|
O‘zbek tilshunosligi kafedrasi amaliyot rahbari ziyoda 6 oylik hisoboti
|
bet | 1/2 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 12,84 Mb. | | #141642 |
Bog'liq hisobot Shohsuvor
O‘zbek tilshunosligi kafedrasi amaliyot rahbari ziyoda 6 oylik hisoboti.
Talaba ismi sharifi, bosqichi guruhi: Musayev Shohsuvor Tursin o’g’li
4-bosqich, 20/3-guruh
1.Amaliyot o’tash joyi: Toshkent viloyati Chirchiq tumani 24- umumiy o’rta ta’lim maktabi.
2.Amaliyotga maktabda biriktirilgan ma’sullar:Todjiboyeva S.S, Abdujabborova A.A
Maktab direktori: Karimova Xanifa Xakimovna
Uslubiy birlashma rahbari: Abdujabborova A.A
Biriktirilgan o’qituvchi: Todjiboyeva S.S
3. Amaliyotchiga maktabda biriktirilgan sinflar: 8-‘‘a’’, 9- ‘‘a’’, ‘‘b’’, ‘‘v’’, 10-‘ ‘a’’, ‘‘b’’, 11- ‘‘a’’, ‘‘b’’. Kuzatilgan darslar: ona tili va adabiyot
4. Maktabda darsni tashkil qilishda talab etiladigan me’yoriy hujjatlar va ularni tayyorlash bo’yicha ko’nikmalarning shakllanganligi: yillik ish reja, darslik, metodik qo’llanma, sinf rahbarligi hujjatlari, dars tahlili daftari, elektron doska bilan ishlash, kundalik.com
O’qituvchining Kundalik.com dagi ish rejalari va ma’naviyat soatidagi rejalari bilan tanishib chiqdim. Faoliyatim davomida shuni bildimki kundalik.com birmuncha osson ekanligini bildim.
5. Amaliyot davrida amaliyotchining pedagogik mahorati: yillik yillik ish reja mavzulari asosoda berilgan sinflarda ona tili va adabiyot darslarda “Klaster”, “Aqliy hujum”, “Davom ettir”, “Taqdimot”, “Blits-so’rov”, “Muammoli vaziyat” kabilardan foydalanib, darsda samarali natijalarga erishish mumkin. Darsning o'tilgan mavzuni so'rash qismida “Sinkveyn”, “Teskari test”, “Aql charxi” metodlarini, yangi mavzuni tushuntirish qismida “Insert”, “Pinbord”, “Zinama-zina”, “Bumerang” texnologiyalarini, mavzuni mustahkamlash qismida “Venn diagrammasi”, “Baliq skeleti”, “Nima uchun?”, “Qanday?”, “Konseptual jadval”, “Nilufar guli” kabi grafik tashkil etuvchilar hamda “Tushunchalar tahlili”, “T-jadval”, “Rezyume”, “Kungaboqar”, “Charxpalak” metodlarini, uyga vazifa berishda “FSMU”, “Klaster”, “BBXB” metodlarini qo'llash dars samaradorligini ta'minlab, o'quvchilarning bilimini oshirishga yordam beradi. Ona tili va adabiyot darslarida ham yuqorida sanab o'tilgan interfaol metodlardan tashqari “Ha... yo'q”, “Ta'rif egasini top”, “Men kimman?”, “Domino” kabi didaktik o'yinlardan foydalanish mumkin.
“Tanlash ixtiyoriy, bajarish majburiy” usuli. Bunda o’quvchilar darslikdagi mashqning shartida keltirilgan topshiriqlarni o’zi ixtiyoriy ravishda badiiy asar, boshqa darsliklardagi matn, materiallar asosida bajarishlari kerak. Natijada o’quvchilarda mustaqil o’qib o’rganish, o’zining qiziqish va qobiliyatlarini namoyon qila olish ko’nikmalari shakllanadi.
“Imkoniyat” usulida semestr yakunida o’zlashtirishi yuqori bo’lgan o’quvchilarga o’rganilgan mavzular bo’yicha javobi tanlanadigan va javobi yoziladigan testlar tuzib kelish topshiriladi. Bu vazifani a’lo darajada bajargan o’quvchilar yakuniy nazorat ishlarini topshirishdan ozod qilinadi. Test tuzgan o’quvchilarda test yechgan o’quvchiga nisbatan quyidagi ko’nikmalar shakllanadi:
- o’z fikrini yozma tarzda izchil, aniq, tushunarli bayon qila olish;
- mavzudan kelib chiqib savollarga javob berish va o’zi ham savollarni mantiqan to’g’ri qo’ya olish;
- axborotlarni izlab topish, saralash, tanlash va tahlil qila olish;
- bilimini mustaqil ravishda oshirib boorish va uni amaliyotda qo’llay olish kabilar.
“5 savolga 5 javob” usuli. Ushbu usuldan ona tili darslarida “Qo’shma gaplar” mavzusi o’rganilayotganda foydalanish mumkin. Bunda tarqatma material yoki ekranda o’quvchilar e’tiboriga test javoblari shaklidagi gaplar havola etiladi:
A. Kim mehnatni sevsa, uning qadri baland bo’ladi.
B. Muhabbat eski narsa, ammo har bir yurak uni yangilaydi.
D. Orzular buyukdir, umrlar qisqa.
E. Biz ko’rgan, eshitgan, lekin e’tibor bermagan voqealarga san’atkorona baho beramiz.
6. Amaliyotchi olib dars olib borayotgan sinfda o’zlashtirishi qiyin bo’lgan o’quvchilar bilan ishlash faoliyat: Darsga quloq solmaydigan va mavzularni o’zlashtirishi qiyin bo’lgan o’quvchilar bilan o’qituvchi yordamidan darsdan keyin yarim soat birgalikda o’tilgan darslarni yangi metodlar orqali tushuntirib berildi.
7. Amaliyotchining ma’navi-ma’rifiy ishlari:
Tadbir: “ Ona tilim –iftixorim mening’’ nomli tadbir
Yuqorida rasmda ko'rsatilgan rasmlar 9-''A'' sinf tomonidan o'tkazilgan ''Ona tilim-faxrim mening'' nomli tadbirdan lavhalar ko’rsatilgan. Tadbirda ona tili o’qituvcilaridan:
|
| |