshi terroristik harakatlar ham davom etgan. Kim Ik San yapon general-gubematorligi binosini, Kim San Ok esa politsiya uchastkasini portlatib yubordi. Sok Chjuda sharq mustamlakachiligi bo'yicha boshqarma boshlig'i o'ldirildi. 1932 yili esa Yun Bon Gil Shanxaydagi yapon amaldorlari guruhi ustiga bomba uloqtirdi. 1931 yil Yaponiya Manjuriyaga bostirib kirdi. Bundan keyin Yaponiya "manjur-koreys majmuasini" -O siyoning keyingi istilosi uchun platsdarm tuzishga kirishdi. "General Tanaka memorandumi"ga ko'ra (1927 y. 25 iyun), Yaponiyaning zabt etiladigan nishoni Manjuriya, Xitoy, Mo'g'iliston, Hindiston, Markaziy Osiyo, Rossiya Uzoq Sharq va barcha Tinch okean havzalari bo'lgan. Yaponiyaning rejasida Koreya asosiy kontinental platsdarm sifatida qaralib, mamlakatda harbiy ahamiyatga ega bo'lgan korxonalar, yirik metallurgiya, kimyo zavodlari va elektrostansiyalar qurila boshladi. Mustamlaka sanoatlashtirish nomini olgan kon-ruda ishlari va kommunikatsiya tizimi rivojlantirildi. 1937 yilda Xitoy-Yapon urushi boshlandi. 1940 yilda Germaniya, Italiya va Yaponiya o'rtasida harbiy ittifoq to'g'risida pakt imzolanadi. 1941 yilning yozida Yaponiya o'z qo'shinini Hindixitoyning janubiy qismiga olib kiradi. 1941 yilning 7 noyabrida yaponlar Amerika harbiy bazasi Pyorl-Xarbomi bombardimon qiladi. Keyin esa ular Filippin, Gonkong, Malayziya, Indoneziya, Birma va Avstraliyadan uzoq bo'lmagan qator orollami zabt etdi. Yaponlar qo'l ostida 400 mln. atrofidagi aholiga ega bo'lgan 10 mln. km2 ga teng juda katta hudud bo'lgan. Bunday katta hudud ustidan nazoratni ushlab turish uchun yirik va ayni paytda sodiq ishchi va harbiy resurslar zarur edi. Shu bois Yaponiya koreyslaming ommaviy ravishda assimilyatsiyalashishi uchun barcha choralami ko'rdi. 1937 yilda koreyslarga sintoizm (yaponlaming dini) majburiy kiritildi va barcha jamoat joylarida faqat yapon tilida so'zlashish to'g'risida farmon chiqdi (kimda-kim yapon tilini bilmasa, tarjimon xizmatidan foydalanishi shart edi). 1938 yilda koreys tilini dastlab o'rta maktablarda, keyinchalik esa boshlang'ich maktablarda ham o'qitish taqiqlandi. 1940 yilda koreyscha familiyalami yaponcha familiyalarga majburiy almashtirish kompaniyasi boshlandi. Shu yili koreys tilida chiqadigan ikkita yirik gazeta "Choson ilbo" va "Tona ilbo" yopildi. 1942 yildan esa barcha o'quv yurtlarida o'quvchilar yapon tilida so'zlashishi, o'qishi va yozishlari shart edi. 1939 yildan koreyslar Saxalin oroliga, Yaponiyaga va JanubiSharqiy Osiyodagi yapon mustamlakalariga dastlab yollash asosida, keyinchalik esa majburiy ishchi kuchi sifatida yuborila boshladi. Politsiya otryadlari koreys qishloqlarida maxsus qurshovlar uyushtirdi. 1942 yilda koreys yoshlari harbiy ta'limni maxsus joylarda olishlari shartligi to'g'risida farmon chiqdi (1943 yilda 120 ming atrofidagi koreyslar yapon armiyasida xizmat qilish uchun tayyorgarlikdan o'tkazildi). 1944 yilning yanvaridan boshlab armiyaga kollej o'quvchilari ham chaqirila boshlandi. Qizlar va yosh ayollar esa frontga jo'natildi, u yerda ularni yapon soldat va ofitserlari shahvoniy maqsadlarda foydalaniluvchi qullarga aylantirishdi (turli ma'lumotlarga ko'ra, 140 mingdan 180 ming nafargacha koreys ayollari bunday ishlar qurboniga aylangan). Koreys vatanparvarlarining bosqinchilarning o'zboshimchaligi va zulmiga qarshi kurashi Koreyada va uning tashqarisida ham davom etdi. Garchi ilgari Manjuriyada harakat qilgan partizanlik otryadlari 20- yillarda sovet Uzoq Sharqiga ketgan bo'lsa-da, 30-yillaming ikkinchi yarmida Xitoy hududida koreys partizanlari harakatlanislmi davom ettirgan, biroq ular Xitoy Kommunistik partiyasi tomonidan tashkil etilgan partizanlik armiyasi tarkibida bo'lgan. 1937 yilning iyunida Kim Ir Sen, bo'lajak KXDRning rahbari boshchiligida koreys partizanlari Koreya hududidagi Pochxonbo qishlog'iga yurish qiladi, u yerda ular yapon muassasalariga hujum uyushtirishadi. 1940 yilda Koreya Muvaqqathukumatining mustaqillik armiyasi bazasida Tiklanish armiyasi ("Kvanbokkun") shakllangan. 1941 yilda u Yaponiya va Germaniyaga qarshi urush e'lon qiladi va Xitoydagi, Hindiston va Birmadagi yaponlarga qarshi kurash olib boradi. Koreyada maxfiy tashkilotlar tashkil etiladi, koreys ishchilari nafaqat ish tashlashlami, balki qo'poruvchilikni ham uyushtiradi. Masalan, 1942 yilda ishchilar Chechjudodagi yapon harbiy-havo bazasida 4 ta angami yoqib yuborgan, 70 ta atrofidagi samolyotni, ikkita sisternani yo'q qilgan va 140 dan ortiq yapon uchuvchilari va mexaniklarini o'ldirgan. 1943 yilda Xveryondagi ko'mir koni portlatilgan va Chonjudagi harbiy zavod yoqib yuborilgan. Qo'zg'olonchilar yapon eshelonini safdan chiqaradi, transport yo'llarida portlashlar uyushtiradi. KXDR va Koreya 1945 yil 5 aprelda SSSR 1941 yilda YapoRespublikasining niya bilan tuzilgan betaraflik to'g'risidagi tashkil tonishi shartnomani bekor qildi. Fashistlar Germaniyasi taslim etilganidan so'ng, Moskvaga yapon shahzodasi Konoe Yaponiyaga xujum qilmaslik va Koreyani qayta mustamlaka etishdan voz kechish evaziga SSSRning Kuril va Janubiy Saxalinga ega bo'lish taklifi bilan keldi. Biroq shahzoda qabul qilinmadi. 1945 yil 8 avgustda Yalta va Potsdam konferensiyalari antifashist kuchlarining qaroriga muvofiq SSSR Yaponiyaga qarshi urush e'lon qildi, 9 avgustda esa Manjuriya va Koreyada joylashgan Kvantun armiyasiga qarshi urush harakatlarini boshladi. 11-22 avgustda Ungi va Najin portlari, Chxonjin va Vonsandagi harbiydengiz bazasi egallandi. 15 avgustda yapon imperatori urush harakatlarini to'xtatish haqida buyruq beradi, ammo Koreyaning yapon qismi yana bir muddat qarshilik ko'rsatdi. 24 va 25 avgustda sovet qo'shinlari Xamxin va Pxenyanga tushirildi. 25 avgustda Shimoliy Koreyadagi barcha yapon qo'shini qurolsizlantirildi, sentyabr boshlarida sovet qismi 38-parallelga chiqdi. 2 sentyabrda Yaponiyaga ittifoqchi davlatlar taslim bo'lganlik to'g'risidagi shartnomani imzoladilar. 8 sentyabrda esa Amerika qo'shini Inchxonga tushirildi va 38-parallelning janubiy qismini egalladi. Koreya mustamlaka iskanjasidan ozod etildi. Biroq yagona mustaqil davlat haqidagi orzu amalga oshmadi. Qarama-qarshi mafkuraviy va geosiyosiy qiziqishlar tufayli, Koreyaning Shimoli va Janubida tuzilgan Amerika va sovet ma'muriyati bosib olingan doiralarda o'zlarining tartiblarini o'rnata boshladi, bu esa ichki siyosiy nizolarni kuchaytirdi va y a n g i sotsial g'alayonlarni qo'zg'atdi. 1945 yil 16-26 dekabrda Moskvada AQSh, SSSR va Angliya tashqi ishlar vazirlarining kengashi o'tkazildi. Koreyada 5 yillik vasiylik tartibini o'rnatishga, uning doirasida mamlakatning muvaqqat hukumatini tuzishga kelishildi va bu bilan bog'liq holda 1946 yil 20 martdan 1947 yil 18 oktyabrga qadar ish olib borgan Sovet-Amerika qo'shma komissiyasi tuzildi. Ammo o'zaro qarama-qarshiliklar tufayli uning ishi natija bermadi. 1947 yil noyabrda AQSh tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasi Koreyaning har ikki qismida umumiy saylov o'tkazish va BMTning Koreyadagi Vaqtinchalik komissiyasi nazorati ostida hukumat shakllantirilishi to'g'risida qaror qabul qildi. SSSR ushbu komissiyaning Shimoliy Koreyaga kirishini rad etgach, ushbu saylovlar faqat Janubda o'tkazildi (1948 yil 18 may). Saylov natijalariga ko'ra, Koreya Respublikasi parlamenti shakllantirildi, u mamlakat konstitutsiyasini qabul qildi va prezidentni sayladi, keyinchalik hukumat va sud hokimiyati shakllantirildi. 1948 yil 15 avgustda, yapon hukmronligidan ozod etilganlikka uch yil to'lgan kunda, Koreya Respublika deb rasman e'lon qilindi. 1948 yil 9 sentyabrda esa Yuqori xalq kengashining 1-sessiyasida yarim orol shimolida Koreya Xalq Demokratik Respublikasi tashkil etilib, uning konstitutsiyasi qabul qilindi. Koreys urushi 1948-1949 yillarda chet el qo'shinlari Koreya yarim orolidan olib chiqib ketildi (avval sovet, keyin esa Amerika). 1950 yil 25 iyunda mamlakat 3 yil davom etgan fuqarolik urushi girdobiga tortilgan edi. Shimoliy Koreya va sovet adabiyotlarida urush tashabbuskorlari Janub deb, Janubiy Koreya, g'arb va zamonaviy Rossiya adabiyotlarida esa Shimol deb aytiladi. Urushning dastlabki bosqichida Shimol armiyasi Seulni shiddat bilan bosib oladi va raqib qo'shinini Koreya yarim orolining janubisharqiy chekkalariga surib borgan holda Janubi Koreyaning katta qismini egallab oladi. Biroq BMT Xavfsizlik Kengashining mandatiga ko'ra, Janubiy Koreya tomonidan xalqaro qurolli kuchlarning, eng avvalo, AQSh, shuningdek, boshqa davlatlarning urushga kirishi, Janubiy Koreya armiyasining qarshi xujumga o'tishiga imkon berdi. Seul qaytarib olindi, harbiy harakatlar esa Shimoliy Koreya hududiga ko'chdi. Janubiy Koreya qo'shini va BMT kuchlari Pxenyanni egalladi va Koreys-Xitoy chegarasidagi Amnokkan daryosiga chiqdi hamda koreys-sovet chegarasidan uzoqda bo'lmagan Chxonjinni egalladi. Ammo Xitoy boTinmalarining Shimoliy Koreya tomonidan urushga kirishi 1950 yil oktyabrda yana Janubiy Koreya va BMT qo'shinini 38- parallelga chekinishga majbur etdi. Front chizig'i ushbu parallel rayonlarda barqarorlashdi, harbiy harakatlar esa navbatma-navbat hujumkorlik va himoyaviy xarakter kasb etdi. 1953 yil 27 iyulda KXR, KXDR va BMT qo'shini vakillari tomonidan sulh imzolandi. Urush millionlab kishilar hayotiga zomin bo'ldi. Mamlakat iqtisodi vayron bo'ldi: taxminan 80 foizsanoat va transport infrastrukturasi, 50 foiz atrofidagi turar joy fondi vayron bo'ldi. Ustiga-ustak, urush millatning yanada parchalanishiga, o'zaro dushmanlik va ishonchsizlikka olib keldi.
BO'LINGAN KOREYA Janubiy Koreya Mamlakatning birinchi prezidenti Li Sin Man hukmronligi davri (1948-1960) avtoritarizm, iqtisodiy holatning yanada yomonlashishi, umumiy korrupsiya va demokratik erkinlikning poymol bo'lishi bilan xarakterlanadi. 1951 yil 11 fevralda "kommunistik partizanlik" shubhasi ostida 500 dan ortiq aholi o'ldirilgan. 1952 yilning mayida esa Li Sin Manning buyrug'i bilan parlamentning muxolifatdagi 50 dan ortiq a'zosi aslida mavjud bo'lmagan "xalqaro kommunistik partiya" tomonidan moliyaviy yordam olganlikda gumon qilinib qamoqqa olindi. 1958 yilning yanvarida muxolifatdagi taraqqiyot (Chinbodan) partiyasi rahbarlari qamoqqa olindi, partiyaning o'zi yopildi, 30 iyulda esa uning boshlig'i Cho Bo Nam qamaldi va Li Sin Manning raqibi 1956 yilgi saylovlarda "KXDR foydasiga ayg'oqchilikda" ayblanib jazolangan. 1959 yil aprelda "Kyonxyan sinmun" muxolif gazetasi yopiladi. Jamiyatda norozilik kuchayadi. Prezidentlik saylovlarining qalbakilashtirilishi 1960 yil 15 martda Masana shahrida namoyishlarga olib keladi. So'ngra noroziliklar poytaxtga ko'chadi. Uning yuqori cho'qqisi 1960 yil 19 apreldagi chiqishlar bo'lib, Seul ko'chalariga 100 mingdan ortiq kishi, birinchi navbatda, talabalar chiqadi va bu namoyish Li Sin Manning iste'fo berib AQShga qochib ketishiga olib kelgan. Konstitutsiyaga tuzatishlar kiritildi - hokimiyat tiziminihukumat va ikki palatali parlament o'ynadi. Ba'zi amaldorlar va hokimiyat tepasidagi So'l partiya (Chayudan) a'zolari, soxtalashtirish va namoyishchilarni otishda ishtirok etganligi uchun sudga berildi. 1960 yil 29 iyuldagi parlament saylovi natijalariga ko'ra, hokimiyat tepasiga muxolifatdagi Demokratik partiya keldi. 1960 yilning avgustida Yun Bo Son Prezident etib saylandi, bosh vazir esa Chan Men bo'ldi. Biroq, yangi hukumat iqtisodiy holatni va siyosiy barqarorlikni saqlay olmadi. Uning faoliyati doimiy siyosiy qarama-qarshilik va talabalarning namoyishlari sharoitida o'tdi. Minjudanning o'zida ikki partiyaga bo'linish ro'y berdi, natijada Demokratik partiya bilan birga Yangi demokratik partiya (Sinmindan) paydo bo'ldi. 1960 yilning o'zida KXDRdagi iqtisodiy rivojlanish ta'siri ostida (Janubiy Koreya KXDRdan sanoat mahsulotlarini chiqarish bo'yicha faqat 1966 yilga kelibgina o'zib ketdi) rejali iqtisod va sotsializm g'oyalarini olg'a suruvchi partiyalar tashkil topa boshladi - Koreys sotsial partiyasi (X anguk Saxvedan), Sotsial xalq partiyasi (Saxve minjudan) va b. Koreyani birlashtirish, KXDR bilan aloqa o'rnatish va Amerika qo'shinini Janubiy Koreyadan olib chiqib ketish uchun kurashuvchi tashkilotlar paydo bo'la boshladi. Ammo 1961 yil martda hukumat Shimol bilan aloqalarni taqiqlash va erkinlikni cheklashga qaratilgan ikkita qonun - "Vaqtinchalik favqulodda antikommunistik qonun" va "Namoyishlar ustidan nazorat to'g'risidagi Qonun"ni qabul qilishi yangi namoyishlarni keltirib chiqardi. 1961 yil 16 mayda mamlakatda harbiy to'ntarish bo'lib o'tdi, natijada hokimiyat tepasiga general Pak Chjon Xi keldi. Hukumat egallab olingandan so'ng harbiy guruh parlamentning har ikkala palatasini va siyosiy partiyalarni tarqatib yubordi, namoyishlar va mitinglar o'tkazishni taqiqladi, ko'plab gazeta va jurriallar yopildi. Siyosat bilan shug'ullanishi taqiqlangan 4 mingta siyosiy arbobning nomi e'lon qilindi. 1962 yil dekabrda yangi konstitutsiya qabul qilindi. 1963 yil oktyabrdagi saylovlarda Pak Chjon Xi prezident etib saylandi, uning shu yilda tuzilgan Demokratik respublika partiyasi (M inchju konxvadan) yangidan joriy etilgan bir palatali parlament saylovlarida g'olib chiqdi. Pak Chjon Xi mamlakatni 1979 yilga qadar boshqardi (u 1967 va 1971 yillarda Janubiy Koreyaning prezidenti etib qayta saylangan). Pak Chjon Xi hukmronligi davri qarama-qarshi xarakterga ega bo'lgan. Bir tomondan, aynan u tomonidan "koreys iqtisodiy m o"jizasiga" olib kelgan modemizatsiyalash o'tkazildi. 5 yillik rivojlanish dasturini ishlab chiqqan iqtisodiy rejalashtirish Byurosi tuzildi, boshqaruv tizimi markazlashtirildi, yirik xorijiy investitsiyalar jalb etildi, tezkor magistral tarmog'i qurildi, Samsung, Xyonde, DEU, Laki Goldstar (LG) va shu kabi iqtisodiy o'sishda loko- motiv rolni o'ynagan moliyaviy-sanoat korporatsiyalari (cheboley) uchun sharoit yaratildi.
Iqtisodiy rivojlanish strategiyasi mamlakat sanoatini rivojlantirish va koreys mahsulotlarini chet el bozorlariga chiqarish maqsadida xorijiy kapitallarni jalb etishga qaratilgan edi. Agar 1960 yilda Janubiy Koreya eksporti xajmi 33 mln.AQSh dollarini tashkil etgan bo'lsa, 1979 yilga kelib bu ko'rsatkich 15 mlrd. dollarga yetdi. 1972 yildan "yangi qishloqlar uchun harakat" kengaydi (davlat hokimiyatining barcha darajalarida, chebollarda va hattoki xususiy korxonalarda ham ushbu xarakatga yordam beruvchi komitetlar tuzila boshladi), bu harakat umumdavlat harakatiga aylandi va qishloq sanoati va hayot darajasi ko'tirilishiga olib keldi. 60-yillarda asosiy e'tibor yuqori malakali ishchilar, murakkab texnologiyai va ko'p sarf-xarajat talab etmaydigan yengil sanoatga qaratildi. 1970 yildan so'ng metallurgiya, neft-gaz, kimyo, kemasozlik, qurilish kabi sohalar, keyinroq esa avtomobilsozlik va elektronika sohalari rivojlandi. 1960 yilda Janubiy Koreya YaMM darajasi kishi boshiga 80 dollarni tashkil etuvchi nochor mamlakatlar qatoridan, 1980 yilda YaMM ko'rsatkichi kishi jon boshiga 1503 dollarga ko'tarilgan dinamik rivojlanuvchi industrial mamlakatga aylandi. YaMMning o'rtacha yillik o'sishi 9,2 foiz, ba'zan llfo izgacha ko'tarilgan. Iqtisodiyotni qayta yo'naltirish va muvaffaqiyatga erishishda ta'lim tizimidagi islohotlar muhim rol o'ynadi. 1965 yilda Yaponiya bilan munosabatlar qayta tiklandi, bu esa Janubiy Koreya iqtisodiga ko'plab yapon investitsiyalarini va texnologiyasini jalb etdi. Boshqa tomondan, Pak Chjon Xi boshqaruvi avtoritar xarakter kasb etgan. 1972 yil 17 oktyabrda u yana parlamentni tarqatib yubordi (uning o'rniga mustaqil deputatlarni birlashtiruvchi Milliy konferensiya tuziladi, uning 1/3 qismi prezident tomonidan tayinlangan), barcha siyosiy partiyalar va har qanday siyosiy faoliyat taqiqlandi. Konstitutsiyaga tuzitishlar kiritildi, bu esa prezidentga mutlaq hokimiyatni va umrining oxirigacha qayta saylanish huquqini berdi. Mamlakatda avtoritarizmga va byudjetning teng bo'linmasligiga qarshi kurash kuchaydi, u shafqatsizlarcha bostirildi. 1979 yilgi ommaviy namoyishlar muxolifat yetakchilari Yun Bo Son va Kim Те Jun (Janubiy Koreyaning kelajakdagi prezidenti) laming ig'vo yo'li bilan qamalishiga va Kim Yen Samning (Janubiy Koreyaning kelajakdagi yana bir prezidenti) deputatlik mandati olib qo'yilishiga olib keldi. Pak Chjon Xi harbiy holat e'lon qilishga majbur bo'ldi, ammo 1979 yil 26 oktyabrda u Janubiy Koreya MRBsi boshlig'i tomonidan o'ldirildi. Prezident vazifasini Bosh vazir Chxve Gyu Xa bajardi, u mamlakatda favqulodda holatni e'lon qildi va dekabrda Milliy konferensiya birlashgan holda mamlakat prezidentini sayladi. Biroq, amaldagi hokimiyat xavfsizlik xizmati boshlig'i, general Chon Du Xvanning qo'lida edi. Eski hukumat iste'fosini talab etish da'vosi bilan hukumatga qarshi chiqishlar, demokratiya va konstitutsiyada qilingan oldingi tuzatishlarni rad etish bo'yicha harakatlar to'xtamadi. 1980 yil bahorida namoyishlar to'lqini avj oldi. Namoyishchilar tomonidan 20 dan ortiq shaharlar qamrab olingan. 2 mayda Seuldagi namoyishga 10 ming talaba, 13 mayda - 50 ming, 15 mayda - 100 ming talaba va 50 ming shaharlik chiqdi. 18 mayda Kvanju shahrida yangi diktaturaga qarshi talabalar chiqishlari, hukumat qo'shiniga qarshi to'qnashuvlar boshlandi, 21 nafar talaba qurol omborlari va davlat idoralarini egallab olishdi. 26 mayga qadar shahar amalda ulaming qo'lida bo'ldi. 27 mayda shahar hukumat qo'shinlari tomonidan egallandi. To'polonlar paytida 154 nafar namoyishchi o'ldirildi, 64 nafari bedarak yo'qoldi, 3139 nafari yaralandi va 503 nafari qamoqqa olindi. Bosim o'tkazish operatsiyasini Chon Du Xvan boshqardi. Davlat idoralarini tozalash boshlandi, 172 ta nashr va 672 ta nashriyot yopildi, 57 mingdan ortiq kishi qamoqqa olindi. 1980 yil avgustida Chon Du Xvan prezident Chxve Gyu Xani xizmat vazifasidan chetlashtirdi. 27 avgustda Milliy birdamlik konferensiyasi uni mamlakat prezidenti etib tayinladi. Oktyabrda konstitutsiyaning yangi tahriri qabul qilindi. Unga ko'ra prezidentlik saylovi to'g'ridan-to'g'ri o'tkazilmaydigan, prezidentlik vakolati esa 7 yillik muddat qilib belgilanadigan bo'ldi. Shuningdek, Chon Du Xvan boshchiligida yangi hukmron Demokratik partiya tuzildi. Yangi hukumat boshqaruvning diktatorlik tartibini saqlab qoldi. Natijada talabalar va ishchilarning mamlakatni demokratlashtirish va prezidentlik saylovining to'g'ridan-to'g'ri o'tkazilishini lalab qiluvchi chiqishlari to'xtamadi, oqibatda Chon Du Xvan yon berishga majbur bo'ldi. 1987 yil oktyabridagi umumxalq referendumida yangi tahrirdagi konstitutsiya qabul qilindi. Unga ko'ra, prezidentlik saylovi to'g'ridan-to'g'ri o'tkaziladigan bo'ldi va prezidentlik vakolati 5 yil muddat etib belgilandi, so'z va fikr erkinligi, kasaba uyushmalar tuzish va namoyishlar o'tkazish huquqi mustahkamlanib, prezidentning parlamentni tarqatib yuborishi va favqulodda holat kiritishi taqiqlandi. Konstitutsion sud tuzildi. Mamlakatda yangi siyosiy partiyalar tuzila boshlandi. Parlament saylovlarida (1988 yil aprel) birinchi marta muxolif kuchlar g'alaba qozonishdi. Endi bitta partiya diktaturasi amal qilmay qoldi. Lekin, hukmron partiya prezidentlik kursisini saqlab qola oldi. 1987 yilgi prezidentlik saylovlarida muxolif partiyalar nomzodlari (Kim Те Jun, Kim Yon Sam i Kim Chjon Pxil) o'rtasidagi parchalanishlar tufayli, harbiy doira vakili va partiya boshlig'i sobiq general Ro De U g'alabaga erishdi. Hukumatning muxolif partiyalar bilan hamkorligi boshlandi, ko'plab siyosiy mahbuslar ozod etildi, OAV erkinlashdi, oldingi tuzumlar jinoyati o'rganila boshladi. Bu davrning mamlakat tarixidagi eng muhim voqealari Janubiy Koreyaning butun dunyoga tanilishiga sabab bo'lgan 1988 yilgi Olimpiya o'yinlaridir. SSSR, Xitoy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari bilan diplomatik munosabatlar o'rnatildi. 1991 yil 17 sentyabrda esa Koreya Respublikasi (KXDR bilan birga) BMTga a'zo bo'ldi. 1992 yilgi saylovlardagi g'alabasi bilan Adolat liberaldemokratik partiyasi yetakchisi Kim Yen Sam Janubiy Koreyada harbiy doiralarning uzoq yillik boshqaruv davriga barham berdi. Oldingi tuzumning kirdikorlari fosh etildi. Sobiq prezidentlar Chon Du Xvan va Ro De U qamoqqa olinib, ustidan jinoiy ish qo'zg'atildi. Ular pora olganlikda ayblandilar. Chon Du Xvan esa davlat to'ntarishi paytidayoq Kvanju aholisi tomonidan otib tashlandi. Chon Du Xvan o'lim jazosiga hukm etildi, Ro De U esa 22,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Keyinchalik Chon Du Xvanning hukmi qayta ko'rib chiqilib, umrbod qamoq jazosi bilan almashtirildi, Ro De U esa 17 yilga qamaldi. Korrupsiyaga qarshi ommaviy kurash boshlandi. Siyosatchilar, amaldorlar, harbiylar, professorlar va madaniyat xodimlarining moliyaviy ahvoli to'g'risida ma'lumotlar chop etila boshladi. Ko'pchiligi ishdan bo'shash to'g'risida ariza berishga majbur bo'lishdi yoki kuzatuv ostida bo'lib, oqibatda qamoqqa olinishdi. Moliyaviy firibgarlikka Kim Yon Samning oila a'zolari ham aralashgan bo'lib chiqdi. 1997 yilda prezidentlik saylovlarida muxolif partiya yetakchisi, demokratik islohotlarning taniqli kurashchisi, bir necha bor harbiylar xuntasi ta'qibiga uchragan Kim Те Jun g'alaba qozondi. 1997 yil oxirida mamlakat Osiyoning bir qator mamlakatlari qatori moliyaviy-iqtisodiy inqiroz ostida qoldi. Uni yengib o'tish Kim Те Jun ma'muriyati faoliyatining muhim yo'nalishi bo'ldi. Janubiy Koreyaning murojaatiga ko'ra, Jahonvalyuta fondi va boshqa tashkilotlar unga 50 mlrd. dollardan ortiqroq kredit ajratdi, u qisqa vaqt ichida uzildi. Biroq, faqatgina xalqaro yordam bilangina inqirozni yengib o'tishning iloji bo'lmadi. Bu o'rinda koreyslarning fidokorona mehnati va ularning vatanparvarligi muhim rol o'ynadi, ular hukumatning iqtisodiyotnitartibga solish uchundavlatga oltin va kumushlarni arzon narxlarda sotish haqidagi chaqiriqlariga labbay deb javob berishdi. Kim Те Jun Shimoliy Koreyaga nisbatan munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan "oftob tafti" siyosatini olib bordi. Shimoliy Koreyaga gumanitar yordam ko'rsatildi, Kimgansan tog'ida (KXDR) erkin turistik zona yaratildi, ajralib qolgan oilalar o'rtasida uchrashuvlar tashkil etildi, ikki mamlakat temir yoTlarini birlashtirish ishlari boshlab yuborildi va h.k. 2000 yilning 13-15 iyunida Pxenyan shahrida Janubiy Koreya prezidenti Kim Те Jun va Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Ir o'rtasida tarixiy uchrashuv bo'lib o'tdi. 2000 yilning noyabrida Kim Те Junga tinchlik uchun Nobel mukofoti topshirildi. 2002 yilgi prezidentlik saylovlarida Koreya Respublikasi prezidenti etib No Mu Xyon, 2007 yilda - Li Myon Bak, 2012 yil dekabrda esa - Pak Kin Xe saylandi, u birinchi ayol-prezident (Pak Chjon Xining qizi) hisoblanadi. Hozirgi paytda Janubiy Koreya dunyoning yirik iqtisodiy klubi (G-20) a'zosidir. 1996 yildan mamlakat Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti a'zosi (IHTT). 1962 yildan 2011 yilga qadar Janubiy Koreyaning YalM 2,3 mlrd. dollardan 1,5 trln. dollargacha o'sdi (dunyoda 12-o'rinda), YaMM esa aholi boshiga - 87 dollardan 31,7 ming dollarga ko'tarildi. Mamlakat YalMning umumiy It.ijmidan ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish, iste'mol elektronik.isi va xotira chiplarini ishlab chiqarish bo'yicha dunyoda yetakchi o'rinlarda, kema ishlab chiqarish bo'yicha 2 - o'rinda, avtomobil ishlab chiqarish bo'yicha 5-o'rinda, to'qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish bo'yicha 7-o'rinda va h.k. Janubiy Koreya ikki marta Xalqaro ko'rgazma o'tkaziladigan joy sifatida (EKSPO, 1993 va 2012 yy.) tanlangan, Olimpiyada o'yinlari (1988 va 2018 yy.), futbol bo'yicha jahon chempionati (2002 yilda Yaponiya bilan birga) o'tkazilgan, uning vakili Pan Gi Munning esa BMT Bosh kotibi etib saylanganligi ham e'tiborli holat. Janubiy Koreyaning hozirgi imijining eng muhim qismi "koreys to'lqini" yoki xallyu deb nomlanuvchi koreys madaniyatining butun dunyoga yoyilishi hisoblanadi. Jumladan, mashhurlikka erishgan "Qish sonatasi", "Saroy javohiri" va shu kabi qator boshqa koreys seriallaridir. Koreys rejissyorlari (Kim Ki Duk, Pon Chjun Xo, Li Chjon Xyan, Chen Chji Yan, Son Xe Son) yetakchi xalqaro kinofestivallarda nufuzli mukofotlarni qo'lga kiritishdi. Koreys estrada qo'shiqchilari esa dunyoga mashhur bo'la boshladi. Jumladan, PSYning "Gangnam style" (2012 y.) klipi You Tube tarixidagi eng ko'p ko'rilgan klipga aylandi (uni 1 mlrd. dan ortiq kishi tomosha qilgan) va bir necha marta Ginnesning rekordlar kitobiga kirib ulgurdi. Shimoliy Koreya KXDRning urushdan keyingi rivojlanishi SSSR, Xitoy va Sharqiy Yevropa sotsialistik mamlakatlarining katta iqtisodiy yordamlari ostida amalga oshdi. Ushbu yordam evaziga faqat 1953-1956 yillarning o'zida mamlakatda 240 ta sanoat korxonalari qayta tiklanib, 80 ta yangisi qurilgan. 90 foiz sanoat korxonalari milliylashtirilgan. Birinchi besh yillikda (1957-1961) mamlakatdagi sanoat ishlab chiqarish 3,5 barobar oshdi, sanoat mahsulotlarining o'rtacha yillik sur'ati 36 foizga ko'tarildi. Sotsialistik sanoatlashtirish jarayonida ko'p tarmoqli sanoat yaratildi. Jumladan, mashinasozlik, elektroenergetika, qora va rangli metallurgiya, tog'-kon sanoati. Qishloq xo'jaligida dehqon xo'jaliklari kooperatsiyasi tuzildi. 1956 yilga kelib ular 80 foiz xo'jalikni qamrab olgan edi, 1958 yilda esa yalpi kooperatsiyalash oxiriga yetdi. Bir vaqtda sug'orish infrastrukturasi rivojlandi. Qishloq xo'jaligini qayta o'zgartirish mamlakatni oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash darajasiga ko'tarilishiga imkon berdi. 60-yillar o'rtalariga qadar KXDR barcha iqtisodiy ko'rsatkichlari bo'yicha amalda Janubiy Koreyadan o'zib ketdi. 1970 yil noyabridagi Koreyaning Mehnat partiyasi V syezdi KXDR "sotsialistik sanoatlashgan davlat"ga aylanganligini e'lon qildi.
KXDR tashkil topgandan boshlab o'ziga jamiyat tuzilishining stalincha variantdagi sotsializmni namuna qilib oldi. Agar KPSS XX syezdi (1956 y.) Stalinning shaxsiga sig'inishni tanqid qilib, SSSR ijtimoiy hayoti ma'lum darajada demokratlashishiga ("Xrushchev davridagi iliqlik") turtki bergan bo'lsa, KXDRda (Mao Szedun davrida XXR kabi) shaxsga sig'inishga asoslangan stalincha model saqlanib qoldi. Ichki va tashqi siyosat to'liq KXDR vazirlar mahkamasi va Koreya Ishchilar partiyasi rahbari, "Buyuk dohiy" unvonini olgan Kim Ir Sen qo'lida to'plandi. "Chuchxe" mafkurasi ("o'z kuchiga tayanish" yoki "mustaqillik") insoniyatning yuksak falsafiy va ijtimoiy-siyosiy tafakkuri yutug'i sifatida e'tirof etilgan holda davlat mafkurasiga aylandi. Ushbu ta'rifga muvofiq ravishda kelajakdagi jamiyatning tub xarakteristikasi belgilandi: kommunizm bu chuchxe g'oyalari mujassam bo'lgan jamiyatdir. Chuchxening asosiy mazmuni shundan iboratki, "inson - o'z taqdirining xo'jayini, u har narsani o'zi hal etadi". Tashqi siyosatda o'z kuchiga suyanish tamoyili yopiq eshiklar siyosatida namoyon bo'ladi - G'arbning ko'plab mamlakatlari bilan KXDR o'rtasida uzoq vaqt diplomatik munosabatlar o'rnatilmagan. Hattoki, sotsialistik lagerdagi ittifoqdosh mamlakatlar bilan munosabat ham oddiy bo'magan, kelajakni ko'rish va ijtimoiy taraqqiyot shakllari shunchalik farq qilganki, amalda SSSR (va Sharqiy Yevropa mamlakatlari) va KXDR turlicha mafkurada bo'lgan deyish mumkin. Chuchxe nazariyasi "marksizm -leninizm " rivojlanish sifatida e'lon qilingan bo'lishiga qaramay, unda marksizmning asosiy farazlaridan birini, ya'ni ijtimoiy turmush (ishlab chiqarish usuli va kishilarning unga mos keluvchi hayot tarzi) ijtimoiy ongni va uning mafkuraviy shaklini belgilaydi, degan farazni qat'iy qayta ко'rib chiqish kerakligini ko'rsatgan. Chuchxeda g'oyaviylik (chuchxe ruhi) jamiyat taraqqiyotining asosiy omiliga aylangan. Kommuni/mga eltuvchi uchta inqilob (mafkuraviy, texnik va madaniy) orasida mafkuraviy inqilob yetakchi o'rinni egallagan. KXDR va SSSR o'rtasidagi mafkuraviy va siyosiy turf a xillik ular o'rtasidagi munosabatlarning sovuqlashishiga olib keldi, ammo SSSR Shimoliy Koreyaga ittifoqchisi sifatida yordam berishda davom etdi. SSSR parchalanib ketishi va uning yordami tugashi (hamda XXRdan keladigan yordamning ham kamayishi) Shimoliy Koreya iqtisodiga salbiy ta'sir ko'rsatdi. 90-yillar boshlarida mamlakatni inqiroz chulg'ab oldi.G 'alla yetishtirish 80-yillardagi 8 mln. tonnadan 1996 yilda 3,5 mln. tonnagacha kamaydi, natijada aholini oziq-ovqat bilan ta'minlashda jiddiy muammolar paydo bo'ldi. Rossiyadan keladigan elektrenergiyaning kamayishi hisobiga ko'plab sanoat korxonalari to'xtab qoldi. 1994 yili Kim Ir Senning vafotidan so'ng uning o'g'li Kim Chen Ir KXDR yetakchisiga aylandi. U hali Kim Ir Sen hayotligidayoq "Sevimli rahbar" unvonini olgan edi. Kim Chen Ir vafotidan so'ng KXDR rahbari uning kichik o'g'li Kim Chen In bo'ldi. KXDR - harbiy qurilish masalasiga birlamchi e'tibor qaratuvchi mamlakat, u songun - "armiya ustunligi" nomli mafkura va siyosatda o'z ifodasini topgan. 90-yillar oxirlaridan mamlakatda o'rta masofaga uchuvchi raketa sinovlari o'tkazildi. 2003 yilda Shimoliy Koreya yadro qurolini tarqatmaslik to'g'risidagi Shartnomadan chiqdi. Shu yili KXDR yadro dasturi bo'yicha har ikkala Koreya, XXR, AQSh, Rossiya va Yaponiya ishtirokida olti tomonlama kelishuv boshlandi, bir necha yil davom etishiga qaramay, u biror-bir sezilarli natijaga olib kelmadi. 2005 yilda KXDR da yadro qurolini yaratish haqida e'lon qildi. 2006, 2009 va 2013 yillarda esa yerosti yadro sinovi o'tkazildi. 2012 yil dekabrda KXDR fazoga sun'iy yo'ldosh uchirdi va kosmik mamlakatlar klubiga kirdi. Qurollanish poygasi, katta armiyaga egalik, avvalgi tashqi yordamning yo'qligi va foydasiz iqtisod o'tkir iqtisodiy inqirozga olib keldi. 90-yillarning ikkinchi yarmidan mamlakatda ommaviy o'limga olib kelgan ocharchilik boshlandi. Shu bilan bog'liq holda, xalqaro gumanitar tashkilotlar KXDRga oziq-ovqat yetkazib bera boshladi. Iqtisodiy inqiroz 90-yillarning ikkinchi yarmidan yarimochiq kichik xususiy korxonalar egaligi va Xitoy bilan savdoning rivojlanishiga olib keldi. Bozor iqtisodiyotining ilk belgilari xususiy oilaviy korxonalar - kaneban ko'rinishida mavjud bo'lgan - tikuvchilik atelyesi, oshxona, fotostudiyalar va h.k. 2002 yildan mamlakatda ba'zi iqtisodiy islohotlar amalga oshirila boshlanadi: davlat chakana narxlarining, maosh va valyuta kurslarining ortishi; kartochka tizimi qisman o'zgarishi, qishloqda jamoaviy xo'jalikdan oilaviy tartibda qurilgan xo'jalikka o'tilishi va h.k. Koreya yarim orolini 1970 yilda sovuq urush, xalqaro birlashtirish muammosi keskinlikni yumshatish va b irbiriga qarama qarshi bo'lgan ijtimoiy-siyosiy tuzumlarning o'zaro tinch yashashi, Shimol va Janub o'rtasidagi aloqani ham yo'lga soldi. 1972 yil 4 iyulda Shimol va Janubning birgalikdagi kommyunnikesi imzolandi. Unga ko'ra, birlashishning uchta qoidasi belgilab qo'yildi: birlashish boshqalarning aralashuvisiz, tinch yo'l bilan va milliy birdamlikka intilish asosida bo'lm og'i lozim edi. Biroq, keyinchalik, tomonlar bir-biriga nisbatan ishonchga erisha olmadilar. Kelajakda birlashish shaklini ko'rish ham farq qilgan: agar Janubiy Koreya uni unitar davlat sifatida ko'rgan bo'lsa, KXDR konfederatsiyaga undadi ("bir mamlakat — ikki tuzum"). 80-yillarda Shimol va Janub o'rtasidagi munosabat tiklandi. Davlatlararo muzokaralar o'tkazildi, ajralib qolgan oilalar o'rtasida uchrashuvlar va madaniyat xodimlari o'rtasida o'zaro tashriflar uyushtirildi, stol tennisi va futbol bo'yicha qo'shma jam oalar tuzildi. Birlashish yo'lida ko'p bosqichli davrni bosib o'tish zarurligi anglab yetildi. 90-yillarda ikki davlat o'rtasidagi murosa, bostirib kirmaslik, almashuv va hamkorlik to'g'risida Bitim imzolandi, Shimol va Janub birinchi marta bir-birini rasman tan oldi. Bunga qadar ular bir-biriga nisbatan o'z mamlakatining bosib olingan ajralmas qismi sifatida qarab kelgan. Shuningdek, Koreys yarim orolining denuklearizatsiyasi to'g'risida qo'shma Shartnoma imzolandi. 90-yillarda Shimoliy Koreya iqtisodiy qiyinchiliklarni boshidan kechirdi, Janubiy Koreya unga oziq-ovqat, tibbiy vositalar va o'g'it tomonidan yordam ko'rsatdi. 2000 yilning iyunida Pxenyan shahrida oliy darajadagi uchras- luiv o'tkazildi - Kim Chen Ir va Kim Те Jun Qo'shma Shartnoma imzolashdilar. Unda tomonlarning umumiy qarashlari, gumanitar masalalami tezkor hal etish to'g'risida kelishuv va turli sohalarda o'zaro ishonchni mustahkamlashga intilish kabilar qayd etildi. lkki mamlakat o'rtasidagi oxirgi aloqalar doimiy xarakter kasb etdi, turizm, savdo va biznes, gumanitar almashinuv va h.k. kabilarda aks etdi. Kim Chen Ir va No Mu Xyon o'rtasidagi ikkinchi sammit 2007 yilda bo'lib o'tdi. Biroq XXI asr boshlarida koreys davlatlari o'rtasidagi munosabatlar yana yomonlashdi. Masalan, 2009 yil yanvarda KXDR hukumati Janubiy Koreya bilan ilgari imzolangan barcha kelishuvlarning bekor qilinganligini e'lon qildi. 2010 yil martda KXDRdan unchalik uzoq bo'lmagan joydagi portlash oqibatida Janubiy Koreya korveti "Chxonan" cho'kib ketdi. Seul bunda Pxenyanni aybladi. Shu yilning noyabrida esa mamlakatlar o'rtasida ikki marta artilleriya otishmalari bo'lib o'tdi. Birlashish muammosiga Koreys yarim oroli atrofidagi davlatlarning geosiyosiy qiziqishlari ham o'z ta'sirini ko'rsatdi. Uchinchi Koreya Uchinchi Koreya ba'zan koreys diasporasi deb ham ataladi.
Dunyoning 170 dan ortiq mamlakatlarida deyarli 7 mln. koreyslar yashaydi. Eng yirik diasporalar (4/5) Xitoyda yashaydi (2,4 mln. atrofida), AQSh (2 mln. dan ortiq) va Yaponiyada (900 mingdan ortiq). MDHda koreys diasporasi (etnonimi - kore saram) 4-o'rinni egallaydi va taxminan 500 ming kishini tashkil etadi. O'zbekistondagi koreys diasporasi (150 ming atrofida) son jihatidan 6-o'rinni egallaydi (Kanada va Rossiyadan keyin). Koreys immigratsiyasi XIX asrning 60-yillaridan boshlangan. Uning sababi - qashshoqlik, og'ir soliqlar, keyinroq esa yapon bosqini. Dastlabki migratsiyaning asosiy yo'nalishi - Manjuriya va Rossiya Uzoq Sharqi bo'lgan. XX asr boshlarida koreyslarning Gavayi, Kaliforniya, Meksika va Kubaga bir martalik immigratsiyasi sodir bo'lgan. 60-yillardan koreyslarning butun dunyo bo'ylab immigratsiyasi boshlangan. Agar 1864 yilda Rossiya imperiyasiga ko'chib kelgan dastlabki koreyslar guruhi 14 ta oiladan iborat bo'lgan bo'lsa, 1917 yilda Amurbo'yi oblastidagi koreys immigrantlarining soni 84 mingdan ortiq kishini tashkil etgan. Yapon bosqini yillarida Manjuriya hududida va Rossiya Uzoq Sharqida yaponlar bilan kurashuvchi vatanparvarlik tashkilotlari va partizanlik otryadlari tuzildi. Koreys vatanparvar tashkilotlari bu yerda ona tilida milliy maktablar, gazeta va jurnallar tashkil etdi, bosib olingan Koreyada bularni ochishning iloji yo'q edi. Koreyslar (uch kishi) O'zbekiston hududida ham paydo bo'lgan, ular Rossiya imperiyasi aholisining 1897 yildagi birinchi Umumiy aholi ro'yxatida - Qo'qon va Namangan uyezdlarida hamda Namanganda qayd etilgan. 1926 yilda o'tkazilgan birinchi Umumittifoq aholi ro'yxatida O'zbekistonda 36 nafar koreys qayd etilgan. 1937 yil avgustda Stalin boshqaruvi "yapon ayg'oqchiligi paydo bo'Hshining oldini olish maqsadida" Uzoq Sharqda yashovchi barcha koreys aholisini O'zbekiston va Qozog'istonga ko'chirishga qaror qildi. O'z.bekistonga 74 500 kishi, Qozog'istonga esa 98 454 kishi ko'chirildi. Shu bilan birga, bir necha minglab sovet ishchilari, muhandislar, shifokorlar, yozuvchilar - sara koreys ziyolilari qamoqqa olindi. O'zbekiston va Qozog'iston buncha ko'p sonli ko'chib keluvchilarni qabul qilishga tayyor emasligi bois ular otxonalarga, yurtalarga, baraklarga, yerto'lalarga joylashtirildi. Koreyslar pasportlarida ko'rsatilgan tumanlardan o'zga joylarga o'tib yashash huquqiga ega bo'lishmagan. Ko'chish jarayonida ko'plab koreys oilalari bir-biridan ajralib qoldi. Sovuqdan, sanitariya talablariga javob bermaslik, normal ovqatlanish va tibbiy yordamning yo'qligi tufayli ko'chib kelganlar orasida terlama, ichburug', bo'g'ma, qizamiq, bezgak, zotiljam, gripp, milk kasalligi va boshqa yuqumli kasalliklar tarqaldi, natijada ko'chib kelganlarning ko'pchiligi halok bo'ldi. Ushbu barcha qiyinliklarga, ochlik, sovuqlik, kasallik va o'limga qaramay koreyslar ijtimoiy muhitga borgan sari moslasha boshlashdilar va bu yerni o'zlarining yangi vatanlari deb qabul qilishdilar. 40-50-yillarda mehnatda erishgan yutuqlari uchun O'zbekiston va Qozog'istondan 200 dan ortiq koreyslarning SSSRning eng oliy mukofoti - Mehnat Qahramoni unvoniga; ming nafari esa orden, modal va faxriy unvonlarga musharraf bo'lishdi "Qizil yulduz" kolxo/i raisi Kim Pen Xva ikki marta qahramon unvoniga sazovor bo'lgan. Koreyslar sanoatda, qurilish, fan, sogiiqni saqlash kabi sohalarda, siyosatsohasida ham jonbozlik ko'rsatishgan Markaziy Osiyo koreyslari orasidan: Yirik siyosatchilar va hukumat a'zolari (bosh vazir yordamchisi, vazirlar va vazirlar yordamchilari, parlamentlar deputatlari va senatorial Konstitutsion sud raisi); Fanlar akademiyasi a'zolari, oliy o'quv yurtlari rektori va prorektorlari (dekanlar va kafedra mudirlari; ITM va IPT direktorlari, bo'lim va sektorlar boshliqlari); Yirik sanoat moliya va qishloq xo'jaligi korxonalari; milliy aviakompaniyalar, banklar rahbarlari; Taniqli sportchilar (olimpiada chempionlari, jahon, Yevropa chempionati, SSSR va MDH mamlakatlari chempionati sovrindorlari, terma jamoalar katta murabbiylari, olimpiya qo'mitalari rahbarlari, turli sport turlari bo'yicha assotsiatsiya rahbarlari); Xalqaro miqiyosida tan olingan mashhur yozuvchilar, kompozitorlar, rassomlar, estrada, opera va balet artistlari va h.k. bor. Bunday yuksak muvaffaqiyatlarga boshqa mamlakatlardagi koreys diasporalari ham erishishgan.
|
| |