• XULOSA
  • FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
  • Ijtimoiy -siyosiy sohalardagi yangi yo'nalishlar




    Download 152,26 Kb.
    bet5/5
    Sana15.02.2024
    Hajmi152,26 Kb.
    #157385
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Mavzu koreya tarixi-fayllar.org

    2.2 Ijtimoiy -siyosiy sohalardagi yangi yo'nalishlar

    Turli taqiqlar va chjusianlikning ommasohalardagi yangi yiy ravishda qat'iy intizom o'rnatilishiga yo'nalishlar qaramasdan, unga qarshi muxolifat ham o'sib bordi. Chunonchi, bu davrda Xo Gyun (1569-1618)ning "Xon Gil Don haqida qissa" nomli asari paydo bo'ldi. Unda xuddi Robin Gudni esga soladigan oliyjanob qaroqchi qahramon Yuldo ertaklar oroliga tushib qoladi va u yerda o'z podsholigiga asos soladi. Bu davrda hattoki neokonfutsiychilik ichida ham g'alayonlar bo'lib turgan. Mustahkam e'tiqodli Son Si Ryoldan farq qilgan Li I Xan Von Chin (1682-1750)ning izdoshi bo'lib, "qonunlarni o'zgartirish" g'oyasini ilgari surgan. Uning fikricha, qonunlar ancha eskirgan, qadimgi Xitoy qonunlari asosida yaratilgani bois mazkur qonunlarni o'zgartirish kerak. Chjusianlikka qarshi yangi oqimlar paydo bo'ldi. Masalan, Xan ta'limi maktabi vakillari Yun Xyu (1617-1680) va Pak Se Dan (1629- 1703)lar rad etib bo'lmaydigan nufuzli Chju Sini mumtoz matnlar izohlovchisi deb, uning matnlari to'g'ridan-to'g'ri Xan sulolasi davriga borib taqalishi haqida fikr bildirishgan. O'zining bid'atdan iborat qarashlari orqali Yun Xyu joniga qasd qilgan bo'lsa, Pak Se Dan esa Chju Siga qilgan tuhmati uchun uning asarlari yoqilib, o'zi surgun qilinadi. Chjusianlikka ancha katta zarba bergan "aniq ilm" tarafdori - sirxak maktabidir. "Haqiqatga yetish uchun aniq dalillar asisida harakat" nomli shiorga ega bo'lgan sirxakchilar sxolastik chjusianlik va boshqa xildagi bid'atlarga, irim-sirimlarga ishonishni tanqid qilishadi.


    Tanqidiy tahlil asosida mamlakatning bu davrdagi g'oyasi uni zamonaviylashtirish bo'lgan. "Sirxak" g'oyasining yetakchilari Li Su Gvan (1563-1627), Xan Рек Kyom (1552-1615) va Kim Yuk (1580-1658)lar edi. Li Su Gvan Koreyaning xalqaro aloqalari tarafdori bo'lgan bo'lsa, Kim Yuk Xan Рек Kyom bilan birgalikda guruch solig'i haqidagi qonunning mualliflari hisoblanadi. Lyu Xen Von (Pange, 1622-1673) esa Sirxak maktabining asoschisidir. Uning fikricha, barcha narsada isbot va dalillarga asoslanish lozim. Mazkur talablarni mistika va din qondira olmaydi. Chjusianlardan farqli ravishda ular jamiyatdagi muammolar yechimini o'z urug'doshlari manfaati yo'lida hal qilishga uringanlar, Lyu Xen Von boshchiligidagi harakat uchun ijtimoiy munosabatlarni o'zgartirish masalasi turar edi. Pange islohotlari loyihasi quyidagilarni o'z ichiga olgan: 1) yerlarni umumlashtirish va ulami shomonlar, buddaviy rohiblar va geyshalardan istisno holda teng taqsimlash; 2) "kvago" imtihonlar almashinuvi tizimini tavsiyalar asosida yo'lga qo'yish; 3) barcha uchun bir xil sharoit yaratish, tabaqalarga bo'lish va qulchilikni tugatish; 4) hukumat tuzilishi borasidagi islohotlarni o'tkazish va qirollik oilasi byudjetini qayd etib borish; 5) hayotga fan yutuqlarini joriy etish; 6) inson huquqlarini hurmat qilish, jazolarni erkinlashtirish, qiynoqlarni taqiqlash; 7) tovar-pul munosabatlarini rivojlantirish (erkin savdo-sotiq, soliqlarni to'lash va e'tirozlar uchun mablag'lar); 8) yagona soliq tizimiga kirish va h.k. Sirxak ta'limotining yirik namoyandalaridan biri Li Ik (1682- 1764) hisoblanadi. Li Ik Yevropa ilmini o'zlashtirganligi bilan mashhur bo'lgan. Hatto, Koreya yakkalanib qolgan XVIII asrda ham dunyo haqidagi tasavvurlar mavjud bo'lib, Li Ik Yerning yumaloqligi, uning aylanishi, Yer, Oy va Quyosh hajmi va ularning tortishuv nuqtasi hamda Oy Quyosh kabi yoritishi haqida bu davr uchun inqilobiy ko'rinishdagi fikrlarni ilgari surgan. Li Ik turli tabiiy ofatlar, xususan, yer qimirlashi, toshqinlar, bo'ron, havo harorati o'zgarishi borasida ilmiy qarashlarini bildirgan. Li Ik fikricha, mamlakatning qashshoqlashuvining oltita sababi bo'lgan: 1) krepostnoy qullik; 2) tabaqalanish tizimi; 3) "kvago" tizimi; 4) sehrgarlik va bid'at; hunarmandlarning zeb-ziynat buyumlariga maxsus ixtisoslashuvi; 5) rohiblarning tekinxo'rligi; 6) mehnatga munosib bo'lmagan haq to'lanishi. Pukxak yo'nalishi ("Shimol fani") tarafdorlari - Xon De Yen (Tamxon, 1731-1783), Pak Chi Von (1737-1805), Pak Che Ga (1750- 1805) va Chon Yak Den (1762-1836)lar sirxakistlar tasarrufida bo'lganlar. Ba'zi holatlarda esa ularni sirxaklarning bir tarmog'i deb ham hisoblashgan. Xon De Yen Xitoyga bo'ysunishga qarshi chiqqan. Umuman, olimlar chjusianlik ta'limotiga qarshi chiqishgan. Ularning fikricha, fan aniq bilimlarga asoslanishi lozim. Xon De Yen huddi avvalgi tarafdorlari kabi yerlarni baravar taqsimlashni, yer solig'i esa olingan hosilning 1/10 qismidan oshib ketmasligini taklif qilgan. Mutafakkirlar, mamlakat rivojlanmasligining sabablaridan biri - bu y.inbanlar mehnatining qadrsizlanishi, deb bilganlar. Ular mehnat majburiyatini joriy qilish va mehnat qilishdan bo'yn tovlaganlarni nasl-nasabidan qati nazar jazolashni talab qilgan. Bundan tashqari, ularning fikricha, "u dehqon yoki savdogar o'g'li bo'lishidan qati nazar, kimki qobiliyat va bilim sohibi bo'lsa, mamlakatni boshqarish imkoniyatiga ega bo'lmog'i lozim, agar kimningdir iqtidori va fanga qiziqishi bo'lmasa, garchi u birinchi vazir o'g'li bo'lsa ham, qora mehnatni bajarishi lozim. Shu bilan birga, Xo De Yen barcha iqtidorli bolalaruchun bilim olish yaratishni taklif qiladi. Pak Chi Von (Yenam, 1737-1805) ham chjusianlikni tanqid qilib, uni hayotdan uzoqlashgan, "naslsiz o'zbilarmon" deb tanqid qildi va xorij yutuqlarini o'rganib, joriy etishga da'vat qiladi. U qadimiyatni chjusianlikka o'xshab g'oyaviylashtirishga qarshi chiqadi. O'zgaruvchan hayotga oid savollarga qadimgi mantlar javob bera olmaydi. Yangi dunyo yangi qarashlarni talab etadi. Yeming teng taqsimlanishi to'g'risidagi savolga javob berar ekan, Pak Chi Von, yer barcha davrlarda ham hukmdor qo'lida bo'lmagan, shu bois "u qanday qilib va kimning mulki bo'lishiga e'tibor berishi lozim?" degan savolni o'rtaga qo'ydi. Olimlar yerdan foydalanishni cheklash, har bir kishi nadel olish huquqiga ega bo'lishi, lekin uning hajmi cheklanishi lozim degan qarashlarni ilgari surdilar. Aynan shu tarzda boshqalarning yerlarini bosib olishga barham beriladi va hech kim qonundagidan ortiqcha yerga egalik qila olmaydi. Pak Chi Von jamiyatning tabaqaviy tizimini jiddiy tanqid qildi va "oliyjanob" va "qaram" tarzda bo'linishni bekor qilishni talab qildi. U "oliyjanob" oqsuyaklarni "qaroqchilar" va ularning odobini "qaroqchilar axloqi" deb atadi. Pak Chi Von "Yanban to'g'risidagi qissa"da savdogar qanday qilib xonavayron bo'lgan yanbandan shajarasini sotib olganligi, lekin u yanban qanday qilib xonavayron bo'lganligini eshitib, unvondan voz kechganligini ta'rifladi. "Yanban bo'lish qaroqchi bo'lish bilan barobardir", degan edi u. Pak Chi Von g'oyalari uning shogirdi Pak Che Ga (1750-1805) tomonidan rivojlantirildi. Pak Che Ga - xorij tajribasini o'zlashtirish tarafdori bo'lgan. Shu bois u dengiz savdosini rivojlantirishda jonbozlik ko'rsatgan. Olimlar "kvago" tizimi, geomantiya, fol ochish va bashorat qilish kabi tabaqalanish tizimini tanqid qildilar. 2.2. XIX asrda K oreya Koreya XIX asrning 1800 yili van Chinjoning vafotidan kebirinchi yarmida yin taxtga uning 11 yoshli о g li Sunjo (1800-1834) o'tiradi. Yana ikkita van (hukmdor) ham o'smirlik yoshida taxtga chiqqan bo'lib, van Xonjon (1834-1849) 8 yoshida, van Chxoljon (1849-1863) esa 17 yoshda bo'lgan. Mazkur hukmdorlarning barchasi andonlik Kimlar sulolasi ayollariga uylanganliklari bois, 60 yildan ortiqroq vaqt davomida amalda hokimiyat ularning xotinlarining qarindoshlariga tegishli bo'lgan. Bu davr mamlakatda poraxo'rlikning kuchayishi, iqtisodiyotning pasayishi, dehqonlar qo'zg'olonlari, xristianlik va umuman, hurfikrlikning ta'qib ostiga olinishi bilan xarakterlanadi. Bu davrda Koreyada siyosiyhayot cheklangan bo'lib, mamlakat agrar, asosan, natural xo'jalik va kustar (hunarmandchilik) ishlab chiqarishga asoslangan edi. Manufaktura va mashina-fabrikalar sanoati bo'lmagan. Katta yer egalari soliqlardan ozod etilgan. XIX asr o'rtalarida ular mamlakat yer fondining 47 foizidan ko'prog'iga egalik qilganlar. Hatto, bu davrda yerlarning bir qismi davlat ro'yxatiga ham kiritilmagan. Soliqlarni to'lash, asosan, o'ta qashshoqlikda yashovchi dehqonlarning zimmasiga tushgan. Dehqonlarning bor-yo'g'i 10 foizigina o'zlarining yerlariga ega bo'lganlar. Qolganlari yerlarni ijaraga oiib ishlaganlar yoki pomeshchiklarning yeridan qullik sharoitida foydalanganlar. Asosiy soliqlarni to'lash va majburiyatlarni bajarish qashshoq dehqonlarning chekiga tushgan. XIX asrning birinchi yarmida 40 dan ortiq soliqlar bo'lgan. XIX asrning birinchi yarmida Koreya doimiy qiyinchiliklarni boshidan kechirgan. Suv toshqini (1814 va 1817 yillar), hosilsizlik va ocharchilik (1809,1814,1815,1832 yillar), epidemiya (1815,1821-1822, 1833 yillarda) shular jumlasidandir. Natijada aholi soni kamaygan. Ocharchilik va qashshoq]ik tufayli dehqonlar ijara yerlarini tashlab tog'larga qochib ketishadi. Ular tog'dagi changalzorlarni yoqib, u yerda kichik-kichik yer maydonlari ochishadi. XIX asr o'rtalarida Koreya yer fondining deyarli 1/3 qismi tashlandiq holga kelib qoladi. Ko'pchilik dehqonlar daydi hayot kechirib, natijada chegaradosh mamlakatlarga ko'chish ommaviy tus ola boshlaydi. Aynan bunday vaziyatda Xon Gyonne "adolat" o'rnatish uc- luml’xyonan provinsiyasida yirik dehqonlar qo'zg'oloni (1811- IHI2 yy.), Xamgyon, Chejulo oroli (1813 y.) va Seulda (1813, 1815 yillarda) g'alayonlar bo'lib o'tgan. Ayniqsa, van Chxoljonning luikmronlik yillarida g'alayonlar butun mamlakatni qamrab oldi. 1862 yili mamlakatda 20 dan ortiq uyezdlarni qamrab olgan yirik qo'zg'olonlar bo'lgan. Qo'zg'olonchilar amaldorlarning o'zboshimchaligi va zo'ravonligini tugatishni, shuningdek, soliqlarning kamaytirilishini talab qilib chiqqanlar. 1862 va 1863 yillarda qo'zg'olonchilar tomonidan Chxve Che U (1824—1865)ning "tonxak" g'oyasi ilgari surildi. "Odam Osmonga teng", - deydi Chxve Che U. U mamlakat hokimiyatidan aholining har biri bilan yaxshi munosabatda bo'lishini, dehqonlarni qashshoqlikdan xalos qilishni, shuningdek, amaldorlarning mansablarifatini suiste'mol qilmasliklarini talab qilgan. Oxiratda hayot yo'q, shuning uchun ham odamlar o'z omadlarini dunyoviy hayotdan kutishga haqlilar. Tenglik haqidagi tonxak g'oyasi konfutsiylikning yuqori va quyi tabaqa haqidagi ta'limotini rad etgan. Tonxak ("sharqiy") nomli yangi ta'limot soxak ("g'arbiy ta'limot" yoxud katolik ta'limoti) ta'limotiga qarama-qarshi holda talqin etilgan. Chxve Che U o'z g'oyalarini musiqa orqali ifodalagan bo'lib, uning qo'shiqlari o'z vaqtida dehqonlar o'rtasida o'ziga xos chaqiriqqa aylangan. Tevongun boshqaruvi 1864 yili taxtga 11 yoshli van Kojon o'tiradi. Butun hokimiyat uning otasi Li Xi In qo'lida to'plangan, tevongun (vanning otasi, lekin o'zi van bo'lmagan) bo'lgan. Mamlakatningqashshoqlik holatini anglagan Li Xi In bir qator islohotlar o'tkazgan. Aynan uning hukmronlik yillarida hokimiyat lavozimlaridan andonlik Kimlar chetlatilib, viloyatlar to'g'ridan-to'g'ri markaziy hokimiyatga bo'ysunadigan bo'lgan. Shuningdek, yanbanlarga soliq solindi, oliy tabaqa vakillarining imtiyozlari cheklangan, o'g'rilik bilan qo'lga tushgan amaldorlami qati etish tartibi o'matilgan, mamlakat hokimiyatiga nisbatan muxolifatda bo'lgan sovon (m uxolг/аfjlarni ng ko'pchiligiga chek qo'yilgan. Sovonlar yerlarining aksariyat qismi davlat tasarrufiga o'tkazilib, qolganlaridan soliq undirildi. Armiya boshqaruvi qaytadan tashkil etilib, qo'shin yangi qurol-yarog'lar bilan ta'minlandi, portlar barpo etildi, chegaradosh hududlarda harbiy manzilgohlar quril- Bu davrda uch fransuz missioneri yashirin holda Koreya hududiga kirib kelganligi uchun 1839 yilda o'lim jazosiga hukm qilindi. 1846 yili Koreya hududida fransuzlarning uchta harbiy kernasi, 1847 yilda esa yana ikkita harbiy kemasi paydo bo'ldi. Ular koreys hukumatidan missionerlarning qati qilinish sabablariga izoh berishni talab qiladilar. Koreys amaldorlarining tushuntirishicha, missionerlar ogohlantirishlarga qaramasdan ko'p bora Koreya qonunlarini buzganlar. 1866 yili yana 9 ta fransuz missioneri va 10 mingga yaqin koreys katoliklari qati qilinadi. Bu safar 7 ta harbiy kemada fransuz eskadrasi jo'natiladi. Awaliga fransuzlar Kanxvado orolidagi Kanxva shahrini egallagan bo'lsa, keyinchalik koreys qurolli kuchlari tomonidan tor-mor etiladi. Aynan shu yili Koreya hududiga amerikaliklarning "General Sherman" nomli harbiy dengiz kemasi keladi. Ular Koreyani tark etishni istamaganlari uchun yoqib yuboriladi. 1868 yili ikkita Amerika harbiy kemasida kelgan desant Tevongun otasining qabrini talon-taroj qiladi. Ammo, ular mahalliy aholi tomonidan haydab yuboriladi. Amerikaliklar ham o'z harakatlaridan voz kechmay, 1871 yilda yana 5 ta harbiy kema va floti bilan Koreya qirg'oqlariga keladi. Kanxvado orolida katta qarshilikka uchragan amerikaliklar orolni tashlab chiqishga majbur bo'ladilar. Mahalliy aholini chet elliklarga qarshi qo'yish maqsadida Tevongun mamlakatning turli hududlariga yodgorlik toshlari o'rnatib, unga "g'arb varvarlarini iliq kutib olish, mamlakatni sotish bilan barobardir", deb yozib qo'yish haqida buyruq beradi. Shuningdek, u Yaponiya bilan 60-yillarda uzilgan diplomatik munosabatlarni qayta tiklashga qarshi chiqadi. 1873 yil Kojon tevongunni mamlakat boshqaruv hokimiyatidan chetlatdi va hokimiyat uning xotiniqarindoshlaridan bo'lgan qirolicha Min Myon Son qo'liga o'tdi. O'z vaqtida u ham chet mamlakatlar bilan savdo munosabatlari olib borish va portlarni xorijliklarga ochish ishlaridan chetda turdi. Yangi hukumat Yaponiya bilan iminosabatlarni qayta tiklashga tayyor edi, lekin oxir-oqibatda uni long aloqalar qoniqtirmay, ekspansiya siyosatini ishlab chiqdi. 1875 yilda yaponlarning "Unyo" nomli harbiy kemasi Kanxva ko'rfaziga kirdi. Kanxvado orolidagi koreys garnizoni ogohlantii uvchi o't ochdi. Bunga javoban yaponlar desant tushirib, qal'ani (fort) egallab, koreys batareyalarini yo'q qildi. Koreyslar orolni tark etdi, lekin 1876 yilda qayta jang qilib yapon flotiliyasini oroldan siqib chiqardi. Fevralda Koreya shartnoma im/olashga majbur qilindi, avgustda esa mazkur shartnomaga qo'shimcha sifatida qator yangi talablar kiritildi. Unga ko'ra, koreyslar yapon kemalari uchun portlarini ochishi, yapon savdogarlariga imtiyozli sharoitlarda savdo-sotiqni amalga oshirish imkoniyatini yaratib berish talablari qo'yildi. Shuningdek, yapon savdogarlari bojxona to'lovlaridan ozod qilinib, ularning Koreyada sud qilinishi taqiqlandi. Shartnoma bandlariga ko'ra, Koreyada yapon pul birligining amal qilinishiga ruxsat berildi. Koreyadagi mavjud ta'sirini yo'qotishdan xavfsiragan Xitoy yapon ekspansiyasiga qarshilik qilishga harakat qildi. Uning yordami bilan Koreya 1882 yilda dastlab AQSh, so'ngra Angliya, Germaniya, Rossiya, Italiya, Fransiya, Avstriya, Belgiya va Daniya bilan savdo shartnomalarini imzoladi. Koreyaning zaif iqtisodiyoti va himoyalanmagan bozoriga xorijiy kapital va mahsulotlarning kirib kelishi natural xo'jalikka putur yetkazdi. Natijada, Koreyaning qishloq xo'jaligi mahsulotlari, charm mollari va qimmatbaho metallari chet mamlakatlarga chiqarib yuborildi. Bu holat esa dehqonlar va hunarmandlarning xonavayron bo'lishiga olib keldi. Yuqoridagi holatlar chet elliklarga qarshi kayfiyatni keltirib chiqardi va 1879 yilning 13 aprelida Pusan shahri aholisi yapon harbiy kemalari guruhini shahardan haydab chiqaradi. Ammo keyingi kuni yapon harbiylari aholini o'qqa tutgan. 1881 yil Inchxon va Iyju shaharlarida isyonlar ro'y berdi. 1882 yilning iyulida poytaxt garnizoni soldatlari 13 oylik qamaldan so'ng oylik maosh o'rniga qumga aralashgan guruch berilishidan norozi bo'lib, namoyish qi lishdi. Qo'zg'olonchilar oziq-ovqat omborini vayron qilgach, ofit ser (zobit)lar maktabiga hujum qilib, yapon ofitserini qati qildilar. So'ngra, ular yapon vakolatxonasini yoqib yuborib, bu yerdagi bir nechta xodimlarni o'ldirishdi va vanlar qal'asi tomon yo'l olishdi Hokimiyat tevongunlarga qaytarilgach, qirolicha qochib kctadi va Xitoydan yordam so'raydi. Xitoydan yuborilgan 3 ming askar va qirolichaga sodiq bo'lgan qo'shin qo'zg'olonni bostiradi. lovon gun Xitoyga jo'natib yuboriladi. Qo'zg'olondan so'ng Yaponiya Koreyani yangi Inchxon - ha 1 1 no imsini imzolashga majbur qildi. Ushbu sharnomaga muvofiq Koreya o'ldirilgan yapon oilalari uchun tovon puli to'ladi. Shuningdek, yapon qo'shinlarining Seulga kirishi (missiyani qo'riqlashi uchun)ga va missiya ishtirokchilarining mamlakat bo'ylab erkin yurishlariga ruxsat berildi. O'z navbatida, Xitoy o'zining 3 ming kishilik askarini Seulda qoldirdi. 1882 yil sentyabrida Koreya va Xitoy o'rtasida savdo bitimi imzolanib, unga ko'ra xitoylik savdogarlarga imtiyozlar berildi. Xitoy ofitserlari Koreya armiyasini qayta tashkil etishga kirishdi. Koreyadagi harbiy masalalar xitoylik general Yuan Shikay, tashqi ishlar esa millati asli nemis bo'lgan P. Myullendorf (Xitoy hukumatida ishlagan) zimmasiga yuklatildi. Konservatorlar va An'anaviy davlatchilik tizimi va mafislohotchilar kurasining inqirozi hamda chet elliklarning ta'sirida konservatorlar va islohotchilar partiyalari tuzildi. Mafkuraviy va falsafiy jihatdan mazkur qarama-qarshilik neokonfutsiylik va ma'rifatparvarlar o'rtasidagi kurash ko'rinishi tarzida baholandi. XIX asrda chjusianlik harakati mamlakatda ma'rifatparvarlik kuchayishiga sabab bo'ldi. "Vijon chxoksa" ("Haqiqatni saqlash va bid'atlarga barham berish") nomli harakat paydo bo'lib, ushbu harakatning asosiy namoyandalari Chxve Ik Xyon, Li Xan Xo va boshqalar bo'lgan. Harakat rahnamolari qirolga yozgan murojaatida:
    Faqat Chju Si ta'limotini mamlakat uchun yagona to'g'ri mafkura deb hisoblaydigan, uning axloq normalarini bajaradigan mamlakatgina taraqqiyotga erishishi mumkin, qolgan davlatlarda esa yovvoyilar yashaydi hamda hayvonlarcha tartibot va munosabatlar hukmrondir", deb yozishgan. Chjusianlarga yagona xorijiy namuna timsoli Xitoy bo'lgan. Ular har qanday xorijiy tahdidlarga, hattoki Yevropa mahsulotlariga ham qarshi bo'lishgan. Chjusianlik ta'limotiga alternativ tarzda sirxak i pukxak maktablari ma'rifatparvarlik va islohotchilik faoliyatini olib boradi. Pukxak g'oyasini buyuk mutafakkir Chon Yak Den (Dasan, 1762-1836) yakunladi. U chjusianchilikni tanqid qilgan. Uningcha, "chinakam konfutsiy" faqat og'izda natijasiz bahslar emas, balki mamlakat hayotida bevosita ishtirok etishni anglatadi. "Pukxak" maktabining boshqa a'zolari singari Dasan ham din, g'aroyibot (mistika), xurofat, fiziognomika, geomantiya va ajdodlar ruhiga sig'inishni tanqid qilgan. Chon Yak Yen "ajdodlari qachon kasal bo'lishi va qachon hayotlari tugashini bilm asa, oiim dan xabardor bo'lmasa, qabrda chirigan avlodlariga yordam berishi mumkin? degan savolni ilgari surgan. Imperatomi samo o'g'li deb hisoblovchi konfutsiylikdan farqli tarzda Chon Yak Yen monarxiya institutini tarixiy jihatdan asoslab berdi. Shunday vaqtlar bo'lganki, hech qanday hukmdor bo'lmagan. Odamlar o'rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqandan keyingina keksalarga murojaat qilingan. Keksalar orasida dono bo'lgan kishi qishloq oqsoqoli bo'lgan. Aql-idrokli qishloq oqsoqollari orasidan esa uyezd rahbarlari tayinlangan. Uyezd rahbarlari xuddi qirollarni saylagan kabi saylangan. Demak, "hukmdor xalq uchun" ekan, uni xalq saylashi kerak. Agar hukmdor uni saylagan xalq uchun mehnat qilmasa, xalq uni almashtirishi mumkin. Shuning uchun ham Chon Yak Yen qirollik taxti meros ekanini tanqid qilib, uni noqonuniy deb hisoblaydi. Chunki bu qadimgi tartiblarga mos kelmaydi. Chon Yak Yen yashab turgan jamiyatni tanqid qilgan. Amaldorlar o'g'rilar bo'lib, "ular oddiy xalqning suyagidan go'shtini ajratib oluvchilardir". U tabaqalashtirish tizimini bekor qilishni yoqlab, lavozimlarga bilim va qobiliyatiga ko'ra tayinlash masalasini ilgari surdi. Ayniqsa, zodagonlar tabaqalaridagi imtiyozlarni bekor qilishni yoqlab chiqdi. Chon Yak Yen yer masalasida: kimki yerga ishlov bersa, u yerga egalik qiladi, degan shiorni ilgari surdi. Agar uning o'tmishdoshlari yerni jamiyat a'zolari, shu jumladan, katta yer egalari orasida taqsimlashni taklif qilgan bo'lsalar, Dasan esa yerga oxirgi egalik qilgan shaxsga yemi meros qilib berilishiga qarshi chiqdi. Uning fikricha, yerning egasi davlat yoki dehqonlar bo'lishi mumkin. Koreyada "zohidlik"ning tugatilishi Yevropa fan-texnika yutuqlari, xristianlik va ijtimoiy-siyosiy nazariyalarning paydo bo'lishiga olib keldi. Chet tillaridan tarjimonlar tayyorlaydigan maktablar vujudga keldi: ingliz (1883), yapon (1891), nemis (1892), rus va fransuz (1896) tillari bo'yicha tashkil qilingan maktablar shular jumlasidandir. Xorij tajribasini o'zlashtirishga asoslangan jamiyatlar, xususan, "G'arb ta'limoti do'stlari jamiyati" ("Souxakve", 1906) va boshqalar paydo bo'ldi. Mamlakatda nafaqat xristianlik, balki Charlz Darvin, Russo va Monteske, Smit, Gegel, Spenser va Nitsshe qarashlari keng yoyildi. G'arbiy Yevropa (Shekspir, Svift, Bayron, Shi 1 ler, Gyugo, Gyote, Servantes, Balzak) va rus (Krilov, Turgenev, Dostoyevskiy, Tolstoy, Gersen) yozuvchi-shoirlarining ijod namunalaridan xabardor bo'la boshladilar. Mazkur adiblarning ijod namunalari mamlakatga asl holida emas, balki Xitoy va yapon tarjimalari orqali yetib keldi. O'z navbatida, mazkur ishlar Koreyada mahalliy sharoitlarga moslashtirilib, tarjimalar ko'p hollarda bir maqsadga yo'naltirildi. Ularda mamlakatdagi tarixiy voqealar, ozodlik uchun kurash, tarixiy shaxslarning hayoti yoritildi. Mazkur maqsadga muvofiq kelishi uchun, hatto, ba'zi asarlarning nomlari ham o'zgartirildi. Bu borada Xitoy ma'rifatparvarlari Vey Yuan va Gun Szi-chjen asarlari katta shuhrat qozondi. 70-80-yillarda bir guruh koreyslar davlat tuzilishi, sanoat ishlab chiqarish, ta'lim va harbiy sohalardagi xorijiy mamlakatlar tajribalari bilan tanishish maqsadida AQSh, Yaponiya va Xitoyga yuborildi. Ma'rifatparvarlik harakatining mashhur namoyandalaridan biri Pak In Sik (1850-1926)dir. Uning qarashlariga ko'ra, ehtiyojlarning o'zgarishi umumjamiyat taraqqiyot qonunlariga, ya'ni, "hamma tug'iladi va o'ladi" degan qoidaga muvofiq keladi. Pak In Sik koreys neokonfutsiyligini haqiqiy ma'nodagi Konfutsiy ta'limotidan ayro deb hisoblab, undagi uchta kamchilikni ko'rsatib o'tgan: 1) konfutsiychilik ruhi xalq tabiatidan ajratilgan holda mutlaq hokimiyatga olib keladi; 2) yakkalanish tomon yo'l; 3) sxolastik safsatabozlik. Mutafakkir konfutsiylikni isloh qilishni talab qilib, o'z fikrlarini Martin Lyuter va Reformatsiy qarashlari bilan qiyosladi. Islohotlarning asosiy yo'nalishi sifatida fan va ta'limni rivojlantirish masalasini qo'ydi. Jamiyatni harakatlantiruvchi kuch sifatida aynan ilm-fan e'tirof etiladi va unga ega bo'lmaslik millatning zaiflashishiga olib keladi. Sirxakistlar g'oyalari va xorij yutuqlari bilan tanishuv natijasida О Gyon Sok (1831-1879), Pak Kyu Su (1807-187), Kim Ok Kyun (1851-1894)lardan tashkil topgan "Islohotlar tomon harakat" ("Kexva undon") nomli harakat paydo bo'ldi. Kim Ok Kyun mamlakatning zaiflashuvini yanbanlarning o'zboshimchaligida deb bildi. Uning fikricha, mamlakatni zamonaviylashtirish uchun Yevropa va AQSh bilan do'stona aloqalar o'rnatish, zodagonlar imtiyozlarini bekor qilish, odamlarni bilim olishga yo'naltirish va raqobatli savdo-sotiq tomon keng yo'l ochish zarur. Kim Ok Kyun va uning safdoshlari asosiy e'tiborlarini konfutsiylik matnlariga emas, balki matematika, tarix va chet tillariga yo'naltirilgan yangi maktab ochishga qaratishgan. Bu maqsadda ilmiy-texnikaviy adabiyotlar tarjima qilingan va keng tatbiq etilgan. Shuningdek, xorijiy mamlakatlar geografiyasi, tarixi va iqtisodiyotiga oid ma'lumotlar keltirilgan gazetalar ham chop etilgan. Islohotchilarning xizmatlariga birinchi ofitserlar maktabini tashkil etish, chet el mashinalarini olib kelish, namunali fermalarga asos solish, yangi yo'llar qurish, zamonaviy pochta tashkil etish kabi vazifalar ham kirgan. Islohotlar uchun harakat namoyandalari Xitoyga ko'r-ko'rona ergashishga qarshi chiqdi. Shunday bo'lsa-da, 1882 yili sodir bo'lgan harbiylar qo'zg'olonidan keyin hokimiyatda qolgan Min hukumati Xitoydagi o'zlarining asosiy hamkorlari sifatida Sin qo'shinlarini ko'rgan. Kim Ok Kyun poytaxtdan badarg'a qilinib, uning safdoshlari egallab turgan lavozimlaridan bo'shatilgan. Shu bois boshlangan islohotlar to'xtab qolgan. Kim Ok Kyun o'z maslakdoshlari bilan Yaponiyaning yordamiga umid qilib, 1884 yilning 4 dekabrida davlat tuzumiga oid o'zgarishlarni hal qildi. 7 dekabrda Seulda qolgan Xitoy qo'shinlari garnizonlarni yo'q qildi. Kim Ok Kyun bir qator safdoshlari bilan Yaponiyaga qochib ketdi. Koreyada esa Xitoyning ta'sir doirasi yanada kuchaydi. 1885 yilda Yaponiya va Xitoy o'rtasida imzolangan Tyanszin shartnomasiga ko'ra Yaponiyaga ham Koreyada o'z qo'shinlarini saqlashga ruxsat berildi. 1893-1894 yillardagi Koreya iqtisodiyotining zaiflashuvi dehqonlar urushi, va xorijiy kapitalning kirib kelishi iq- "kabo yili" islohotlari tisodiy mustamlakachilikka olib keldi. Qolaversa, Koreyadan katta miqdordagi oziq-ovqat zaxiralari olib chiqib ketilishi mamlakatda ocharchilikka olib keldi. Koreyslaming Rossiya va Manjuriyaga ko'chib ketishi oldini olib bo'lmaydigan holat yuzaga keldi. Aynan bu holat xalq noroziliklari (1889,1890,1891, 1892 yillarda)ga sabab bo'ldi. Mahalliy hukumatga qarshi lik harakatining yuqori cho'qqisi lonxak harakati tarafdorlari boshchiligidagi 1893-1894 yillarda bo'lib o'tgan dehqonlar urushi bo'ldi. Qo'zg'olonchilarning talablari: tonxak targ'iboti erkinligi; yer egaligida tenghuquqlilik; nobilar ro'yxatini yo'qotish; "sotqin va shafqatsiz" amaldorlarni qati etish, mamlakatdan chet elliklarni quvib yuborish edi. Koreys hukumatining murojaatiga ko'ra mamlakatga Xitoy qo'shinlari olib kirildi. Chunki Yaponiya ham o'z armiyasini kiritgan edi. Aynan shu bois Koreyaga egalik qilish uchun Yapon-Xitoy urushi boshlanib ketdi. Yaponlar van turgan qal'ani egallab, Tevongun boshchiligidagi yangi hukumatni tashkil qildi. Qirolicha Min esa uzoq orollardan biriga surgun qilindi. Koreya bilan tuzilgan yangi shartnomaga ko'ra, koreys hukumati islohotlarni faqatgina Yaponiya roziligi bilan amalga oshirishi belgilandi. Shuningdek, Xitoy qo'shinlarining Koreyadan haydab chiqarilishiga va'da berildi. Xitoy-Yapon urushi Yaponiyaning g'alabasi bilan tugadi. Simonoseki tinchlik shartnomasiga ko'ra, Xitoy Koreyaga bo'lgan o'z homiyligi (manfaatlari)dan voz kechdi. Tonxak harakati hukumat va yapon qurolli kuchlari tomonidan bostirildi. Dehqonlar urushi, siyosiy va iqtisodiy inqiroz, shuningdek, tashqi kuchlarning bosimi ostida koreys hukumati islohotlar o'tkazishga majbur bo'ldi ("kabo yillari" islohotlari). Qirollik saroyini hukumatdan ajratish, byudjet tizimini yaratish, soliq stavkalarini o'rnatish, fuqarolik va jinoyat kodekslarini amalga kiritish, chet elda ta'lim olish masalalariga bag'ishlangan dastur ishlab chiqildi. Yangi darsliklar chop etilib, chet tillarini o'rgatishga oid kurslar tashkil etildi. Oddiy xalqning huquqi yanbanlar bilan tenglashtirildi. Koreya uchun xorijiy Yaponiya Koreyada o'z mavqeini mamlakatlar o'rtasidagi yanada mustahkamladi. Yaponlarkurash ga qarshi kayfiyatda bo'lgan barcha amaldorlar iste'foga chiqarildi yoki hibsga olindi. Mamlakatda yapon qo'shinlari, amaldorlari va diplomatlari ko'payib ketdi. Koreys politsiyasi va armiyasi yapon ofitserlari boshchiligida faoliyat yuritadigan bo'ldi. 1895 yilning 8 oktyabrida qirolicha Minning o'ldirilishi Koreyada va xalqaro miqyosda norozilikka sabab bo'ldi. Van Kojon o'z qal'asining haqiqiy asiri edi. Uning shaxsiy qo'riqchilari yapon armiyasi tomonidan

    XULOSA

    Keng kitobxonlar ommasi e'tiboriga havola etilayotgan mazkur kitob ushbu maqsadni amalga oshirishga qaratilgan. Koreya tarixiga oid o'zbek va rus tillarida chop etilayotgan ushbu kitob mamlakatimizdagi birinchi nashr hisoblanadi. To'g'ri, avvallari ham O'zbekistonga Koreya, Rossiya yoki Qozog'istondan rus tilida chop etilgan va kam nusxadagi nashrlar kirib kelgan. Shuningdek, 2012 yili Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida "Mamlakatshunoslik. Koreya Respublikasi" nomli o'quv qo'llanma chop etilgan bo'lib, unda nafaqat mamlakat tarixi, balki iqtisodi, ta'lim sohasi, tilshunosligi, adabiyoti, etnografiyasiga oid ma'lumotlar berilgan. Biroq, mazkur kitobda tarixga birmuncha qisqa o'rin ajratilgan va rus tilida kam nusxada chop etilgan. Umuman olganda, so'nggi yillarda qator oliy o'quv yurtlarining koreyashunoslik bo'limlarida tayyorlangan o'quv materiallaridan amalda aynan mazkur o'quv yurti talabalarigina foydalanish imkoniga ega. Ushbu nashr keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan bo'lib, unda avvalo, yoshlarga hududiy jihatdan uzoq, lekin qarashlari jihatidan yaqin qo'shnilarimiz haqida umumiy ma'lumot berilgan. Muallif, garchi Koreya tarixi bilan bog'liq ko'plab tarixiy ma'lumotlarni bayon qilishiga qaramay, kitobda ba'zi tarixiy voqealar va ular bilan bog'liq ismlar, joy nomlari, sana va raqamlarning batafsil izohini bermagan. Chunki, kitobning hajmini inobatga oladigan bo'lsak, mazkur nashr Koreya haqidagi ma'lumotnomaga aylanishiga sabab bo'lgan bo'lar edi. Shubhasiz, bunday nashrni tayyorlash muallifning asosiy maqsadi emas. Kitobda Koreya tarixi bilan bog'liq tarzda bayon qilingan sharh va tafsilotlar kelgusida maktab, litsey, kollej va oliy o'quv yurtlari uchun tayyorlanadigan tarix darsliklarini to'ldirib, o'quvchi va talabalarning Koreya haqidagi bilimlari yanada boyishiga xizmat qiladi. Xullas, muallif kitobxonlarni Koreya tarixi va madaniyatiga jalb qilish orqali mazkur mamlakatning murakkab tarixini, koreyslarning uzoq tarixiy davr bilan bog'liq bo'lgan dunyoqarashi va tafakkur tarzini, ularning erkinlikka intiluvchi ruhi hamda mehnatsevarligini, iste'dodi va erishgan yutuqlarini yoritishga harakat qilgan.


    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

    1.www.ziyouz.com kutubxonas



    http://fayllar.org
    Download 152,26 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 152,26 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ijtimoiy -siyosiy sohalardagi yangi yo'nalishlar

    Download 152,26 Kb.